Tashkil etish. Boshqaruvning keyingi vazifasi tashkil qilishdir. Uning vazifasi quyidagilar: -tashkilotni qismlarga bo`lish, umumiy boshqaruv vazifalarini bo`linmalar va hodimlar o`rtasida taqsimlash; -tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, uning elementlari o`zaro hamkorligini yo`lga qo`yish; -tashkilotning ma'lum tashkiliy madaniyatini shaklantirish uchun sharoitlar yaratish; -qabul qilingan qarorlarni bajarilishini tashkil qilish;
-ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonlarni joriy tashkil qilish;
-tashkilot faoliyatini resurslar bilan taqsimlash;
-vazifalar va vakolatlarni boshqarishga topshirish;
-tashkilotni uni rivojlanish jarayonida isloh qilish (qaytadan tashkil qilish).
Boshqaruv jarayonlari bu ularni tashkil qilishni xam ko`rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchilarga bòlinadilar. Bunda mehnat predmeti sifatida boshqaruv qarori, axborotlar va xujjatlar bo`ladilar. Agar operatsiya mehnat predmetining parametrlarini o`zgartirishga qaratilsa, jarayon asosiy bo`ladi. Xizmat ko`rsatuvchi boshqaruv jarayonlariga mehnat predmetini jamlash, nazorat qilish va uzatish, yordamchilarga esa natijasida asosiy va xizmat ko`rsatsh jarayonlarini bajarilishi uchun normal sharoitlar yaratiladigan operatsiyalar kiradi.
Boshqaruv jarayonlarini ratsional tashkil qilishning shartlarga ajratish mumkin; -mutanosiblik; -uzviylik; -maqsadlarning mavjudligi; -xarakatlarning elastik(egiluvchan)ligi; -barqarorlik; -mehnat taqsimoti; -bosharilish me'yorlariga rioya qilinishi; -majburiyatlar va vakolatlarni boshqalarga topshirishi; -parallellik; -to`g`ridan – to`g`ri aniqlik; -bir maromdalik; -bir turdagi mehnat predmetlarini bir joyga jamlanishi; -jarayonlarni egiluvchanligi. Topshirish jarayoni o`z ichiga quyidagil xarakatlarni oladi:
-majburiyatlarni belgilash;
-talab qilinadigan natijalarni belgilash;
-kerakili vakolatlarni topshirish va zaruriy natijalarga erishish bo`yicha majburiyatlarni zimmasiga yuklash.