V.M. Rusalov asab tizimi
xossalri konsepsiyasi
asosida 1980 yil oxirlarida temperament xossalarining ta’rifini keltirgan. U
fiziologiyaning hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalandi. V.M. Rusalov, P.K.
Anoxinning funksional tizimlar nazariyasidan kelib chiqqan holda, to‘rtta xil
blokdan iborat – axborotni saqlash, harakatlantirish va qayta ishlash (afferent
sintez bloki), dasturlash (qaror qabul qilish), ijro qilish
va teskari aloqa kabi
afferent sintezning kengligi va torligiga, hulq-atvorning bir dasturdan ikkinchisiga
osonlik bilan o‘tishga, hulq-atvor joriy dasturining amalga oshish tezligi va harakat
real natijasining o‘z akseptoriga mos kelmasligiga nisbatan sezuvchanligiga
bog‘liq bo‘lgan temperamentning xossalarini ajratdi.
Bunga muvofiq ravishda temperamentning an’anaviy psixofiziologik
baholanishi o‘zgardi va faollik bilan sezuvchanlik kabi ikki ko‘rsatkichning o‘rniga
endilikda: ergiklik (chidamlilik),
egiluvchanlik, tezlik va emotsionallik
(sezuvchanlik) kabi to‘rt xil tarkibiy qism ajratiladi. Temperamentning bunday
tarkibiy qismlarining barchasi V.M. Rusalov fikriga ko‘ra,
biologik va irsiy
jihatdan belgilangandir. Xuddi shunday, temperament asab tizimining xossalariga
bog‘liq, ular esa o‘z navbatida, miya va umumiy asab tizimining integrativ, tahliliy
va umumlashtiruvchi faoliyatini ta’minlaydigan funksional tizimlarning asosiy
xususiyatlari sifatida tushunilishi lozim.
V.M. Rusalov konsepsiyasi nuqtai nazaridan temperament – bu
psixobiologik daraja bo‘lib, uning xossalari to‘laligicha na tug‘ma,
va na muhitga
bog‘liq bo‘la oladi. Ular, V.M. Rusalovning fikricha, insonning irsiy belgilangan
individual biologik xossalarining «tizimli umumlashtirilishidan» iboratdir, ular
«turli
xildagi faoliyatlarga kirishib, asta-sekin o‘zgaradilar va faoliyatning
mazmunidan qat’iy nazar, invariant xossalarning umumiylashgan,
sifat jihatidan
yangi, individual barqaror tizimini hosil qiladilar»
2
.
Insonning jismli faoliyat va muloqotga muvofiq ravishda temperament ayrim
xossalari alohida ko‘rib chiqilishi zarur, chunki, bu faoliyat turlarida ular turlicha
namoyon bo‘ladilar, deb taxmin qilinadi.
2
Русалов В.М. Предметный и коммуникативный аспекты темперамента человека// Психологический
журнал. М., 1989.- Т.10.- № 1.Б.12.
Bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, mualliflarning ko‘pchiligi
temperament xossalari va ularning ifodalanishini
organizmning fiziologik
xususiyatlari bilan bog‘liqlikda o‘rganishlarini aytib o‘tish joiz.