Giрosensibilizatsiyalovchi, antigistamin (suprastin, erolin,
loratal (loratadin) va tinchlantiruvchi dorilar tavsiya
etiladi, og‘irroq hollarda steroidli preparatlar ichish
buyuriladi. O‘tkir eshakyemda
surgi, tozalovchi huqna
qilish, siydik haydovchi dorilar
(furosemid, laziks va
boshqalar) berish maqsadga muvofiq.
M a h a l l i y d a v o sifatida
suv va qo‘rg‘oshinli pasta,
chayqatmalar, gormonal malham va kremlardan foyda-
laniladi. Bemorlarga parhez qilish tavsiya etiladi.
1. Dermatit va toksikodermiyaning paydo bo‘lishi sabablari nimalardan
iborat?
2. Allergik dermatitlar qanday dermatit?
3. Ekzemaning rivojlanish bosqichlari qanday?
4. Neyrodermit kasalligining asosiy belgilari qanday?
5. Bolalar qichimasi va eshakyemning bir-biridan farqi nimada?
6. Qichish bilan kechadigan teri kasalliklarini davolashda nimalarga
e’tibor berish kerak?
1. Ekzemaning qanday turlari mavjud?
A. Chin va yolg‘on ekzema, kattalar ekzemasi;
B. Chin, kasbga oid, seboreyali ekzema, bolalar ekzemasi;
C. Bolalar va kattalar ekzemasi;
D. Kasbga oid ekzema, kattalar ekzemasi.
2. Teri qichishishida qaysi obyektiv belgilar kuzatilmaydi?
A. Birlamchi morfologik elementlar;
B. Gemorragik po‘stloqlar;
C. Ikkilamchi morfologik elementlar;
D. Subyektiv shikoyatlar.
?
NAZORAT SAVOLLARI
!
TE S TLAR
118
3. Neyrodermitning qanday klinik korinishlari tafovut qilinadi?
A. Giðertrofik;
B. Follikular va diffuz;
C. Diffuz va chegaralangan;
D. Ochoqli.
4. Atiðik dermatit gavdaning qaysi qismlarida uchraydi?
A. Orqa va dumbada, boldirda;
B. Sonning ichki sohasida, oyoq kafti va panjada;
C. Yuz, boyin, tirsak, tizza buklamalarida;
D. Qol kafti va panjalarida, tirsakda, ensada.
5. Eshakyem kasalligining asosida qanday omil yotadi?
A. Endogen tasirlar;
B. Turli tasirlarga ota sezuvchanlik;
C. Fizik, biologik, kimyoviy;
D. Togri javob yoq.
119
6-bob. PAÒOGEN MIKOBAKÒERIYALAR VA
VIRUSLAR QOZGAÒADIGAN ÒERI
KASALLIKLARI
6.1. Òeri sili (SKIN TUBERCULOSIS)
Òeri sili organizmdagi umumiy sil infeksiyasining bir
korinishi bolib, aksariyat ikkilamchi sil korinishida vu-
judga keladi. Surunkali qaytalanib turuvchi xili oziga xos
xarakterga ega. Òeri sili hozirgi kunda juda kam uchray-
digan teri kasalliklaridan hisoblanadi.
Kasallikni sil tayoqchasi qozgatadi. Sil tayoqchasining
boshqa bakteriyalardan farqi shundaki, u kislota, ishqor
va spirtga juda chidamli boladi. Òabiiy sharoitda sil kasal-
ligiga odatda odam, sut emizuvchi hayvonlar (sigir, ot,
echki va boshqalar) va parrandalar chalinadi. Sil qoz-
gatuvchilarining bazi morfologik jihatlari bir-biriga ox-
shasa ham, biologik va patogenlik xususiyatlari bilan bir-
biridan farq qiladi. Masalan, teri siliga chalingan bemorlar
ajralmasidan 7085 % odamdan odamga yuqadigan turi-
dagi mikobakteriya, 2025 % qoramol va parranda miko-
bakteriyasi topiladi. Òeri sili bilan kasallanganlik darajasi,
asosan, aholi orasida opka silining qay darajada tarqal-
ganligiga bogliq. Subtropik va tropik olkalarda teri sili nis-
batan koproq uchraydi.
Òeri sili turli yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin,
lekin bu kasallikka bolalar va osmirlar koproq chalina-
dilar. Odamga odatda odam va qoramol mikobakteriyalari
yuqadi. Kasallik qozgatuvchisi e n d o g e n y o l , yani
sil bilan ogrigan azo va toqimalardan, asosan opka,
nafas yollari, limfa tugunlari, qon va suyaklardan teriga
otadi. E k z o g e n y o l bu kopincha kishining kasb-
120
koriga bogliq bolib, aksari kushxona ishchilari, qassob-
lar, konchilar, veterinariya xodimlari, bazan patologo-
anatomlar kasallanadilar. Bunda sil bilan ogrigan qora-
molni soyganda yoki goshtini nimtalaganda kishining
terisi shikastlansa, terining shu joylariga sil mikobakte-
riyalari tushib, teri sili kelib chiqishi mumkin.
Odam organizmi azolari funksiyasining kompleks
ravishda buzilishi, immunitet hamda reaktivligining had-
dan ziyod pasayib ketishi sil qozgatuvchisining viru-
lentligi va allergik tasirining oshib ketishiga olib keladi.
Birlamchi teri sili juda kam, ilgari sil mikobakteriyasi
bilan infeksiyalanmagan insonlarda, asosan, bolalarda
uchraydi. Kasallik mikobakteriya saqlovchi biosubstratlar
(balgam, solak va boshqalar) bilan kontaktda bolganda
yuqadi. Òeri orasida mikrotravmalar, dedaktlar sil qozga-
tuvchisini teri ichiga kirishi uchun qulay sharoit tugdiradi.
K l i n i k a s i . Uch haftalik inkubatsion davrdan song
zararlangan terida qizgimtir jigarrang, qattiq konsistensiyali
tuguncha paydo boladi va u bir necha kundan song ogriq-
siz yaraga aylanadi. Ushbu yara atrofida otkir yalliglanish
belgilari bolmaydi, bazan yumshoq, bazan esa qattiq
konsistensiyali (shankrsimon yoki epiteliomasimon) boladi.
Yara tubida yiringli ajralma, donador manzara va papillomatoz
verrukoz toshmalar kuzatiladi. Yara paydo bolgandan
24 hafta otib regionar limfadenit va limfangit aniqlanadi.
Ushbu klinik korinish birlamchi sil kompleksi deb ataladi.
Limfa tugunlari ogrimaydi, avval qattiq konsistensiyali,
alohida joylashadi, harakatchan boladi. Keyinchalik limfa
tugunlari bir-biri bilan qoshiladi, ustidagi teriga yopi-
shadi va yorilib yaralar hosil qiladi. Bunday klinik kori-
nish sil skrofulodermasini eslatadi. Birlamchi yarali nekro-
tik ochoqlar atrofida lyupomalar paydo boladi va uning
sil yugurugiga aylanishi ehtimoli boladi. Yaralar chandiq-
lanib bitadi va keyinchalik ular ustida sil domboqchalari
hosil bolishi yoki, infeksiya tarqalsa, pamulansprotik
yoki milnar teri sili rivojlanishi mumkin.
121
Ochoqli teri sili. Sil yugurugi yoki lyupoid teri sili teri
silining boshqa xillariga nisbatan kop uchraydigani bolib
(7080 %), aksariyat 515 yoshdagi bolalar orasida keng
tarqalgan. Bazan kasallik orta yoshli yoki keksalar ora-
sida ham uchrab turadi. Kasallik tez-tez qaytalanib tu-
rishi, davo qilinsa ham tezda tuzalavermasligi bilan ifo-
dalanadi. Kasallik ochogining yuzda bolishi samarali davo
vositalari bolmagan vaqtlarda bemorning yuzini xunuk,
goyo bori gajigandek qilib qoyganligi sababli bu kasallik
«volchanka», yani «bori temiratkisi» deb atalgan.
Kasallik gematogen yoki limfogen yol orqali yuqadi.
Òekshiruv natijalaridan sil yugurugiga chalinganlarning 5
10 % i avval opka sili, 520 % i esa suyak va bogimlar
sili bilan ogriganligi aniqlangan. Bazan teridagi turli jarohat
va yara-chaqalar kasallikning avj olishiga sabab boladi.
K l i n i k a s i . Òeri sili ochoqlari aksariyat (80 %) be-
morning yuzi, burni, yuqori lablari, lunji va quloq sup-
ralari sohasida joylashadi. Kopincha zararlangan ochoq-
larga terining shilliq qismi ham qoshilib ketadi.
Sil yugurugining birlamchi morfologik elementi dom-
boqcha yoki lyupomadir, u yarimsharsimon, chegarasi
aniq, kattaligi igna uchiday va undan kattaroq, sargish-
qizil rangli, yumshoq boladi, ogrimaydi. Yuzasi silliq yal-
tiroq kulrangsimon tovlanib turadi, keyinchalik shu joylar
post tashlaydi. Post tashlash, ayniqsa, yassi sil yuguru-
gida kozga yaqqol korinadi. Domboqchalar periferiyaga
tomon osib borib, atrofga yoyilib, bir-biri bilan qoshilib
ketadi. Domboqchalar (lyupomalar) yuzasidan ohista
barmoqlar yuritilsa, uning yumshoq konsistensiyasi sil
yugurugining oziga xos birinchi belgisi malum boladi.
Agar domboqcha buyum oynasi bilan qattiq bosilsa,
zararlangan ochoqdagi kapillarlardan qon chiqib, atrofdagi
toqimalarga tarqaladi, domboqchalar qonsizlanib oqish-
sargish tusga ega boladi, bu olma jelesiga oxshaydi. Shuning
uchun bu klinik belgi «olma jelesi» simptomi deyiladi.
Otmas zond bilan domboqcha yuzasiga sal bosilsa,
122
taxminan 510 sekund saqlanib turadigan chuqurcha
vujudga keladi. Bu holat «zond» fenomeni yoki A. I.
Pospelov belgisi hisoblanadi. Zond bilan qattiqroq bosilsa,
toqimalar yemirilib, qon chiqadi va qattiq ogriq paydo
boladi. Domboqchaning oziga xos yumshoqligi undagi
kollagen va elastik tolalarning parchalanib, sonining
kamayib ketishiga bogliq.
Umuman sil yugurugida domboqchalarning parcha-
lanib yassilanishi ikki xilda kechadi: b i r i n c h i xilida
quruq, bitish yoli bilan boshlanib, chandiqli atrofiya bilan
yakunlanadi: ikkinchi xilida esa yaralar vujudga keladi.
Qurib bitganda chandiqli atrofiya yuzasi xuddi papiros
qogozidek yupqa bolib, yaltirab turadi. Yaralanganida esa
chandiqlar deformatsiyalangan va chuqur boladi. Ay-
niqsa, bemorning yuzida joylashgan domboqchalar yuqo-
rida aytilgan ozgarishlardan keyin uni juda badbashara
qilib qoyadi.
Skrofuloderma yoki kollikvativ teri sili. Òerining, ay-
niqsa bolalar orasida kop uchraydigan sil kasalligi. Ka-
sallik aksariyat hollarda ikkilamchi infeksiya (sildan za-
rarlangan suyak iligi, bogimlar yoki limfatik tugundan
teriga otadi) yoli bilan ( p e r c o n t i n u i t a t u m )
tarqaladi. Birlamchi skrofuloderma esa kamroq uchraydi,
asosan, opka va boshqa azolardagi sil ochoqlaridan teriga
gematogen yoki limfogen yol bilan mikobakteriyalar
otishi oqibatida paydo boladi. Birlamchi toshma, odatda,
boyinda, jag ostida, quloq atrofida, ogiz boshligida
uchraydi.
Klinikasi. Dastlab teriosti yoki teriosti yog klet-
chatkasida ogrimaydigan, kattaligi yongoqdek keladi-
gan, harakatchan tugun paydo boladi. Keyinchalik tugun
asta-sekin kattalashib, atrofidagi teri bilan qoshilib ke-
tadi va kokimtir-binafsha rangga kiradi. Bora-bora tugun
markazi yumshab terisi yupqalashadi (c o l l i q u a t i o
yumshoq demakdir), qizarib yalliglanadi, bir yoki bir
nechta joydan uch berib, yoriladi, bunda teshikli yaralar
123
paydo boladi (fistula). Yaralarning qirralari notekis bolib,
ichidan qon aralash yiring ajralib turadi. Zararlangan
ochoqlardagi yaralarning rivojlanishi turlicha, yani biri
endi boshlanayotgan bolsa, ikkinchisi bitib chandiqlanib
turadi. Òeshik yaralar, aksari boshliqlar orqali bir-biri bilan
tutashib turadi. Yara teshiklariga metall zond kiritib, bosh-
liqlarni topish mumkin. Yaralar oz-ozidan har xil
shakldagi osiqlari bor notekis chandiqlar hosil qiladi. Ko-
pincha boyin, pastki jag va quloq orqasi, tosh, omrov-
osti va omrovusti sohalari zararlanadi. Skrofulodermada
bemorning umumiy ahvoli deyarli ozgarmaydi, ammo
uning tashqi korinishi ozgaradi, yani rangi ochib, yuzi
kerkib turadi, limfa tugunlari kattalashadi. Bunday bemorlar
zimdan tekshirilganda aksariyat hollarda ularda aktiv opka
sili borligi aniqlanadi.
Sogalsimon teri sili. Òeri silining boshqa xillariga nis-
batan kam, koproq erkaklarda uchraydi. Malumotlarga
qaraganda bu dard bemorning kasb-koriga bir qadar bog-
liq bolib, kopincha patologoanatomlar, qassoblar, kush-
xona ishchilarida kuzatiladi. Sogalsimon teri sili opka,
ichak va boshqa azolar sili bilan ogrigan bemorlarda
autoinfeksiya yoli bilan yuzaga keladi.
Kasallikning asosiy belgisi domboqchalar bolib, ular
kopincha bemorning qol va bazan oyoq barmoqlari yon
qismida, topiq sohasida paydo boladi. Kattaligi noxatdek
yoki undan kattaroq, rangi qoramtir-qizil, yuzasi esa gadir-
budir boladi. Domboqchalar bir-biriga qoshilib, katta-
katta ochoqlar paydo qilishi va ular asta-sekin atrofdagi
limfatik tomir hamda tugunlarga tarqalishi mumkin. Bir
joyga toplanib qolgan domboqchalar bosib korilsa, ular
atrofidagi mikroabssesslardan yiring chiqadi. Bemor da-
volanmaydigan bolsa, zararlangan ochoqlar periferiyasi
boylab yangi tugunchalar va domboqchalar chiqib, ular
ham bir-biriga qoshilib ketadi.
Sogalsimon teri silida bemorning umumiy ahvoli de-
yarli ozgarmaydi. Kasallik odatda juda sekin kechadi,
124
tuzalganidan keyin ornida atrofiyali chandiq qoladi. Shuni
nazarda tutish lozimki, atrofiyali chandiq ornida qizil
yugurukdan farqli olaroq yangi elementlar paydo bol-
maydi. Sogalsimon teri sili kopincha opka sili bilan birga
kechishi mumkin, bunda bemorning ahvoli ogirlashadi.
Òuberkulin sinamasi musbat boladi.
Òeri va shilliq qavatlarning yarali sili aksariyat autoino-
kulatsiya yoli bilan yuqadi va ichki azolar sili bilan
ogrigan bemorlarda kuzatiladi. Bu teri shilliq qavatlari-
ning milliar yarali sili yoki ikkilamchi sil yarasi deb ham
yuritiladi.
Kasallik boshlanishida zararlangan teri sohasida
(opka silida ogiz va burun, buyrak silida jinsiy azolar
atrofida, ichak silida orqa chiqaruv teshigining tashqi
yuzasida) tognogich boshidek keladigan sargimtir-qizil
tugunchalar paydo boladi. Oradan oz vaqt otgach, tugun-
chalar madda boylab, tezda yoriladi va mayda yarachalar
yuzaga keladi. Òugunchalar bir-biriga qoshilishga moyil
boladi. Yarachalarning chetlari notekis, tubi esa sargim-
tir-pushti rangda granulatsiyalanib turadi. Zararlangan
ochoqlar tez-tez qonaydi va seroz-yiring bilan qoplanadi.
Vaqt otishi bilan yaralar tubi va yon-atrofidan sargimtir
kazeoz domboqchalar (Òrel donachalari) chiqa boshlaydi.
Keyinchalik yaralar ancha chuqurlashib, serpiginizatsiya
yuz beradi. Ogriq kuchayadi, zararlangan ochoqning
orniga qarab bemorning ovqatlanishi, siyishi yoki hojatga
chiqishi mushkullashadi.
Bemor organizmidagi immunologik qarshilikning kes-
kin kamayib ketishi oqibatida tuberkulin sinamasi odatda
manfiy boladi, ammo yaralardan olingan ajratmalarda sil
mikobakteriyasi kop topiladi.
Disseminatsiyalashgan teri sili Lixenoidli sil aksa-
riyat nimjon, muskul va suyaklari yetarli rivojlanmagan,
shuningdek, limfatik tugunlari hamda harakat azolarida
aktiv sil ochogi bolgan bolalar orasida uchraydi. Bazan
sil yugurugi tez davolanganda, mikobakteriyalarning aktiv
125
parchalanishi va disseminizatsiyasi oqibatida yuzaga ke-
lishi mumkin. Bunda, asosan, bemorning kokragi, yelkasi,
qorni va qovurgalari sohasiga papuloz, papulopustuloz,
maddalangan toshmalar chiqadi, ular mayda bolib bir-
biriga qoshilishi yoki qoshilmasligi ham mumkin; rangi
soglom teri rangida, bazan sargish-qizil boladi. Ayniqsa,
badanning yon qismi, yuz va dumbadagi follikular tu-
gunchalar simmetrik joylashadi, yuzasi mayda tangachalar
bilan qoplanadi. Juda qalin birikib ketgan follikular tosh-
malar seboreyali ekzemani eslatadi. Bemorlarda subyektiv
shikoyatlar bolmaydi, toshmalar bir zumda (spontan)
yoqolishi, ammo tez orada yana qayta toshishi ham mum-
kin. Opka sili davolangandan keyin, toshmalar tuzalib ketadi
va zararlangan ochoqlar ornida mayda pigmentli doglar,
bazan nuqtali chandiqlar qoladi.
Papulonekrotik teri sili aksariyat, qizlar va yosh ayol-
larda kuzatiladi. Kasallik ochogidan (opka, limfa tugun-
lari, suyak sili) sil mikobakteriyalarining limfa yoki qon
oqimi bilan tarqalishi oqibatida yuzaga keladi. Òoshma-
lar, asosan, tuguncha bolib, terining turli sohalariga,
kopincha bilak, boldir, son, dumba va bazan yuzga to-
shadi. Ularning kattaligi moshdek yoki noxatdek keladi,
dastlab qizgish, keyin esa kokimtir-qizil tusga kiradi.
Òoshmalar dam paydo bolib, dam yoqolib turadi. Malum
vaqt otishi bilan tugunchalar markazida sargish nev-
rotik ozgarishlar paydo boladi. Bemor tuzalganidan keyin
zararlangan ochoqlar ornidagi chandiq bir umr saq-
lanib qoladi.
Indurativ Bazen eritemasi yoki indurativ (qattiqlash-
gan) teri sili. Kasallik deyarli ikkilamchi tartibda yuzaga
keladi. Odatda opka yoki limfa tugunlari sili, skrofulo-
derma yoki papulonekrotik sil bilan ogrigan bemorlar,
xususan 1535 yoshli qiz-juvonlarda kuzatiladi.
Kasallikning vujudga kelishi kishining kasb-koriga
bogliq, jumladan, oyoq venalarining varikoz kengayishi,
akrosianoz, oyoq-qollarning uzoq vaqt sovqotishi, tik
126
turib ishlash va boshqa omillar kasallikning avj olishiga
imkon yaratadi. Kasallikning aksariyat qaytalanib turishi
yilning fasllariga bogliq bolib, u kuz va qishga togri
keladi.
Indurativ eritemaning klinik korinishi teri damidan
pastda qattiq va sekin kattalashib boradigan tugun hosil
bolishi bilan namoyon boladi. Òugunlar soni 14, bazan
810 ta bolib, kopincha simmetrik joylashadi, rangi
kokimtir-pushti, asosi esa teriosti yog qatlamida boladi.
Bemor kozdan kechirilganda boldir, son yoki dumba
sohasida qolga yaxshi unnaydigan, yongoqdek keladigan
tugunlar aniqlanadi. Kasallik boshlanishida bemorning
umumiy ahvoli uncha ozgarmaydi, faqat bogimlari
bezillab sal shishib turadi, harorati biroz kotariladi. Za-
rarlangan teri ochoqlari rangi avvaliga ozgarmay, ke-
yinchalik kokimtir-pushti yoki qongir-qizgish tusga
kiradi; shu joylarda yuqorida aytilgandek katta, yassi va
qattiq infiltratlar hamda tugunlar paydo boladi. Bunda teri
shilliq qavatining zararlanishi kamdan kam kuzatiladi.
Ò e r i s i l i n i n g d a v o s i v a p r o f i l a k t i k a s i .
Qollaniladigan davo tadbirlari avvalo etiologik va pa-
togenetik omillarga qaratilmogi lozim. Òeri sili ham silning
bir korinishi, shuningdek, u butun azo kasalligi ekan-
ligini hisobga olib, birinchi navbatda unga umumiy davo
chorasi qollaniladi. Òeri siliga chalingan bemorlarni da-
volashda maxsus dori-darmonlar bilan bir qatorda orga-
nizmning umumiy quvvati va immun qarshiligini oshira-
digan vositalardan foydalanish zarur. Silga qarshi antibio-
tiklardan foydalanish davolash samarasini oshirishda mu-
him omillardan hisoblanadi. Antibiotiklarni buyurishdan
avval mikobakteriyalarni ularga nisbatan bolgan sezuv-
chanligini aniqlash maqsadga muvofiq boladi. Òuberku-
lostatik preparatlarni, tasir etishiga qarab, quyidagi gu-
ruhlarga bolish tavsiya etiladi:
b i r i n c h i g u r u h g a juda samarali tasir qiladigan
preparatlar (izoniozid va rifamiðitsin) kiradi;
127
i k k i n c h i g u r u h g a ortacha samarali tasir
qiladigan (etambutol, streptomitsin, protionalid,
pirazinamid, kanamitsin, florimitsin) dorilar;
u c h i n c h i g u r u h g a PASK, Òibon(tioasetazon)
kiradi.
Asosiy davolash kursi tamom bolgandan keyin 2 oy
davomida har yili bahor va kuzda residivga qarshi davo
kurslari otkaziladi. Bunda chegaralangan shaklida 3 yil,
tarqalgan shaklida 5 yil davomida ushbu davo kursi otka-
ziladi. Bemor klinik tuzalgandan keyin (gistalogik tas-
diqlansa) ham besh yil davomida dispanser korigida boladi
va har yili 2 marta tekshirib turiladi. Sogalsimon teri silida
30 % li rezorsin pastasi ishlatiladi, kriodestruksiya, diater-
mokoagulatsiya, rentgen va radioterapiyalardan foydalaniladi.
Òeri silining paydo bolishida atrof-muhitning sanita-
riya ahvoli va ijtimoiy omillar katta ahamiyatga ega ekan-
ligini nazarda tutish lozim. Salbiy omillarni bartaraf etish
muhim ahamiyatga ega.
Undan tashqari bolalar uylari, maktablar, bogchalar
va jamoat joylarida kasallangan shaxslarni barvaqt aniq-
lash yuzasidan profilaktik chora-tadbirlar koriladi. Kasal-
likning oldini olish maqsadida bolalar va kattalarni vaqti-
vaqti bilan tibbiy korikdan otkazib turish zarur. Kasallik
borligi aniqlanganda bemorning oila azolari va u bilan
yaqin muloqotda bolgan kishilar maxsus tekshiruvdan
otkaziladi. Òeri siliga chalinganlarga muntazam davo cho-
ralari koriladi va davoning togri va oz vaqtida bekam-u
kost olib borilishi nazorat qilib turiladi. Zarur bolganda
bemor klinika, kasalxona yoki qulay iqlimiy sharoitlarga
ega bolgan sanatoriyalarda davolanadi.
Laboratoriya diagnostikasi. Kerakli asbob-anjomlar:
1. Skalpel.
2. Jenner ignasi.
3. Buyum uchun oynalar.
4. Mikroskop.
5. Immersion moyi.
128
6. 96° li etil spirti.
7. Pinset.
8. Sil-Nilsen usulida boyash uchun zarur eritmalar
(fuksin eritmasi, xlorid kislotaning 3 % li spirtdagi eritmasi,
metilen koki).
9. Filtr qogoz.
10. Òajriba uchun hayvonlar.
11. Oziq muhitlar.
12. Pirke va Mantu sinamalari uchun reaktivlar.
Sil volchankasida domboqchalar kollikvativ sil va teri
silida yaralangan tugunlardan olingan material mikros-
kopik tashxis qoyish uchun asos boladi. Biroq, bu ele-
mentlarga kopincha ikkilamchi piokkok infeksiyalar tu-
shib, ulardan yiringli suyuqliklar chiqib turishiga sabab
boladi. Shuning uchun avval yaralar steril doka-tampon
bilan yaxshilab artib tozalanadi va yaralardan Jenner ig-
nasida yoki skalpel bilan ajralma qirib olinadi. Olingan
materiallardan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tay-
yorlanib, ular havoda quritiladi, alangada fiksatsiya qili-
nadi. Shundan keyin Sil-Nilsen usulida boyaladi.
Sil mikobakteriyasi ingichka tayoqcha shaklida bolib,
uzunligi 24 mk, eni 0,30,5 mk, shakli kalta va uzun,
ingichka va yogon, qayrilgan va donador bolishi mum-
kin. Bazan maxsus ozuqa muhitlarida kattaligi 10 mk
gacha kattalashib boradi (polimorfdir). Kapsula va spora
hosil qilmaydi, harakat organli yoq, oddiy usulda aniq
boyalmaydi. Qobigi bilan sitoplazmasi bir talay lipidlar
tutadi, shuning uchun ham bu mikobakteriyalar faqat
murakkab boyash usulida va faqat kislotalar ishlatil-
gandagina boyaladi. Mikobakteriyalar spirt va ishqorlarga
juda chidamli, qurigan yiringda bir necha haftagacha,
qorongi xonadagi kiyim-boshda 1,52 oygacha tirik
saqlanadi. Òik tushgan yoruglik nuri bir necha soatda,
tarqoq nur esa, 38 kunda oldiradi.
Sil-Nilsen usulida boyalgan surtmalarda sil mikobak-
teriyalari kok fonda qizil bolib korinadi. Buning sababi
129
sil mikobakteriyasi oz tarkibida yog kislotalarini tutadi.
Preparat qizdirilganda bu kislotalar asosiy fuksin bilan ajral-
mas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga
boyaladi, ular atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroor-
ganizmlar esa, kok rangga boyaladi. Mikobakteriyalar
togri, egilgan, uzun va kalta bolishi mumkin. Ular alo-
hida-alohida va turli kattalikda guruh-guruh bolib yoki
toplamlar holida uchraydi. Bazan ular bir xilda boyal-
magan bir qator qizil donachalar shaklida korinadi. Ak-
sariyat hollarda sil mikobakteriyalari burchak shaklida
joylashadi. Son miqdori koruv maydonida har xil bo-
lishi mumkin. Mikobakteriyalar soni 1 ml hajmda olingan
preparatda 50000 dan kop bolsa, bakterioskopik usulda
tez aniqlanadi.
Surtmada mikobakteriyalardan, hatto bir nechta to-
pilishi ham tashxis uchun muhim ahamiyatga ega boladi.
Shunday ekan, imkoni boricha butun preparatni kozdan
kechirib chiqish zarur. Bazan shunday ham boladi: qayta-
qayta tekshirib korilgandagina sil mikobakteriyasi topiladi.
Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik mate-
rial avvaliga Ulengut va Sumiosh boyicha (1520 % HCl
yoki H
2
SO
4
eritmasi) ishlov beriladi. Songra material
sentrifugada aylantiriladi va fiziologik eritma bilan yuvi-
ladi. Keyin Lyovenshtayn-Yensen muhitiga ekiladi. Usul-
ning kamchiligi shundan iboratki, mikobakteriyalarning
osishi 212 haftadan song kuzatiladi.
Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz chochqalarida
biologik sinama otkazish hisoblanadi. Buning uchun be-
mordan olingan patologik materialdan 1 ml hajmda choch-
qalarning terisi ostiga yoki qorin boshligiga yuboriladi.
510 kundan keyin limfadenit, songra tarqalgan infek-
sion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar otadi. Serologik
usulda antigen va antitelolarni aniqlovchi KBR, aggluti-
natsiya, bilvosita reaksiyalari (Boyden reaksiyasi) quyiladi.
Kasallikni erta aniqlashda Pirke, Mantu kabi teri sina-
malarining ahamiyati katta.
130
Pirke reaksiyasi (teri ustiga tuberkulin surtiladi) yoki
Mantu reaksiyasi (teri ichiga tuberkulin yuboriladi), aso-
san, bolalar silini aniqlashda qollaniladi. Pirke reaksiyasida
bilak terisi bitta tilinib, shu joyga suyultirilmagan tuber-
kulindan bir tomchi surtiladi. Natija 48 soatdan song
hisobga olinadi. Diametri kamida 5 mm li infiltrat paydo
bolsa, reaksiya musbat, deb hisoblanadi.
Odatda, Mantu reaksiyasi aniq natija beradi. Bu re-
aksiya uchun tuberkulin 0,25 % li karbol kislota eritmasi
bilan 1:1000 va 1:100 nisbatda suyultirilib, teri ichiga
yuboriladi. 48 soatdan keyin infiltrat paydo bolsa, reaksiya
musbat deb hisoblanadi. 1:100 nisbatda suyultirilgan tu-
berkulin yuborilganda manfiy natija olinsa, bolada sil yoq,
deb hisoblash mumkin.
6.2. Virusli dermatozlar (VIRAL DERMATOSES)
Viruslar sabab boladigan dermatozlar teri kasalliklari
ichida salmoqli orin egallaydi. Ularga asosan oddiy uchuq,
orab oluvchi yoki belbogsimon uchuq, otkir uchli kandi-
loma, sogallar va kontagioz mollusk kiradi. Bu kasallik-
larning klinik korinishi har xil bolishiga qaramay yuqish
yollari bir-biriga juda yaqin, qozgatuvchilari esa viruslardir.
Jahon Sogliqni Saqlash Tashkilotining malumotiga
kora yuqumli mollusk va otkir uchli kandiloma jinsiy
yol bilan yuquvchi infeksiyalar qatoriga kiritilgan.
6.2.1. Oddiy uchuq (HERPES SIMPLEX)
Oddiy uchuq virusli teri kasalliklari ichida kop uch-
raydi. Mutaxassislarning malumotlariga qaraganda, katta
yoshdagi odamlar orasida oddiy uchuq qozgatuvchisini
tashuvchilar 90 % va undan ortiqni tashkil etadi. Bu esa
oddiy uchuq virusining ota yuquvchan hamda juda keng
tarqalganligini bildiradi.
Oddiy uchuq virusi boshqa viruslardan farq qilib, u
organizmda yillab saqlanishi, bazi noxush omillar (zo-
131
tiljam, har xil intoksikatsiya va boshqalar) tasirida faol-
lashib, kasallikni yana yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat
chochish, sovqotish, shamollash, giðovitaminoz, ruhiy
tasirotlar viruslarni qozgatib oddiy uchuqqa sabab bo-
ladi. Bemor bilan muloqotda bolganda ham bazan ka-
sallik yuqishi mumkin.
K l i n i k a s i. Badanning turli qismida teri qizarib,
guj-guj mayda pufakchalar hosil boladi. Kasallik alo-
mati koringunga qadar xuddi shu joylar sal-pal achishib,
qichishadi, biroz sanchib turadi. Oradan bir-ikki kun
otgach kattaligi tariq donidan tortib, to moshdek keladi-
gan guj-guj pufakchalar paydo boladi, ular asosan giðe-
remiyalanib turgan teri yuzasiga toshadi, ichida tiniq
suyuqlik boladi. Pufakchalar ichidagi suyuqlik bora-bora
loyqalanadi, tortishib ogriydi. Ular tezda yorilib, yupqa
sargimtir-qoraqotir bilan qoplanadi. U tushib ketgan
joyda yana yangi postchalar paydo boladi. Oddiy uchuq,
asosan lab burchaklarida, lunjda, burun qanotlarida, ogiz
boshligi shilliq qavatida, koz qovoqlarida va jinsiy
azolarda kuzatiladi.
Kasallik alomatlari 1014 kun ichida otib ketadi,
pufakchalar ornida vaqtincha jigarrang dog qoladi.
Bazan kasallik qaytalashi mumkin. Bunda bosh ogrib
harorat kotarilishi, darmonsizlik, ishtaha yoqolishi
kuzatiladi. Sovqotish, ota toliqish, ruhiy iztirob, jarohat-
lanish, yuqumli kasalliklar kasallik qozishiga sabab bo-
ladi. Bunda bemor holsizlanadi, uyqusi buziladi, yangi
paydo bolgan uchuqlar achishib ogriydi, regionar limfa
tugunlar shishadi.
D a v o s i. Òerida paydo bolgan pufakchalar,
eroziyalangan mayda yara-chaqalarga anilin boyoqlari
metilen koki, brilliant yashili, Kastellani boyogi surtiladi.
