Tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi



Yüklə 327,47 Kb.
səhifə10/10
tarix08.06.2023
ölçüsü327,47 Kb.
#126823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi

Umumiy xulosa
Boshlang’ich ta’limni 1-4 sinflar qamrab oladi, hamda o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish extiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadryatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo’lish va kasb tanlashni shakllantiradi.
Boshlang’ich ta’limning umumiy o’rta ta’lim olishi zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich sinflarda algebraik materiallarni o’rgatish metodikasini puxta ishlab chiqish boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalaridan biridir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatish metodikasi mavzusini o’rganib, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqib va ularni o’quv jarayoniga tatbiq etdik.
Boshlang’ich sinflar ta’lim jarayonida matematika darslarida tenglik, tengsizlik, tenglama tushunchasini shakllantirish, boshlang’ich sinflarda matematika darslarida sonli ifoda, harfiy ifodalarni o’rgatish metodikasini, boshlang’ich sinflarning o’quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar yechishga o’rgatish metodikasini, boshlang’ich sinf matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, boshlang’ich sinflarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida algebraik materiallarni o’rgatish bo’yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish yo’llarini ko’rsatib beradi. Ta’lim jarayonida anketa, savol-javob, suhbat, umumlashtirish, kuzatish, pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanish mumkin.
Yüklə 327,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin