tishcha yoki S-T-aralash segment paydo bo’ladi), yoki veloergometrda jismoniy
zuriqishga tolerantlikni tekshirish. Miokard infarktida EKG va ExoKG muxim
ma'lumotlar beradi.
Emlewning tiykargi ozgeshelikleri-og’riq qoldiradigan dorilardan tashkil topadi:
nitrogliserin yoki validolni til tagiga quyib quyiladi. Miokard infarkti avj olgan
paytda narkotikli analgetiklar, neyroleptanalgetiklar (droperidol, fentanil) qabul
qilinadi. Ko’zatish o’z ichiga quyidagilarni hamrab oladi: tomir urishini sanash,
arterial qon bosimi, yurak urishi, bosh miya qon bosimini ulchash; bemorni
parvarish qilishda esa: palatani shamollatish, polni dezinfeksiyalovchi moddalar
bilan muntazam yuvish, yotiqli bemorlarni yuvintirish, yotar joy-yostiq jild va
choyshablarni o’z vaqtida almashtirish, ularni ovqatlantirish va profilaktika qilish
kiradi.
Tomir sistemasining yetishmovchilik simptomlari: xushdan ketish, kollaps-
yurak faoliyatining keskin susayishi, shoklarda aks etadi.
Xushdan ketish - miya gipoksiyasi natijasida qisqa muddatga to’satdan xushni
yuqotish. Bu stress holatlarda, qon yuqotishda, qattiq og’riq va jaroxatlarda sodir
bo’ladi. Xushdan ketish bosh aylanishi, holsizlik, tashnalik, qo’l-oyoqlarning
uvishishi bilan namoyon bo’lad, qo’l-oyoq mo’zlaydi, nafas olish sekinlashadi,
ko’z qorachiqi torayadi. Xushdan ketishning davomiyligi bir necha soniyadan 1-2
daqiqagacha boradi.
Hamshira diagnozi: keskin holsizlik, bosh aylanishi, tashnalik, qo’l-oyoqning
uvishishi, teri rangining oqarib ketishi.
Tez yordam berish: bemorning yoqasini yechib quyish. Bemorning boshini
pastga qilib yotqizib, yuziga muzdek suv sepish, paxta yoki dokani novshadil spirti
bilan xo’llab xidlatish kerak. Zarurat bo’lganda bemorga kofein, kordiamin,
kamforaning yog’li yoki spirtli aralashmasini (teri ostiga) yuborish mumkin. Qo’l
va oyoqiga grelka qo’yib, issiq choy berish kerak.
Kollaps - yurak faoliyatining keskin susayishi bo’lib, qon bosimining birdan
pasayib ketishi va qon aylanishi xajmi kamayishi bilan harakterlanadi. Bu
ko’pincha intoksikasiyada, yuqumli kasalliklarda, ko’p qon yuqotganda, yurak-qon
tomir kasalliklarida kuzatiladi. Ko’zdan kechirilganda, terisi oqargani, yuz bichimi
«o’tkirlashishi» ko’rinadi, bemorni sovuq ter bosadi, qo’l-oyoqlari muzlaydi,
holsizlanish, bosh aylanishi, karaxt bo’lib qolish va savollarga zo’rg’a javob berish
holatlari kuzatiladi. Tomir tez-tez uradi, yumshoq, bilinar-bilinmas ham bo’lishi
mumkin, qon bosimi pasayib boradi.
Hamshira diagnozi: umumiy keskin holsizlik, bosh aylanishi, karaxtlik, tana
terisining oqarishi, gipotoniya.
Tez yordam berish: kollapsni yo’zaga keltirgan holatni qanday bartaraf etish
mumkin: qon yuqotganda-qonni to’xtatish (vaziyatga qarab jgut bog’lash), qattiq
g’riqda-og’riq qoldiruvchi in'eksiyalar yuborish; infeksiyada - bakteritsid va
bakteriostatik dorilar; intoksikasiyada-oshqozonni yuvib, klizma qilish, so’ngra
qon bosimini ko’taruvchi in'eksiyalar qilinadi: 10 foizli kofein va kordiamin
eritmalarini teri osti yoki yonboshdan yuborish. Zarur bo’lganda 0,1 % li
noradrenalin eritmasini 1 ml yoki 1 ml mezatonni 200-500 ml glyukozaning
izotonik eritmasiga qo’shib yuborish kerak. So’ngra Bobrov apparatida
oksigenoterapiya o’tkazib, issiq choy yoki qaxva berish kerak.
Shok holati - organizmning barcha hayotiy funksiyalari keskin to’xtashi bilan
namoyon bo’ladi. Shok holati erektil (bezovtalanish), qisqa muddatli va torpid,
ya'ni ancha davom etuvchi ruxiy ezilish fazalariga bo’linadi. Shokning sabablari:
shikastlanish, qattiq og’riq, ko’p qon yuqotish, qon guruxi to’g’ri kelmagan qonni
quyish, anafilaksiya. Bemorlarning yuz tuzilishi soxtalashadi, atrofdagilarga
nisbatan beparvolik paydo bo’ladi, og’riqni sezish tuyg’usi keskin buziladi, nafas
olishi yo’zakilashadi, qon bosimi keskin pasayadi, diurez susayib, so’ngra anuriya
paydo bo’ladi. Tana terisining rangi kulrang-tuproq rangida, yopishqoq mudek ter
bilan qoplangan, qo’l-oyoqlari muzdek. Bu alomatlar vegetativ asab sistemasi
faoliyatining buzilishi va teriga qon oqib kelishining susayishi oqibatida paydo
bo’ladi. Yuzadagi vena tomirlari Ishki tomonga botgan, tirnoq osti rangsiz va
ko’pincha sianotik bo’ladi. Ko’pincha oshqozon-ichak trakti tomondan ko’ngil
aynishi, qusish, qorinda og’riq turishi kabi alomatlar paydo bo’ladi. Bu esa qorin
bushliqidagi bo’zilishi oqibatida shok holati kelib chiqadi, degan notuqri xulosaga
olib keladi. Oshqozon-ichakda "stress-yara" va duodenitlar oqibatida qon ketishi
ham ko’zatilishi mumkin. Yurak urishining pasayishi natijasida buyrakda qon
aylanishi susayadi, buning oqibatida oliguriya, so’ngra anuriya paydo bo’ladi.
Shok holati 3 darajaga bo’linadi:
1-daraja-teri qatlami shiliq pardalari rangsizlanadi, sust terlash ko’zatiladi, tomir
urishi qoniqarli, ya'ni bir daqiqada 90-100 atrofida bo’ladi, qon bosimi 90-60
mm.s.u. diurez normada. Es-xushi joyida.
2-daraja-axvol o’rtacha yoki og’irroq, keskin oqarib ketish, sianoz, adinamiya,
daqiqalik tomir urishi susaygan, diurez past (400 ml.gacha), qon bosimi 80-40 yoki
60-40 mm. s.u. Tomir urishi bilinar-bilinmas, es-xushi unchalik joyida emas;
3-daraja-eng og’ir holat. Tashqi alomatlar quyidagicha namoyon bo’ladi; qul-oyoq
muzlaydi, tomir urishi keskin pasayadi, teri qoplami nam, buyrakda qonni filtrlash
to’xtaydi, anuriya rivojlanadi, qon bosimi 50-40 mm. s.u. yoki aniqlanmaydi, es-
xushi chalkash yoki og’ir bexushlik (koma) holati yo’z beradi.
Hamshira diagnozi: umumiy keskin holsizlik, adinamiya, ongning xiralashuvi,
karaxtlik, taxikardiya, gipotoniya, oliguriya yoki anuriya, ko’ngil aynash, qusish,
qorinda og’riq, teri rangining oqarganligi.
Tez yordam berish: birinchi navbatda shok holatini keltirib chiqargan sabablarni
aniqlash zarur: qon ketayotganda-qonni to’xtatish, qattiq og’riqda-og’riq
qoldiruvchi ukollar qilish, narkotik analgetiklar, neytroleptanalgeziya (droperidol,
fentanil) yuborish, qon xajmini tiklash, (bir xil rezusli, guruxli va qon urnini
bosuvchi vositalarni quyish). Anafilaktik shok holatida-ukol urni yoki tishlangan
joyga 0,1 foizli adrenalin eritmasi yuboriladi, agar iloji bo’lsa ukol yoki tishlangan
joydan teparoqqa jgut bog’lash kerak, so’ngra qon bosimini nazorat qilgan holda
teri ostiga yoki venaga shok holatidan to’la chiqqo’nga qadar tomchilatib yuborish
kerak.
Chap qorincha o’tkir yetishmovchiligining simptomlari
Bu chap qorincha miokardi qisqarish funksiyasining keskin susayishi va yurak
astmasi hamda okpe shishi natijasida yo’zaga keladi. Yurak astmasi xuruji,
odatda, kechasi, bo’qilish va quruq yo’tal bilan namoyon bo’ladi. Bemorlar boshni
balandroq ko’tarib yoki oyoqni osiltirib utirishga majbur bo’ladilar. Terida sianotik
soyali rangsiz holat guzetilip, nafas olish qiyinlashadi, quruq xushtaksimon
xirillashlar ham paydo bo’lishi mumkin. Agar yurak astmasi okpe shishishi bilan
og’irlashsa, unda bemorning axvoli yomonlashadi, buqilish kuchayib, ko’piksimon
och pushti (qonli) balg’amli yo’tal paydo bo’ladi. Auskultasiyada okpeda
jarangsiz, past-baland, nam xirillashlar, baland quruq xirillashlar eshitiladi.
Yo’zning sianozi kuchaya boradi. Tomir urishi tezlashadi, qon bosimi pasayib
ketadi, buyin venalari burtadi.
Hamshira diagnozi: quruq yo’tal, so’ngra ko’piksimon balg’amli yo’tal, bo’g’ilish,
holsizlik, sianoz.
Tez yordam: bemorni tinchlantirish, ruxiy va jismoniy tinchlik, bemorning
boshini baland qilib quyish. Oyoq-qo’llarni 20-30 daqiqaga jgut bilan boqlash yoki
300-400 ml qon olish mumkin. qora terga botmaslik uchun Bobrov apparatida spirt
bilan oksigenoterapiya olib borish kerak. Bu holatda nafas markazi funksiyasining
"susaytirish" uchun morfinning 1 foizli eritmasini 1 ml dan va atropinni 0,1foizli
eritmasini 0,5 ml dan teri ostiga yuborish kerak.
O’ng qorincha yetishmovchiligi
O’ng qorincha o’tkir yetishmovchiligi simptomlari astmatik holatda, total va
subtotal pnevmoniada va okpe arteriyasining emboliyasida kuzatiladi. Bu holat
shiddatli kechadi va o’limga olib keladi. Okpe arteriyasi emboliyasida kukrak
ortidagi qattiq og’riqdan paydo bo’ladi, nafas siqish, quruq yo’tal, bosh, bo’yin,
yelka sianozida yaqqol ko’rinadi. Yurak eshitilganda okpe arteriyasi tepasidagi II
ton aksenti, okpeda quruq xushtaksimon xirillash eshitiladi.
Hamshira diagnozi: nafas siqish, quruq yo’tal, bosh va yelka sianozi, taxikardiya.
Tez yordam: astmatik statusda bronholitiklar (eufillin, ventolin, salbutamol,
berotek aerozollar), kortikosteroidlar esa katta dozada, yurak glikozidlari: okpe
arteriyasi emboliyasida yoki jarroxlik yo’li - embolektomiya yordamida yoki
konservativ yo’l - kateter orqali streptazlar, streptokinazlar, urokinazlar,
streptodektazlar yuboriladi, ular embolni eritadi va tashqariga chiqishiga yordam
beradi.
O’ng qorincha yetishmovchiligining tiykargi klinik ko’rinishlari: taxikardiya,
jigarning kattalashishi, bu chap qovurqa ostida og’irlik sezish bilan kechadi,
emlewga moyil periferik shishishlar. Yurak tekshirilganda tomir urishining
bo’g’iqligi, okpe arteriyasida 2-ton aksenti aniqlanadi. Botkin soxasi va
qilichsimon usimta asosida uch tabaqali klapan yetishmovchiligi oqibatidagi
sistolik shovqin eshitiladi. Biroq okpe arteriyasi klapani yetishmovchiligi bor ba'zi
bemorlarda ikkinchi qovurqa orasida chap tomonidan Grexem-Still diastolik
shovqini eshitiladi. Qon bosimi odatda, me'yorida yoki past yuradi. Qon harakati
susayib, yurakda qon tuplanishi ko’zatilganda arterial gipertoniya simptomlari
namoyon bo’ladi. Bir qator bemorlarda gipoksemiya, giperkapniyaning mavjudligi
tufayli qonda gistamin singari moddalarning tuplanishi va gastroduodenal
sistemada shilliq pardaning rezistentligining kamayishi natijasida oshqozon yarasi
ko’zatiladi. Okpe-yurak yetishmovchiligining tiykargi simptomlari okpeda
yalliqlanish jarayoni avj olishi bilan birga kichik qon aylanish doirasida
gipertoniya vujudga kelishi bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Okpe-yurak
yetishmovchiligi bilan og’rigan bemorlarda gipertermiyaga moyillik bo’lib,
pnevmonia xuruj qilmaganda ham kam holatlarda tana temperaturasi 37 °C dan
yuqori bo’ladi. Terminal bosqichda shishlar ko’payib, jigar kattalashadi, oliguriya,
markaziy asab sistemasi ishining bo’zilishi (bosh og’riqi, bosh aylanishi, boshda
shovqin bo’lishi, uyquga moyillik, loqaydlik), paydo bo’ladi va bu gipoksemiya,
giperkapniyaning ko’payishi va noishqoriy modda almashinuvi maxsulotlari
tuplanishi bilan bog’liqdir.
Hamshira diagnozi: har xil darajadagi nafas siqishi, sianoz, taxikardiya, qul-
oyoqlarning shishishi, tez charchash, bosh og’riqi, bosh aylanishi, uyqusizlik,
loqaydlik.
Parvarish rejasi: bemorni Qo’shimcha tekshiruvlarga tayyorlash (kukrak qafasi
rentgenoskopiyasi, EKG, tashqi nafas olish funksiyasi), biologik materiallarni
(qon, siydik, balg’am), laboratoriya tekshiruviga tayyorlash enteral va paranteral
tarzda dorilarni yuborish.
Rejani amaliyotga tatbiq etish. Yurak-qon tomir sistemasining umumiy holatini
ko’zatish (puls, AqB, YuqS), nafas tezligi, oshqozon-ichak trakti funksiyasi: og’ir
bemorlarni ovqatlantirish, har bir ovqatlanishdan keyin oqiz bushliqini tozalash,
ko’z, quloq, teri profilaktikasini utkazish, yotarjoy va kiyimlarni o’z vaqtida
almashtirish, har bir xojatdan so’ng bemorni yuvintirish, xonani shamollatish,
xonani muntazam dezinfeksiya vositalari bilan tozalash, bemorni rentgen va
biologik tekshiruvlarga, EKG va tashqi nafas funksiyasini tekshirishga olib borish,
tekshiruv uchun biologik materiallarni olish. qonda eritrositoz, gemoglobin
miqdori oshganligi, EChTning soatiga 10-15 mm.gacha kamayganligi qayd etiladi.
Yalliqlanish jarayoni xuruj qilganda leykositozning chap tomonga surilishi,
shuningdek, α va β-globulinlarning ko’payishi, fibrinogenning, S-reaktiv
oqsillarning ortishi ko’zatiladi. Kukrak qafasi rentgen qilinganda, ba'zi hollarda
okpe emfizemasi va diffo’zli pnevmoskleroz mavjudligi aniqlanadi. Yurak
tekshirilganda o’ng qorincha gipertrofiyasi simptomlari ko’zatiladi. EKG da R-(R-
pulmonale) o’tkir tishchali, II, III standart ulanishlarda va AVF da, kukrak
ulanishlarida o’ng qorincha gipertrofiyasi (R baland tishchasi V-1-2da va chuqur-S
tishcha) ekanligi qayd etiladi.
Emlew ozgeshelikleri. Okpe-yurak yetishmovchiligi kompleks muolajasining
tiykargi tarkibiy qismi, bu avvalo, tiykargi kasallikni emlewdir. Okpeda kuchli
yalliqlanish jarayoni ketayotgan davrda antibakterial terapiya olib boriladi.
Bronxospazm belgilarida bronholitiklar, glyukokortikoidlar tavsiya etiladi.
Yopishqoq balg’am mavjud bo’lsa, balg’am kuchiruvchi vositalar tavsiya etiladi.
Kichik qon aylanish doirasida qon bosimini tushirish uchun selektiv q-
adrenoblokatorlar, kalsiy antagonistlari qullanilanadi.
Miokardning isiniw alomatlari
Miokardning isiniw alomatlari - yurak mushaklarining isiniwi
kasalligi bo’lib, yuqumli, yuqumli-allergik yoki tabiatan yuqumli toksik
xususiyatga ega bo’ladi. Miokarditning kelib chiqish sabablari virusli, bakterial
infeksiyalar, yiringli-septik kasalliklar, bo’g’ma, ich terlama, brusellyoz, sil,
toshmali terlama kasalliklari bo’lishi mumkin.
Yuqumli-allergik miokarditning nospesifik guruxga ajratilib, uni qo’zqatuvchi
streptokokk, stafilokokk mikroblari bodomsimon bezlarda, burun bushliqidagi
usimtalarda, tishlarda joylashib oladi. Bu mikroorganizmlar spesifik mikrobli
harakatni chaqirmasa-da, balki organizmning allergiyaga moslashishiga moyillik
bildirib, miokarditning rivojlanishiga yordam beradi. Miokardit xomiladorlik
toksikozida, nurlanish va kuyish davrlarida ham paydo bo’lishi mumkin.
Miokarditning klinik ko’rinishlari. Bemorlar umumiy darmonsizlik, subfebril
harorat, tez charchash, jismoniy harakatdan so’ng nafas siqishi, ayrim hollarda
kechasi yurak soxasidagi og’irlik va noqulaylik, ba'zi hollarda anginoz tipidagi
og’riq bo’lishidan shikoyat qiladilar. Bemorlar kurikdan utkazilganda ularda
sianoz, belda va oyoqda shishish, kuk tomirlar (bosh va yo’zdan yurakka boradigan
qon tomirlari)ning burtishi, sianoz bilan birga rangparlik aniqlanadi. Kasallik og’ir
kechganda tomir urishi sustlashib, oraliqi qisqaradi.
Hamshira diagnozi: umumiy darmonsizlik, toliqish, nafas siqish, yurak soxasida
og’riq, subfebril harorat.
Parvarish rejasi - Qo’shimcha instrumental va laboratoriya tekshiruvlari,
emlew ozgeshelikleri, dispanser ko’zatuvi.
Hamshiralik rejasini amalga oshirish: Parvarish - palatani doim shamollatib
turish, tozalash, to’yingan kislorod berish, shaxsiy gigienani saqlashda va
ovqatlantirishda yordam berish; tomir urishini, qon bosimini, yurak chastotalari
soni, arterial qon bosimini nazorat qilish, umumiy axvolini ko’zatish, bemorni
biologik materiallar (qonning biokimyoviy va umumiy taxlili, qonda leykositoz,
eozinofiliyalarning urtamiyonaligi aniqlanadi; EChTning ko’payishi, oqsil
fraksiyalarining o’zgarishi, SRB va sial kislotasining ortishi, bemorni EKG va
ExoKG, FKGga tayyorlash; shifokorning tavsiyalarini o’z vaqtida bajarish
(dorilarni o’z vaqtida ichirish, tomchi dori va in'eksiyalarni o’z vaqtida yuborish).
Emlew ozgeshelikleri: miokarditni emlew 3 tarkibiy qismdan iborat:
1) miokardit tiykargi kasallik sifatida namoyon bulganda;
2) allergik tarkibiy qismlarning miokarditga ta'siri;
3) yurak-qon tomir etishmovchiligi va aritmiyani emlew.
O’tkir miokardit bilan og’rigan bemorlar kasallikning o’tkir davri tugagunga qadar
qat'iy yotoq rejimida bo’lishi shart. Bu rejimni klinik va EKG xulosalari natijasiga
qarab o’zgartirish tavsiya etiladi. Ovqatlanganda vitaminlar, ayniqsa, S vitamini
yetarli bo’lishiga katta e'tibor berib, osh to’zi iste'molini kamaytirish zarur. Dori
preparatlaridan antibiotiklar, salisilatlar, desensibillovchi vositalar (suprastin,
loratadin va x.k.), kortikosteroidlar (prednizon, prednizolon) tavsiya etiladi. Yurak
yetishmovchiligini emlewda yurak glikozidlari (strofantin, korglikon)
qo’llaniladi. Kasallikning o’tkir jarayoni utib bulgandan so’ng aritmiyani extiyotlik
bilan emlew zarur. Remissiya bosqichida dispanser nazorati yilda 1-2 marta
utkaziladi. Otolaringolog va stomatolog nazorati yilda 1 marta; umumiy qon va
siydik taxlili-yilda 2 marta; biokimyoviy taxlil, EKG, FKG yilda-1 marta. Arterial gipertoniya simptomlari
Arterial gipertoniya simptomlari. Gipertoniya keselliklerinin tiykargi belgisi
arterial bosimning kutarilishi xisoblanadi. Butun dunyo soqliqni saqlash
tashkilotining kardiologiya komiteti gipertoniyada sistolik bosimni 160 mm. s.u.
va undan yuqori , diastolik bosim uchun 100 mm. s.u. dan yuqori bulgan holatini
qabul qilgan. qon bosimining kutarilishi bir qator kasalliklarda ko’zatiladi; buyrak,
endokrin sistemasining shikastlanishi, ateroskleroz, aorta koarktasiyasi, yirik
tomirlarning torayishi va x.k. Bu gipertoniya tiykargi simptomatik yoki kasallikdan
kelib chiqqan ikkinchi xastalik xisoblanadi. Bu kasallik keng tarqalgan bo’lib,
hamma yoshda uchrashi mumkin.
Gipertoniya kasalligini keltirib chiqaruvchi tiykargi sabablar: bu - asabiy zuriqishlar
bilan bog’liq bulgan mexnat, ruxiy shikastlanish, ta'sirchan iztirob, xaddan ortiq
zuriqish, ruxiy-asabiy charchoq, irsiy moyilliklardir.
Klinik ko’rinishi qon bosimi darajasi kutarilishi parenximatoz organlarning
funksional holati, neyroendokrin sistemasi ishi, gemodinamika, qonning reologik
xususiyatlari va boshqalar bilan namoyon bo’ladi. qon bosimida ko’pincha qattiq
bosh og’riqidan shikoyat qilinadi. Bu bosh og’riqi migrenga o’xshash bo’lib, uzoq
davom etadi va qusish bilan yakunlanadi. Ba'zan bosh og’riqi tufayli ko’z oldi
qoronqilashadi. Gipertoniyaning tiykargi belgilari bosh aylanishi, quloq
shanqillashi, yurak soxasida og’riq, tez charchash, jismoniy kuchsizlikdan
iborat.Gipertoniya keselliklerinin asoratlari: gipertonik kriz, miokard infarkti, miya
qon aylanishining bo’zilishi, o’tkir chap qorincha yetishmovchiligi, ko’z tur
pardasi qatlamining kuchishini qayd etish joiz.
Hamshira diagnozi: bosh og’riqi, bosh aylanishi, qayt qilish, yurakda og’riq,
holsizlik, darmonsizlik, ko’z oldining qoronqilashishi.
Parvarish rejasi: bemorni ko’zatish va parvarish qilish, bemorni qo’shimcha
instrumental va laboratoriya tekshiruvlariga tayyorlash, davolovchi shifokorning
tavsiyalarini bajarish, boshqa mutaxassislarning maslaxatini tashkil qilish,
dispanser ko’zatuvi, reabilitasiya ozgeshelikleri.
Hamshiralik parvarish rejasini amalga oshirish. qon bosimi keskin oshganda,
bemorni tinchlantirish, jismoniy va ruxiy tinch sharoit yaratish, gardanga
gorchichnik quyish, palatani shamollatish, vaziyat taqozo qilsa, bemorni
ovqatlantirish, shaxsiy gigiena qoidalarini bajarish; qon bosimini, tomir urishini,
yurak qisqarishlar soni, bosh miya bosimini nazorat qilish; bemorni biokimyoviy,
umumiy qon; siydik taxliliga, EKG, ExoKG, UZT tekshiruvlariga tayyorlash.
Emlew ozgeshelikleri: qon bosimi bor bemor parxez qilishi va osh to’zini kuniga
4 gr.gacha iste'mol qilishlari tavsiya etiladi. Ortiqcha vaznlilar ozishi uchun
xaftada bir marta parxez qilinadigan kunlar utkazilishi kerak. Chekish va alkogol
ichimliklar ichish mumkin emas. Gipertoniya xastaligining ilk bosqichlarida qon
bosimini pasaytiruvchi, ya'ni sedativ dorilar tavsiya etiladi. Xozirgi kunda qon
bosimini pasaytiruvchi vositalarning 3 xil turi keng tarqalgan: 1) asab
sistemalarining simpatik nerv oxirlariga tormozlovchi ta'sir kursatadigan; 2)
arteriolalarning tekis mushaklarini bushashtiruvchi; 3) saluretiklar.
Yurak mushaklari nekrozi sindromi
Yurak mushaklari nekrozi sindromi. Miokard infarkti yurak muskullarining
nekrozi ishemik uchoqining avj olishi bilan harakterlanadi, klinik simptom
komplekslarning paydo bo’lishi bilan organizmda moslashish reaksiyasi sodir
bo’ladi, Bu esa asta-sekin gemodinamikaning bo’zilishi va gomeostazning
o’zgarishiga va dekompensasiyaga olib keladi.
Etiologiya: bemorlarning 97-98 foizida miokard infarktining kelib chiqishiga
koronar arteriyalarning aterosklerozi sabab bo’ladi. Ba'zi hollarda Bu kasallikning
kelib chiqishiga ishemik va nekroz miokardning ayrim joylarda rivojlanishi
natijasida metabolik o’zgarishlar yo’z berib, oqibatda yurak tomirlarida (koronar)
qon aylanishi bo’ziladi. Yurak tomirlarida qon aylanishining bo’zilishi,
birinchidan, koronar arteriyada aterosklerozning kuchayishi; ikkinchidan,
ateroskleroz oqibatida koronar arteriyalarning trombozi (tomirlarda qonning
tiqilma xosil bo’lish jarayoni) holatining qushilishi; uchinchidan, neyrogumoral
faktorlarga bog’liq bo’ladi.
Klinik ko’rinish. Miokard infarktining tiykargi klinik simptomi uning tipik
kechishidagi (status anginosus) qattiq og’riq bilan namoyon bo’lib, kasallikning
boshida boshlangan og’riq borgan sari zurayaveradi. Og’riq xuruji 86-95 % da
tebranib turadi. Ko’pincha og’riq xurujining jadal rivojlanishi kurakda prekardial
xududda: ba'zi hollarda og’riq kukrak qafasining hammasi joyida, kamdan-kam
hollarda og’riqlarning atipik tarqalishi ko’zatiladi. Infarkt miokardining tipik
ko’rinishida og’riq ikkala qulda yoki chap yelka, buyin, pastki jaq qismida paydo
bo’ladi. Miokard infarktida og’riq xurujining harakterli tomoni shundaki,
stenokardiya xurujidagi og’riqqa nisbatan juda kuchli bo’ladi va uzoq davom
etadi. Og’riq har xil ko’rinishda: Buquvchi, siquvchi, jizillatuchi, achishtiruvchi va
x.k. bo’lib, u nitrogliserin va boshqa tomir kengaytiruvchi dorilar yordamida
bosilmaydi, balki narkotik analgetiklar, narkoz, neyroleptoanalgeziyalarni qullash
talab etiladi. Bemor ko’zdan kechirilganda, teri qatlamining rangparligi,
akrosianoz, keng ko’lamdagi miokard infarktida esa prekordial soxada ko’zga
ko’rinadigan darajadagi tomir urishi seziladi.Miokard infarktining birinchi kunida
har xil turdagi ritmning bo’zilishi kuchli taxikardiya bilan birga ko’zatiladi.
Birinchi kunning oxiri, ikkinchi kunning boshida tana haroratining 37-38°Sgacha
kutarilishi ko’zatiladi. Bu kasallikning 30 foizini atipik holat tashkil etadi. U yoki
bu simptomlarga bog’liq holda kasallikning quyidagi klinik formalari ajratiladi; 1)
anginoz yoki og’riqli; 2) astmatik; 3) astralgik; 4) periferik; 5) serebral (apoplektik
formali); 6) aritmik; 7) og’riqsiz; 8) simptomsiz.
Dostları ilə paylaş: |