Qoraqotir bolgan joylar, yoriqlar, eroziyalarga sintomitsin
emulsiyasi, 13 % li oksolin, interferon, bonafton, gos-
siðol, florenal malhamlari surtiladi. Namlangan sohalarni
quritish va dezinfeksiyalash uchun 14 % li kumush nitrat,
132
12 % li pioktanin eritmalari qollaniladi. Ogiz boshligi
yalliglanganda borat kislota, vodorod peroksid, kaliy per-
manganat, etokridin laktat, bikarbonat natriy eritmalari
bilan tez-tez chayqab turish buyuriladi. Ikkilamchi infek-
siya qoshilganda antibiotiklar buyuriladi; maxsus davodan
tashqari simptomatik, immunostimular va umumiy davo
choralari koriladi. Ayniqsa, genital oddiy uchuqda, kasallik
tez-tez qozib turishini va yana qaytadan yuqishi mum-
kinligini nazarda tutib uni mukammal davolash talab etiladi.
Asiklovirni tabletka (0,2 g dan kuniga 5 mahal) yoki
malham holida qollash davolash samarasini oshiradi. Valtreks
500 mg dan kuniga 2 mahal, 5 kun davomida buyuriladi.
Òimalin 1030 mg dan, taktivin 80100 mg dan bir
davo kursiga 810 inyeksiya, splenin 1,0 ml dan, pro-
digiozon 0,5 ml dan muskullar orasiga yuborish, eleute-
rokokk, levomizol ichishga buyuriladi. Òanosil azolaridagi
uchuqqa qarshi immunoglobulin 3,0 ml dan 34 kun
oralatib 57 inyeksiya (passiv immunizatsiya) hamda har
7 kunda bir mahal, jami 5 inyeksiya oldirilgan gerpetik
vaksina qilinadi (E. S. Baluyans, E. H. Eshboyev).
6.2.2. Orab oluvchi yoki belbogsimon uchuq
(HERPES ZOSTER)
Kasallikni filtrlanuvchi neyrotrop virus (v a r i c e l l a
Z o s t e r ) qozgatadi. Virus ozining juda kop xusu-
siyatlari bilan suvchechak virusiga oxshab ketadi.
Kasallikning inkubatsion davri 78 kun, mustaqil yoki
biron-bir boshqa kasallik (osma kasalliklari, zotiljam,
plevrit, leykoz, limfogranulematoz va boshqalar) asorati
sifatida namoyon bolishi mumkin.
K l i n i k a s i. Badanning muayyan bir nervi yoki
nerv tarmoqlari boylab giðeremiyalangan sohaga pu-
fakchalar toshadi. Òoshmalar aksariyat tananing bir to-
moniga toshadi. Òoshmalar toshishdan oldin bemorning
kongli behuzur bolib, boshi ogriydi, biror nerv ozagi
133
boylab tutib-tutib turadigan ogriq hamda xuddi shu joy-
larning achishib turishi kuzatiladi. Pufakchalar posti qattiq
bolib, ichi tiniq suyuqlikka tolib turadi, bora-bora su-
yuqlik loyqalana boshlaydi. Pufakchalar bir-biriga qoshilib,
qator joylashadi, ular atrofi giðeremiyalanib, qizarib turadi.
Klinik belgilariga qarab orab oluvchi yoki belbogsi-
mon uchuqning bir necha xili farq qilinadi:
• yengil (abortiv);
• gemorragik bunda avvaliga pufakchalar ichi loyqalanib
qon-yiring boylaydi, pufakchalar qon bilan tolib qoladi;
• gangrenoz yara-chaqa, nekroz, gangrenoz holatlar
kuzatiladi;
• bullyoz bunda pufaklar va pufakchalar uchraydi;
• tarqalgan generalizatsiyalangan uchuq.
Pufakchalar koz, quloq, qovurgalararo nervlar,
shuningdek, boyin, bel nervlari va nerv tarmoqlari boylab
toshadi. Òoshmalar ogiz (IIIII shoxli nerv), lab va tanglay
shilliq qavatiga toshganda aksariyat yuz va boyin terisi ham
zararlanadi; koz sohasiga uchuq chiqishi juda xavfli.
Uchuq toshgan soha qattiq tortishib ogriydi, pufak-
chalar yorilib yara-chaqa, eroziyalar, qongir-sariq qora-
qotir postlar hosil boladi. 23 haftada kasallik alomat-
lari yoqolib, bemor tuzaladi, bazan pufakchalar davriy
ravishda yangidan toshib turishi mumkin. Jarohat tuzalib
ketgach, xuddi shu joylarda muskullar parezi va nevralgiya
seziladi. Pufakchalar ornida ikkilamchi giðerpigmentli
doglar, ogir formalarida esa chandiqli yoki atrofiyali oz-
garishlar qoladi. Sovqotish, griðp, sil, saramas, zaharla-
nish, aksariyat limfogranulematoz, xavfli osmalar, leykoz
orab oluvchi uchuqning avj olishiga sabab boladi. Bun-
day holat yilning bahor va kuz oylarida kop uchraydi.
Kasallik, asosan, katta yoshli kishilarda kuzatiladi; 10 yosh-
gacha bolgan bolalarda kamdan kam uchraydi.
Pufakchalar ornida ikkilamchi giðerpigmentli dog-
lar, ogir formalarida esa chandiqli yoki atrofiyali oz-
garishlar qoladi.
134
D a v o s i. Kasallik yengil kechganida oz-ozidan hech
qanday davosiz ham otib ketadi. Interferon, metisazon,
kutizon, interferonogen kabi dorilar bilan birga salitsilatlar,
analgetiklar qollaniladi. Bemorning yoshiga qarab prozerin
(0,0010,005 g) qollash yaxshi naf beradi. Gemorragik
va gangrenoz xillarida amidopirin, butadion, reopirin,
yalliglanishga qarshi nosteroid preparatlar (voltaren,
dikloberl), vitaminlar (B
1
, B
5
, B
6
, B
12
, C), autogemo-
terapiya, gammaglobulin, antibiotiklar (penitsillin,
levomitsetin, ampitsillin) buyuriladi. Sollyuks, ultratovush,
ultrabinafsha nurlar, boyin simpatik tugunlari sohasiga
diatermiya, Bernar diadinamik toki kabi fizioterapevtik
muolajalarni qollash maqsadga muvofiq. Kuchli ogriqni
bosish uchun novokainli elektroforez, sirkular blokada,
50 % li interferon malhami bilan fonoforez qilinadi. Òarqoq
xilida kortikosteroidlar prednizolon, deksametazon,
triamsinolon (1520 mg dan kuniga) qilinadi. Otkir
formalarida qozgatuvchi dori-darmonlar, malhamlar
hamda vanna buyurish yaramaydi. Yalliglanishga qarshi
va dezinfeksiyalovchi pasta, krem, 12 % li oksolin mazi,
5 % li «Florenal», 2025 % li interferon, «Dermazolon»
va spirtli anilin eritmalari ishlatiladi. Ayniqsa, virusga qarshi
mazlarni (gossiðol, tebrofen, bonafton) anilin boyoqlari
bilan almashtirib buyurish yaxshi naf beradi. Shuningdek,
asiklovirni tabletka yoki malham holida qollash yaxshi
natija beradi. Valtreks 500 mg dan kuniga 2 marta 5 kun
davomida ichiladi.
P r o f i l a k t i k a s i. Iloji boricha bemorlar bilan
yaqin muloqotda bolmaslik, intoksikatsiya va sovqotish-
dan saqlanish zarur.
6.2.3. Yuqumli mollusk
Yuqumli mollusk bolalarda uchraydigan yuqumli ka-
sallik. Kasallik qozgatuvchisi filtrlanuvchi virus bolib,
u malum viruslarning eng kattasi hisoblanadi. Kasallikka,
135
aksariyat bogcha, kichik maktab yoshidagi bolalar (3
7 yosh) chalinadilar. Ularga kasallik togridan togri virus
tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish-tovoq,
oyinchoq va boshqalardan foydalanganda yuqishi mum-
kin. Kasallik bolalar muassasasida birdan tarqalib ketishi
mumkin.
K l i n i k a s i. Yuz, ikki koz atrofi, boyin, kokrak,
qol panjasi, qorin sohasi, jinsiy azolarning koz ilga-
maydigan terisida, bazan badan terisining kattagina
qismida yasmiqdek keladigan mayda-mayda tugunchalar
paydo boladi. Bu tugunchalar soglom teri rangida,
ortasida kindikka oxshab bosilgan yassi shaklda berch
bolib, ogrimaydi. Ikki yon tomondan siqib korilsa,
mollusk tanachalari deb ataladigan muguzlangan epi-
teliy hujayralaridan iborat botqasimon massa chiqadi.
Bazilari teri sathidan sal osilibroq turadi, uni oyogida
otirgan molluska tugunchalari deyiladi. Bazan tugun-
chalar bir-biri bilan qoshilib, katta-kichik mollusklar
hosil qiladi.
Ò a s h x i s i . Òashxis tez va aniq qoyiladi, odatda uni
osmirlar sogaliga taqqoslanadi. Yuqumli mollusk tugun-
chalari anatomik pinsetda qattiq siqib korilganda, ichi-
dan suzmaga oxshash massa ajralib chiqadi; mikroskopda
korilganda, katta-katta oval protoplazmasida kiritmalari
bor hujayralar topiladi (molluskli tanachalar). Osmirlar
sogalining ortasida kiðrikka oxshash botiqlik bolmaydi;
yuqumli mollusk qol-oyoq kaftlari hamda tovonda uch-
ramaydi.
D a v o s i. Òugunchalar pinset bilan siqib tashlanadi
yoki otkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib
olinadi; orni 23 % li yod eritmasi bilan artiladi. 3 % li
oksolin, interferon malhamlari surtiladi. Bazan
diatermokoagulatsiya, krioterapiya qollaniladi.
Kasallikning oldini olish maqsadida uni vaqtida aniq-
lash va davolash muhim; bemor bolalar muassasidan aj-
ratib qoyiladi.
136
6.2.4. Otkir uchli kandiloma
Otkir uchli kandiloma teri va shilliq qavatlarning doi-
miy ishqalanadigan qismlarida paydo boladigan sogal-
simon osmalar.
Kasallik qozgatuvchisi Popova guruhiga mansub pa-
pullomatoz akantomatoz filtrlanuvchi virusidir. U ozi-
ning kop belgilari bilan oddiy va orab oluvchi uchuq
virusiga oxshab ketadi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya
qilmaslik, surunkali nospetsifik yalliglanish, trixomonoz,
kandidoz, xlamidioz, ureaplazmoz kabi kasalliklar otkir
uchli kandilomaning avj olishiga sabab boladi. Jinsiy mu-
loqot vaqida ham yuqib qolishi mumkin. Bu kasallik bilan,
aksariyat 2040 yoshdagilar va undan kattalar kasallana-
dilar, bolalarda juda kam kuzatiladi. Inkubatsion davri 7
8 haftadan 910 oygacha davom etadi.
K l i n i k a s i. Otkir uchli kandiloma kopincha
bemorning jinsiy azolari atrofida, olat kertmagida, anus
sohasida, qoltiqda, ayollarning jinsiy uyatli lablari va
qin qirrasida, kokrak bezi ostida uchraydi. Ayrim vaqtlari
siydik kanalining old sohasi shilliq qavatida ham kuza-
tiladi. Dastlab shu sohalarda uncha qattiq bolmagan mayda
pushti tugunchalar paydo boladi, ular qoshilib, gulka-
ramni yoki xoroz tojisini eslatuvchi yumshoq sorgich-
simon osma hosil qiladi.
Otkir uchli kandilomaning bazi elementlari ingichka
bitta asosga (oyoqqa) jamlangan bolib, yuzasi namlanib
turuvchi kepaklar bilan qoplanadi va undan qolansa hid
kelib turadi. Ishqalanish natijasida achishib, qichishib
turadi, yara-chaqalanib eroziyalanadi. Eroziyalanib yara-
chaqalangan osmalar biroz qonsirab turadi. Osmalarni
tirnab korilsa, quyuq massali ajralma chiqadi.
Ò a s h x i s i . Otkir uchli kandilomaga diagnoz qo-
yish uncha qiyin emas. Asosan, zaxmdagi serbar kandi-
lomalarga taqqoslanadi. Zaxmdagi kandilomalar tek-
shirilganda koplab oqish treponemalar topiladi hamda
137
serologik reaksiyalarning barchasi musbat boladi. Kam-
dan kam hollarda bir bemorning ozida ham serbar, ham
otkir uchli kandilomalar bolishi mumkin.
D a v o s i. Otkir uchli kandilomalar asosan kuydiri-
ladi. Diatermokoagulatsiya, krioterapiya, elektroinosiziya
qollaniladi. Kaliy permanganatning otkir eritmasi, uch
xlor sirka kislotasi, podofillinning 20 % li spirtdagi erit-
masi, ferezol kabi kuchli eritmalar bilan kuydiriladi. Re-
zorsinning talk bilan 1:1 aralashmasi, kolxamin malhami
buyuriladi. «Solkoderm» suyuqligi ochoqlarni destruksiya
va mumifikatsiya qiladi. Uni 24 seans, 45 kun oralatib
ishlatish buyuriladi. Otkir uchli kandilomalar kam bolsa,
otkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olib tashlanadi.
6.2.5. Sogallar
Sogallar terida paydo boladigan yuqumli xavfsiz os-
malar. Aksariyat bolalar va osmirlar orasida keng tarqalgan.
