Flegmatik temperament (balg‘am - grekcha phegma)— hissiyotning
juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi.
Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi.
Bu xil temperamentli .odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish
ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik protsesslari sust bo‘ladi. Bu xil temperamentli
odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Agar bir
faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min-qobil bo‘ladi. Ular
ko‘pchilikka kam aralashadigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni
ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa,
o‘zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli
o‘yinlarga moyil bo‘lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar
va odatda ular o‘yin-kulgilarga moyil emaslar
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko‘rsatishga moyil
bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish
ko‘radilar, yaxshi o‘qib ketishlari mumkin.
Melanxolik temperament(qora o‘t - grekcha melanhole) - hissiyotning
sekin, lekin kuchli qo‘zg‘aluvchanligi va barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi.
Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo‘ladilar, lekin
hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo‘ladi. Melanxolik temperamentli
odamlar sustkash bo‘ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan
kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay
qo‘ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo‘min-qobil, yuvosh bo‘ladilar,
ko‘pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar.
Ularni darrov xafa yoki xursand qilish engil emas, lekik bir narsadan xafa
bo‘lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo‘ladi. Ular bir ishga yoki
o‘yinga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o‘yin
boshlasalar, bunda chidam va matonat ko‘rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: |