FSMU texnologiyasi Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini baxsmunozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting. S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring. U – fikringizni umumlashtiring.
Jadvalni to‘ldiring
Savol
Bola nutqini harakatlantiruvchi kuchlar nimalardan iborat?
Amaliy mashg’ulot. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari.
UMUMIY TUSHUNCHA: Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan beri mavjud. U o‘rta asrlardagi g’arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar.
O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshkaruvchi ob’ektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o‘rganish lozim
TOPSHIRIQLAR: Internet ma’lumotlaridan foydalanib, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid karashlari tug’risidagi ilmiy ma’lumotlarning tahlili
Sharq va g‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari