Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə83/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Simptomatikasi. Bemorlar, odatda, faqat buqoq paydo bo‘lib qolganidan noliydi. Buqoq bir tekis, sidirg‘a (diffuz), tugunli va aralash bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik kasallarda qalqonsimon bez funksiyasi buzilmaydi (eutireoid buqoq), ularning kamroq qismida bu funksiya pasaygan yoki kuchaygan bo‘ladi.
Qalqonsimon bez juda kattalashib ketganida qizilo‘ngach, traxeya, hiqildoq nervi bosilib qolishiga xos simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu yutish qiyinlashuviga, yo‘talish, nafasning izdan chiqishiga, ovoz bo‘g‘ilib qolishiga sabab bo‘ladi.
Endemik buqog‘i bor ayollarda jinsiy jihatdan yetilish kechikadi, hayz sikli buziladi. Endemik buqoq bilan og‘rigan kasallar bor oilalarda ba’zan kretinizmga mubtalo bolalar tug‘iladi. Tugunli buqoq ko‘pincha qalqonsimon bez rakiga aylanib ketadi.
Davosi. Endemik buqoq o‘choqlarida davlat nazorati yo‘li bilan buqoqqa qarshi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bunday o‘choqlarda ro‘zg‘orga 1 tonnasida 25 g kaliy yodid bo‘ladigan osh tuzi ishlatiladi (yodlangan un, yodlangan tish pastasi, yodomarin va hokazo). Bolalar bilan homilador ayollarga haftasiga 2 marta 1 tabletkadan antistrumin ichib turish buyuriladi, unda kaliy yodid bo‘ladi.
Tugunli va aralash buqoqda operatsiya yo‘li bilan davo qilish o‘rinli. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchaygan bo‘lsa, antitireoid vositalar, pasaygan mahallarda esa tireoid gormonlar buyuriladi. Konservativ davo naf bermaganda xirurgik davo o‘tqaziladi.
Profilaktikasi. Aholi shart-sharoitlarini yaxshilab berish. Endemik buqoq o‘choqlarida yodlangan tuz ishlatiladi. Dengiz karamidan ko‘proq iste’mol qilish talab etiladi (chunki tarkibida yod judayam ko‘p). Barcha bemorlar dispanser nazoratiga olinishi shart.
Gipotireoz. Gipotireoz qalqonsimon bez funksiyasi pasayib ketganligidan paydo bo‘ladigan kasallikdir. Gipotireoz tug‘ma (kretinizm) va turmushda orttirilgan hollarga bo‘linadi. Turmushda orttirilgan gipotireoz birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi gipotireozda kasallik qalqonsimon bezning o‘zi zararlanganligi tufayli paydo bo‘lsa, ikkilamchi gipotireozda gipofiz tireotrop gormonining miqdori pasayib ketgan bo‘ladi.
Birlamchi gipotireozda infeksiya ta’sir qilganida, toksik buqoqqa davo qilishda radioaktiv yod dozasini oshirib yuborilganida, xirurgik davo mahalida qalqonsimon bez butunlay olib tashlanganida kuzatiladi. Ikkilamchi gipotireoz gipofiz yoki gipotalamus kasalliklarida paydo bo‘ladi. Gipotireozning badanda shish bo‘lishi bilan o‘tadigan formasi miksedema (shilimshiq shish) deb ataladi.
Simptomatikasi. Bu kasallik asta-sekin avj olib boradi. Bemorda barvaqt paydo bo‘ladigan shikoyat odatda sovuqqa ojizlik – hadeb sovqotaverishdir. Kasallar issiq kiyinishga harakat qilishadi. Bundan tashqari, shunday kasallarda atrofdagilarga qiziqish kamayadi, beparvolik, bo‘shanglik paydo bo‘ladi, xotira buziladi, qabziyat, mennoragiyalar, semizlikka moyillik paydo bo‘ladi.
Bunday kasallarning nutqi va harakatlari sustkash bo‘lib qoladi. Yuzi xuddi niqob tutib olgandek, ifodasiz, kerikkan bo‘ladi. Ko‘z tirqishlari torayib qoladi. Badan terisi, ayniqsa, ko‘z qovoqlarining terisi shishib turadi, quruq bo‘ladi, po‘st tashlaydi. Til kattalashadi va shishib turadi. Ovoz bo‘g‘iq bo‘lib qoladi, soch tushib ketadi, tirnoqlar mo‘rt bo‘lib qoladi.
Oyoqlarda shish bo‘ladi, lekin bosib ko‘rilganida yurak yoki buyrakka aloqador shishlarga qarshi o‘laroq, o‘rni chuqurcha bo‘lib qolmaydi. Tana temperaturasi pasayadi. Qon analizida gemoglobin bilan eritrotsitlar miqdori kamayib, anemiya boshlangani ma’lum bo‘ladi. Leykotsitlar bilan trombotsitlar miqdori normal bo‘lib qoladi. Xolesterin miqdori ko‘payib ketadi. Asosiy almashinuv pasaygan bo‘ladi. Oqsil bilan birikkan yod miqdori kamayadi. Qalqonsimon bezga yod yutilishi ancha pasayadi. Skaniogrammada qalqonsimon bez kichraygan bo‘lib chiqadi yoki umuman sezilmaydi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin