Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə50/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

O‘tishi. Jigar sirrozi odatda 3–4 yil, gohida uzoqroq cho‘ziladi (biliar sirroz bilan og‘riganlarda 10 yilgacha va bundan ko‘ra ko‘proq davom etadi). Kasallik asta-sekin zo‘rayib boradi. Terminal davri sirroz xilidan qat’i nazar, me’da-ichakdan qon ketishi va jigar yetishmovchiligi zo‘rayib borib, keyin koma boshlanishi bilan xarakterlanadi. Bemorlarni hammadan ko‘p o‘limga olib boradigan ikkita sabab ana shulardir.
Jigar komasi asosida jigar to‘qimasining chuqur destruksiyasi (aynab ketishi) yotadi, bunday destruktura jigar hujayralarining distrofik o‘zgarishlar, yog‘ infiltratsiyasi, nekroz va autolizga uchrashi (o‘z-o‘zidan irib ketishi, hazm bo‘lib ketishi) dan iborat bo‘ladi. Jigar komasi odam to‘satdan qattiq zaharlanganida, Botkin kasalligi, xavfli o‘smalar vaqtida ham paydo bo‘ladi. U jigar sirrozlarining so‘nggi bosqichidir.
Jigar komasida qattiq bosh og‘rib, odam darmoni quriydi, uyqusi qochadi, behalovat bo‘laveradi. Keyin borib uyquchanlik, ko‘ngil aynashi, qusish paydo bo‘ladi. Jigar komasi mahalida es-hush yo‘qolishi bilan bir qatorda, yuz va qo‘l-oyoq muskullari tortishib, «uchib» turadi, pay reflekslari kuchayib ketadi, Babinskiy simptomi musbat bo‘lib qoladi. Komaning muhim belgisi jigarning kichiklashib, ixcham tortib qolishidir. Jigar komasida ko‘pincha gemorragik sindrom paydo bo‘ladi– burun qonab turadi, teriga qon quyuladi, odam qon aralash qusadi. Bemorning og‘zidan bo‘rsigan, chuchmal «jigar» hidi kelib turadi. Tana temperaturasi 39–40° gacha ko‘tariladi, siydikda urobilinuriya, proteinuriya, silindruriya topiladi. Oxirgi damda barcha reflekslar so‘nib qoladi, Cheyn-Stoks va Kussmaulcha nafas paydo bo‘ladi.
Profilaktikasi va davosi. Profilaktikasi etiologik omillarni bartaraf qilishga, ichkilikka barham berishga, Botkin kasalligini vaqtida aniqlash va davolashga, surunkali gepatitga davo qilishga qaratilgandir. Kasallikning avj olib borishini to‘xtatib qo‘yish va asoratlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Davosi avaylaydigan rejim tayinlash, jismoniy aktivlikni cheklab qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Protsess aktivlashgan va dekompensatsiya boshlangan davrda kasal o‘rnidan turg‘azilmay yotqizib qo‘yiladi. 5-parhez stoli buyuriladi, biroq oqsillar miqdori cheklab qo‘yiladi, chunki ammiakdan zaharlanish (intoksikatsiya) xavfi bo‘lganligi uchun ularning ortiqcha bo‘lishi o‘rinli emas. Assit belgilari paydo bo‘lsa, osh tuzi miqdori cheklab qo‘yiladi. Jigarda moddalar almashinuvini yaxshilaydigan preparatlar – kokarboksilaza, vitaminlar, glutaminat kislota buyuriladi. Protsess aktiv bo‘lib turgan davrda sutkasiga 15–20 mg dozada prednizolon buyuriladi. Assit mahalida osh tuzi iste’moli cheklanib, venaga albumin, kaliy xlorid yuboriladi, aldakton, siydik haydovchi dorilar (laziks, gipotiazid) ishlatiladi.
Jigar komasida mo‘l-ko‘l suyuqlik ichish buyuriladi, venaga glukoza yuborib turiladi (40–80 ml 40 % li eritmasini 8–10 TB insulin bilan birga). Venadan albatta glukokortikoidlar – prednizolon (80–100 mg), gidrokortizon, vitaminlar – B12, B1, askorbinat kislota ham yuborib turiladi. Vitamin K 0,015 g dan kuniga 2–3 mahal muskullar orasiga yuboriladi yoki ichiriladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin