Temuriylarning Yevropa bilan aloqalari Ispaniya va Fransiya qirollari bilan aloqalar Ruy Gonzales de Klavixo elchiligi


Ruy Gonzales de Klavixo elchiligi



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#158491
1   2   3
AMIR TEMUR YEVROPALIK ELCHILAR NIGOHIDA

Ruy Gonzales de Klavixo elchiligi
Natijada Kastiliya qiroli Genrix III 1403-yil 21-mayda Rui Gonzales de Klavixo boshchiligidagi elchilarni yana ikki elchi — Alfonso Paez va Gomes de Salazar bilan birgalikda Amir Temurning Samarqanddagi saroyiga yuboradi.[1][4][5] Elchi Klavixo 1406-yil Ispaniyaga qaytib kelganda Amir Temur Ispaniya qirolini „oʻzining oʻgʻli deb bilishini“ aytadi.
Klavixoning soʻzlariga koʻra, Temurning Ispaniya delegatsiyasiga nisbatan yaxshi munosabati uning asosiy mezboni „Xitoy hukmdori“ (yaʼni Min sulolasi imperatori Yongle)ning elchilariga boʻlgan munosabatiga zid edi. „Yer yuzi sohibi“ unvoniga ega boʻlgan Xitoy hukmdori elchilarini Temur „oʻgʻri va yomon odam“ deb nomlagan hamda uning elchilarini ispan elchilaridan orqada joylashtirgan.
Klavixoning Samarqandga tashrifi
Yevropa jamoatchiligigaXitoy haqida maʼlumotlar berishga imkon berdi, bu esa yevropaliklar Marko Polo sayohatlaridan beri oʻtgan asrlarda ushbu mamlakat haqida bevosita tasavvur uygʻotishga muvaffaq boʻlishdi. Klavixo axborotida, garchi toʻliq boʻlmasa ham, imperator Chju Yuanchjan avlodlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan fuqarolar urushi haqida maʼlumotlar berilgan. Ispaniyaliklar baʼzi xitoylik mehmonlar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega boʻlishgan va Samarqand va Kambalu (Pekin) oʻrtasidagi karvon yoʻllari toʻgʻrisida maʼlumotlar oldilar. Yevropalik jamoatchiligiga Xitoyning poytaxti Kambalu haqida „dunyodagi eng katta shahar“ ekanligi va bu mamlakatning qudratli qoʻshinlari haqida gapirishdan tashqari, Klavixo ham yanglishib — Xitoyning yangi imperatori katoliklikni qabul qilganini xabar beradi.[11] Shunday qilib, uning maʼlumotlari Xitoyda xristianlikning keng tarqalganligi haqidagi Yevropa dunyoqarashini qoʻllab-quvvatlovchi omillardan biri boʻlib xizmat qildi, bu XVII asr boshlariga qadar saqlanib qolishi va 1603-yilda taniqli Bento de Goy ekspeditsiyasi yuborilishining sabablaridan biri boʻlgan edi.
Amir Temurdan keyingi munosabatlar
Temur 1405-yilda vafot etdi va uning oʻgʻli Shohruh Usmonlilarga qarshi kurashni davom ettirdi hamda xristian Gʻarbida bosqinchi Usmonli imperiyasi Yevropadan uzoqlashtirilishi mumkinligiga umid yaratdi.
Bavariyalik sayyoh Iogann Shiltberger 1402-yildan 1405-yilgacha Amir Temur xizmatida qolganligi maʼlum. Shuningdek, koʻplab venetsiyalik va Genuyalik savdogarlar ham oʻsha vaqtlar tashqi aloqalarida faol edilar.
Yevropa va Temuriylar oʻrtasidagi keyingi aloqalar venetsiyalik sayyoh Nikkolo da Kontining 1420—1425-yillar oraligʻidagi aloqalari boʻladi. Ispaniyaning sharq bilan yaqinlashishga boʻlgan istagi 1492-yilda Xristofor Kolumb davriga qadar davom etgan boʻlsa-da, aloqalar bundan keyin avvalgidek rivojlana olmadi, ularning maqsadi Xitoyning Buyuk Xoniga yetib borish edi.
Amir Temur tarixi Yevropada sharqshunoslik bilan bogʻliq holda uzoq tarixga ega. Hatto 1590-yilda Xristofor Marlove „Buyuk Temur“ asarini yaratadi, 1724-yilda Hendelning „Temur“ operasi ham yaratiladi.
Rui Gonsales de Klavixo.

Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi


Klavixo "kundaligi" Sohibqiron Amir Temurning hayoti va olamshumul tarixiy xizmatlariga doir, shak - shubhasiz, bebaho tarixiy manbalardan biridir. "Kun - dalik" Kastiliya va Leon qiroli Enriko II (1390-1407) tomonidan Amir Temur huzuriga yo'llangan Rui Gonsales de Klavixo boshliq elchilar bosib o'tgan ulkan va mashaqqatli yo'l xotiralaridan iborat bo'lib, u ispan elchisining 1403-1406 yillarda O'rta yer dengizi sohilidagi mamlakatlarda, Turkiyada, Kavkaz orti yerlarida, Eronda va Turonzaminda, xususan, Amir Temur saltanatida hamda bevosita uning saroyida ko'rgan-bilganlarini, bu davrda elchining o'z qalbida kechgan turli-tuman o'y-fikrlarini ham aks ettirgan.33
Shu o'rinda kitob muallifi Klavixoning o'z taqdiri, hayot yo'li va faoliyati to'g'risida ham qisqacha bo'lsada, ma'lumot berib o'taylik. Rui Gonsales de Klavixo Kastiliya (Ispaniya)dagi badavlat va nufuzli oilada tug'ilib, voyaga yetgan. Otasi ham, o'zi ham qirol saroyida katta mansablarda turganlar. Uning ajdodlari Enrikoning ota-bobolari Enriko II va Xuan I ning saroyida xizmatda bo'lishgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Kastiliyaning birinchi elchisi Xuan Eskamiloning yo'l xotiralari hozirgi paytda Madriddagi Qirollik muzeyida saqlanmoqda34
Ma'lumki, Amir Temur davrida O'rta er dengizi xududidagi Pireney yarim oroli (Ispaniya) bir necha graflik va qirolliklarga bo'linib ketgan edi. Ularning ichida kudratlisi Kastiliya qirolligi edi va keyinchalik Ispaniya shu Qirollik atrofida birlashdi. Alohida ta'kidlab aytgimiz keladiki, bu birlashuvda Kastiliyaning Evropa davlatlari orasida birinchilardan bo'li Amir Temur saltanati bilan o'rnatgan elchilik munosabatlari, shak-shubhasiz, xayrli omillardan biriga aylandi. Tarixdan ma'lumki, Amir Temur davrida Ispaniya va boshka Evropa davlatlari Usmonli turk imperiyasi xurujlaridan tahlikaga tushib qolgan edi. Sohibqiron bobomiz tarix sahnasiga chiqib, avval ona zaminini mug'ullar asoratidan, keyin Rossiya va Ukrainani Oltin O'rda taxdididan xalos etdi. Usmonli turk imperiyasi tahdidi ostida yashagan Evropa davlatlari Amir Temur qudratiga najot bilan qaray boshladi. Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Genuya, Vizantiya singari davlatlarning hukm - dorlari Amir Temur bilan iqtisodiy-savdo va siyosiy munosabatlarini o'rnatishga kirishib, ulug' Jahongir huzuriga birin-ketin o'z elchilarini jo'natdilar. Jumladan, Kastiliya va Leon qiroli don Enriko III 1402 yilda, yoz oylarida uzining birinchi elchilarini Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelosni Amir Temur. Turkiyada ekanida, huzuriga safarbar etdi. Sohibqiron Ispaniyaning ana shu birinchi elchilariga alohida hurmat kuzi bilan qarab, ular o'z vataniga qaytar ekan, ikki davlat o'rtasida do'stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida o'z saltanatining elchisi Xo'ja Muhammad qozi al Keshiyni ham Ispaniya elchilariga qo'shib, Enriko huzuriga yo'lladi. (Bu zot o'sha davrdagi Ispaniya rasmiy hujjatlarida "Al-Koziy", Klavixo asarida Magomet Alkagi deb ko'rsatilgan M.S.). Shu tariqa, buyuk bobomiz Vatanimiz bilan Evropani bog'laydigan elchilik aloqalariga asos soldi. Keshning yana bir ilgor namoyandasi - Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur tomonidan Misr sultoni Faraj huzuriga elchi sifatida jo'natilgan
1403 yilda Enriko III Amir Temur saltanatining Usmonlilar imperiyasi ustidan erishgan g'alabasidan so'ng zudlik bilan Amir Temur huzuriga ikkinchi elchilar guruhini safarbar etdi. 13 kishidan iborat bu guruhga Enriko III saroyida so'zga chechan va otashin notiq sifatida tanilgan Rui Gonsales de Klavixo boshchilik qildi. 1403 yilning 22 may kuni Janubiy Ispaniyaning Kadis shahridagi bandargohdan yo'lga chiqqan elchilar, oradan 15 oy utib, 1404 yil avgust oyi oxirida Samarqand atrofidagi Amir Temur bog'laridan biriga etib keldilar va 8 sentyabr kuni Sohibqiron tomonidan qabul qilindi35... Keyinchalik Klavixo Ispaniyaga qaytib borgach, oradan bir oy o'tib, o'z "kundaligi"ni safar hisoboti tarzida tayyorlab, qirol Enriko III ga takdim etdi. U Toledo shahrida kirolning vasiyatnomasini tuzishda ham ishtirok etgan mas'ul mulozimlardan biridir.
Klavixoning "kundalik"nomasi ilk marta 1582 yilda Sevilya shahrida Argote de Molina tomonidan "Xistoria del Grant Tamorlan" ("Buyuk Temurlang tarixi") nomi ostida dunyo yuzini ko'rdi36. Shu o'rinda, kitobning bunday nomlanishi alohida izohni taqozo etadi. Ishonchimiz komilki, Klavixoning o'zi hayot bo'lganida, Amir Temur haqidagi bitigining bunday nomlanishiga aslo rozi bulmas edi. Chunki u uz asarining boshidan oxirigacha soxibkiron bobokalonimizni "Temurbek" yoki "Ulug' Amir" deb, katta ehtirom bilan tilga olgan. Buning ustiga, o'z asarining 71-bobida Klavixo shunday deb yozadi: "Temur - bekning asli ismi biz ataganimizday Temurlan emas, Temurbekdir. Chunki Temurbek ularning o'z tilida "Temur podsho" degani, podsho esa ularning tilida "bek"... Uni tahqirlash ma'nosida "Temurlan", ya'ni oqsoq Temur deb ataydilar". Pirovardida, Klavixo o'z kitobini ham "butok. Temurbek tarixi" deb atashini tasavvur qilishimiz mumkin. "Temurbek" iborasi aynan Amir Temurning o'z vatanida. Turonzaminda keng tarqalganligi uchun ham Klavixo undan chekinmagan bo'lur edi.
Ispaniyada shundan keyin ushbu asar 1779 yilda Amirola degan noshir tomonidan Kastiliya qirolligiga Bag'ishlangan yilnomalar va memuarlar to'plamining uchinchi jildi ichida chop etildi. 1782 yilda esa Antonio Sancha ismli noshir ispanlarga uni yana alohida kitob holida takdim etdi. Nihoyat, 1943 yilda Madridda atoqli tarixchi olim Ferdinand Lopes Estrada tomonidan "kundalik"ning ispan tilidagi navbatdagi nashri amalga oshirildi. Komusiy, tarixiy mazmunli bu asar tez orada Evropada ham mashhur bo'lib ketdi. . Klavixo asari 1859 yilda Londonda K. Markxem tarjimasida ingliz tilida chikdi. Ushbu tarjima “Kundalik”ning 1782 yildagi Antonio sancha tomonidan tayyorlangan ispancha nashr manbaida amalga oshirildi. Biroq bu tarjima keyinchalik taniqli ingliz tilshunos olimi g. Le Strenj tomonidan sifatsiz, deb topildi.
"Kundalik"ning xorijiy tildagi ikkinchi tarjimasi atokli rus tilshunos olimi, akademik I.I. Sreznevskiy tomonidan ro'yobga chiqarildi. I.I. Sreznevskiy "kunda - likning har bir kun xotiralari bilan bog'liq qismlarini boblarga ajratib, ularni alohida nomlar bilan atadi, kitobga keng ko'lamli "Izoh"ni ilova etdi. Bu ruscha tarjima 1881 yilda Sankt-Peterburgda nashr qilindi. I.I. Sreznevskiy kitob nomini belgilashda bevosita Klavixoning o'z fikri va qarashlariga tayangan. Uni "Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)" deb atagan. Kitobning bunday nomi "kun - dalik"ning jahondagi boshqa tillarga qilingan tarji - malariga ham asos qilib olingan.
Oradan 50 yil o'tib, 1928 yilda Le Strenj Klavixo asarini ingliz tiliga qaytadan o'girdi. Ushbu tarjima "kundalik"ning 1782 yildagi ispancha nashriga hamda Le Strenjning o'zi "muvaffaqiyatli, ancha mukammal tar jima” deb e'tirof etgan I.I. Sreznevskiyning ruscha tarjimasiga asoslanilgan holda bajarilgan.
1970-1971 yillarda Klavixo asarining Londonda K. Markxem tomonidan tayyorlangan inglizcha tarjimasi va I.I. Sreznevskiyning ruscha tarjimasi "kundalik"ning ispancha asl matni bilan yonma-yon holatda, yana bir marta nashr etildi.
"Kundalik", shuningdek, Yaponiyada, Frantsiyada, Rossiyada, Argentinada, Turkiyada, Eronda ham bir necha marta, qayta va qayta kitobxonlarga taqdim qilingan. 1 asar eng so'nggi marta 1990 yilda I.S. Mirokova tarjimasida, rus tilida Moskvadagi "Nauka" nashriyoti tomonidan bosmadan chiqarildi. Nihoyat, o'tgan asrning ikkinchi yarmi, 80-yillarida bu mashhur tarixiy yozma yodgorlikni ona tilimizga Filologiya fanlari doktori, professor Ochil Tog'aev o'girdi. Shu o'rinda xotiramizdagi kichik bir lavhani hurmatli mushtariylarga hikoya qilmoqchimiz. 1987 yilning yoz kunlaridan birida Ochil xozirgi kunda o'zbek tilida Klavixo asarining talablar darajasidagi nisbatan mukammal va to'liq tarjimasi ekanligini alohida ta'kidlagimiz keladi. Buni asarning uzbekchaga har ikki o'girmasini o'zaro qiyoslab ko'rgan har bir kitobxon ilk sahifalaridayoq darhol his etadi. Ochil Togaev asardagi hech bir iborani, hech bir lavhani, voqea - xodisani e'tibordan chetda qoldirmagan.
Klavixoning ushbu asari sahifalarida Sohibqiron. Amir Temur siymosi xuddi tirikday gavdalanib turadi. Buning sababi shundaki, Klavixo bevosita Sohibqiron saroyida birmuncha muddat yashab, u bilan qayta-qayta kurishgan, yuzma-yuz muloqotda bo'lgan. Amir Temur hazratlarini turlicha sharoitlarda - saroy a'yonlari, xorijiy elchilar, Samarqand ahli va saltanat amirlari bilan uchrashuvlar, temuriy shahzodalar va malikalar bilan munosabatlar vaziyatida kuzatgan. "Kundalik"da muallifning bu ko'rgan-kechirganlari, shaxsiy taassurotlari, fikr- o'ylari to'la o'z ifodasini topgan. Amir Temur siymosiga va uning saltanatidagi o'ziga xos hayotga qiziqqan yer yuzidagi barcha kishilar Klavixo "kundalik"nomasidan o'zi uchun boy va qiziqarli ma'lumotlarni topishi tabiiy.
Kitobning ikkinchi bir o'ziga xos xususiyati uning kundalik tartibida bitilganligidir. Kundalik bo'lganda ham, betakror mazmun va mohiyatli kundalikdir. Ya'ni, u biron tarixchi olim yoki yozuvchining emas, balki aynan o'z qirolining alohida topshiriq va dasturiy kursatmalari bilan yo'lga tushgan elchining nuqtai nazarini, fikr-o'ylarini va kuzatishlarini o'z sahifalarida mujassam etgan hisobot, hujjat, ma'lumotnoma tarzidagi asardir. Shu bilan birga, ushbu hisobotnoma o'z davrining yuksak o'qimishli, bilimdon, mustakil, sinchkov kuzatish salohiyatiga ega ziyoli shaxsining jonli, maroqli hikoyalari va sarguzashtlari bilan nurlanib turadi. Buning ustiga, uning aynan evropalik elchi ekanligi qalamga olingan barcha manzaralarga, voqea - hodisalarga, Amir Temur shaxsiga va saltanatidagi tartib-qoidalarga o'zgacha yondashuvlarida yaqqol sezilib turadi.
So'zimizning isboti uchun bir necha misol keltiramiz. Samarqandning boyligi haqida: "bu yurt don-dun, may, meva-cheva, parranda go'shti, (boshqa) har xil go'sht, qo'yingki, hamma narsaga boydir... bir juft semiz qo'yning narxi 1 dukat".


Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin