Tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi


Sunday o'yinlar o'quvchilarning og'zaki hisoblashi va qiziqishining ortishiga katta yordam beradi. Shunday qilib o'yinimizni yakunlab uyga vazifa beramiz



Yüklə 327,47 Kb.
səhifə6/10
tarix08.06.2023
ölçüsü327,47 Kb.
#126823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi

Sunday o'yinlar o'quvchilarning og'zaki hisoblashi va qiziqishining ortishiga katta yordam beradi. Shunday qilib o'yinimizni yakunlab uyga vazifa beramiz.
3-sinf o'quvchilariga tenglamalar tuzib masalalar yechishning dars ishlanmasi.
Darsning ta'limiy maqsadi: masalalarni tenglamalar tuzish bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum sonlarini topishga doir sodda masalalar yechishga o'rgatish va misollar bilan birgalikda matnli masalalarni tenglamalar yordamida yechib bilimlarini mustahkamlash. Mantiqiy fikiiash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlaritirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon eta olishga o'rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: mavzunu yoritishda zamonaviy tarbiya usullari orqali o'quvchilarni fikrlash dunyoqarashini kengaytirib, ularni zehnini va hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi qisini: o'quvchilarni masalalarni tenglama tuzib yechish orqali olgan bilimlarini mustahkamlash va faolligini oshirib borish.Ularni katta sinfga chiqqanlarida masalalarni tenglama usuli bilan qiynalmasdan yechishga poydevor yaratib, fikrlash doirasini kengaytirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.


Darsning jihozi: raqamli va bo'sh kartochkalar.
Darsning borishi:
1. Uy vazifasini qay tarzda bajarganini tekshirish;
2. Yangi mavzu bayoni va uni mustahkamlash.
Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamaiar tuzish bilan yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. O'quvchilar masalalarni tenglamaiar tuzish bilan yechishni o'rganib olishlari lichun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olishi kerak bo'ladi. Tenglamalarni tuzish yordamida sodda masalalarni yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi.
Ikkinchi sinfda tenglamaiar tuzish usuli bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum komponentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi.

Yüklə 327,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin