Temperament va xarakter


flegmatik; kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip –  xolerik



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13.MAVZU (1)

flegmatik; kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip – 
xolerik; kuchsiz, nomutanosib va rigid tip – melanxoliklarga mos keladi. 
Psixika dinamikasidagi farqlarga AT tipi xossalari tomonidan yondoshuv 
temperamentning fiziologik asoslarini o‘rganishda yangi bosqichga asos soldi. B.M. 
Teplov, V.D. Nebыlitsыn kabi psixologlarning ishlarida inson oliy nerv faoliyati 
tiplari xossalari haqidagi tasavvurlar aniqlashtirildi va boyitildi. AT labilligi va 
dinamikligi kabi yangi xossalari aniqlandi.
AT labilligi nerv jarayonlarining paydo bo‘lish va yakunlanish tezligida 
namoyon bo‘ladi. 
Nerv jarayonlarining dinamikligining mohiyatini ijobiy (qo‘zg‘alishning 
dinamikligi) va tormozli (tormozlanishining dinamikligi) shartli reflekslar hosil 
bo‘lish osonligi va tezligi tashkil etadi. 
Hozirgi zamon fani temperament bo‘yicha individual farqlarning sabablarini 
miya, uning po‘stlog‘i va po‘stloq ostining, aynan, funksional xususiyatlarida 
ko‘radi ( V.S. Merlin, YA. Strelyau va boshqalar).
Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun 
umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur 
xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament 
tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha 
aks etishi mumkin. 
1. Senzitivlik (lotincha Sensus – sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). 
Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur 
bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, 
sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning 
quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga 
ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi. 


2. Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki 
taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab 
munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi-emotsionallik, 
ta’sirlanuvchanlikda ifodalanishidir. 
3. Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir 
etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-
qarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi. 
4. Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p 
jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki 
sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu 
niyatlarga, xohish-intilishlariga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi. 
5. Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish 
tezligiga, nutq sur’atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi. 
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib 
qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va 
chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, 
uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) 
nisbatan baho berishdan iboratdir. 
7. Ekstravertlik va introvertlik. SHaxsning faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan 
kechinmalarga bog‘liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) 
yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan 
holda munosabat ifodasidir. 
Uchitыvaya ukazannыe svoystva, dadim kratkuyu psixologicheskuyu 
xarakteristiku osnovnыx klassicheskix tipov temperamenta (po YA. Strelyau). 

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin