Amaliy mashg’ulot Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari.
UMUMIY TUSHUNCHA: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi" kabi „Nutq o‘stirish dasturi“ ham ilmiy asoslarga tayanib tuzilgan. Eng awalo, „Nutq o‘stirish dasturi" o‘zining butun mazmuni bilan bola shax- sini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, „Nutq o‘stirish dasturi'' bolalar tomonidan og'zaki nutqni o‘zlashtirish to‘g'risidagi psixologiya fani ma’lumotlari, bola bilish faoliyatining xususiyatlari to‘g'risidagi nazariyaga asoslangan. Shuningdek, dastur bolaning rivojlanishida nutq faoliyatining roli to‘g'risidagi nazariy asoslarga. didaktik prinsiplarga ham tayanib tuzilgan: „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta'lim-tarbiya dasturi"da „Nutq o‘stirish dasturi" har bir guruhda quyidagi bo‘limlardan iborat qilib tuzilgan.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda: Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o‘stirish, lug'at ustida ishlash.
Maktabga tayyorlov guruhi: Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o‘stirish, lug'at ustida ishlash.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
So‘zlashuv nutqi (dialog nutq)ni shakllantirish.
Hikoya qilish (monolog nutq)ga o‘rgatish.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Savod o‘rgatishga tayyorlash.
Tarbiyachi dastur bo‘limlarini va har bir boMim talablarini yaxshi bilishi va uning mazmunini aniq belgilab olish malakasini egallagan bo‘lishi kerak.
Vazifa: Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to‘ldiring