Popova turkumiga mansub filtrlanuvchi viruslar qozga-
tadi. Qozgatuvchisining xususiyatlariga qarab akantomatoz,
papillomatoz va kiritma (vakuola) hosil qiluvchi shtam-
malari bor. Sogallar kattaligi bir necha millimetrdan 1
2 sm cha keladigan epidermal osmalar. Kasallik yuqumli
bolib, soglom odamga bemordan togridan-togri mulo-
qotda bolganda yoki bemorning rozgor buyumlari orqali
yuqishi mumkin. Odam terisidagi yara-chaqalar, tirnalishlar,
ishqalanishlar, suv-liðid almashinuvining buzilishi sogal
toshishiga moyil qilib qoyadigan omillardandir. Barcha
yuqumli kasalliklarda kuzatilgandek sogalda ham inkubatsion
(bir necha haftadan 23 oygacha), prodromal, toshmalar
chiqishi, susayish va tuzalish kabi davrlari farqlanadi.
Sogallar joylashishi, qozgatuvchisi va korinishiga qa-
rab turlicha boladi: oddiy sogallar, osmirlar yassi so-
gallari, oyoq kafti sogallari, keksalar sogallari.
Oddiy sogallar yalliglanishga aloqasi yoq tuguncha-
lar korinishida bolib, kattaligi tariq, kopi bilan noxat
138
donidek keladi, zich, yarimsharsimon yoki yassi shaklli,
normal teri rangida yoki qoraroq boladi. Ularning yuzi
giðerkeratoz tufayli notekis. Koproq qol panjasining orqa
yuzasi, kaft, yuz va badanning boshqa joylarida uchraydi.
Ular odatda ogrimaydi, lekin tirnoq bolishlaridagisi ish-
qalanish tufayli ogrib turishi mumkin.
D a v o s i. Psixoterapiya, giðnoz yaxshi naf beradi.
Elektrokoagulatsiya, diatermokoagulatsiya, krioterapiya,
suyuq azot, uch-xlorsirka kislotasi bilan kuydirish bu-
yuriladi, 2 % li oksolin, 13 % li «Florenal», gossiðol
bilan Fovler eritmasi (40 % li fenol, 60 % li trikreozol) va
interferon, kolxitsin moddalari bor malhamlar ishlatiladi.
Osmirlar yassi sogallari teri damidan kotarilib
turadigan, och pushti yoki sargish rangdagi, mayda epi-
dermal osmalardir. Ularning yuzi odatda silliq boladi. Yozda
(lunj, peshana, engakda) boyin, qol panjasining orqa
yuzasida uchraydi. Bazan sogallar qator bolib joylashadi.
Osmirlarning yassi sogaliga tashxis qoyish qiyin emas.
Oyoq kafti sogallari oyoq kafti terisining eng kop
bosilib turadigan joylarida paydo boladi, yurgan vaqtda
bezillab turadi va rangi sargimtir-jigarrang tusda, yumaloq
yoki ovalsimon shaklda, kattaligi tangadek keladigan teri
qalinlashmasidan iborat bolib, qadoqqa oxshaydi. Bu
sogallar sorgichli osimtalari (akantoz, papillomatoz,
giðerkeratoz) borligi bilan qadoqdan farq qiladi. Poyabzalni
notogri kiyish, tovonning chaqalanishi va giðergidroz oyoq
kafti sogallari paydo bolishiga sabab boladi.
Keksalar sogallari. Yoshi 40 dan oshgan odamlarda
tana, boyin va yuzda kulrang, jigarrang yoki qora, usti yog
bilan qoplangan doglar korinishida sogallar vujudga keladi.
D a v o s i. Suyuq azot eritmasi (krioterapiya), kolxamin
malhami, podofillinning 1020 % li eritmasi qollaniladi.
Ikki hafta davomida 50 P dan rentgen nurlari berish,
elektroakustika qilish, muz sirka kislotasi, Fovler eritmasi
surtish, agar shundan keyin ham barataraf etib bolmasa,
jarrohlik yoli bilan olib tashlash tavsiya etiladi.
139
1. Patogen mikobakteriyalar qanday teri kasalliklarini keltirib chiqaradi?
2. Òeri silining yuqish yollari qanday?
3. Òeri silining qanday klinik xillari bor?
4. Kasallikning sogalsimon xili qanday boladi?
5. Laboratoriya sharoitida mikobakteriyalar qanday aniqlanadi?
6. Patogen mikobakteriyalar qozgatgan teri kasalliklari davosi va
profilaktikasida nimalarga etibor berish kerak?
7. Virusli dermatozlarning klinik xillari haqida malumot bering,
yuqish yollarini tariflang.
1. Teri silini aniqlashda nima asos boladi?
A. Dermatologik status;
B. Tugunlardan olingan materiallar;
C. Bemorning subyektiv shikoyatlari;
D. Obyektiv tekshirish natijalari.
2. Virusli dermatozlar qaysi kasallikka kiradi?
A. Yuqumli mollusk;
B. Otkir uchli kandiloma;
C. Orab oluvchi temiratki;
D. Hamma javob togri.
3. Katta yoshdagi odamlar ichida oddiy uchuq necha foizni tashkil
qiladi?
A. 50 %;
C. 80 %;
B. 70 %;
D. 90 %.
4. Belbogsimon uchuqning necha xili farq qilinadi?
A. 5 xili;
C. 7 xili;
B. 6 xili;
D. 4 xili.
!
TESTLAR
?
NAZORAT SAVOLLARI
140
7-bob. ÒERINING ZAMBURUGLI KASALLIKLARI
7.1. Òeri zamburugli kasalliklarining kelib
chiqish sabablari
Terida kasallik keltirib chiqaradigan zamburuglar
togrisida ilk malumotlar Y.L. Shyonlyayn nomi bilan
chambarchas bogliq. U birinchi bolib zamburuglar ay-
rim teri kasalliklariga sababchi (favus, kal) bolishini is-
botlab berdi. Keyinchalik olimlar qushlar, hayvonlar va
odam organizmidagi patologik materiallardan zambu-
ruglarni topa boshlashdi.
1884-yildan odam va hayvonlarda zamburuglar qoz-
gatadigan barcha kasalliklar «mikozlar», deb atala bosh-
landi. Òerining zamburugli kasalliklarini organuvchi fan
esa, «mikologiya» (m i k o s zamburug) deyiladi.
Zamburuglarning morfobiologik xossalari. Songgi yil-
larda mikologiya fanining rivojlanishi va zamburuglar si-
tologiyasi, kimyoviy tarkibi, irsiyati va boshqa xususiyatlari
togrisida yangi malumotlar yigilishi natijasida ularning
tirik organizmlar olamidagi sistematik orni ham ozgarib
borgan holda mumkin qadar chuqurroq aniqlanyapti. Ho-
zirgi vaqtda zamburuglar eukariotlar katta olamiga kiradi.
Patogen zamburuglarning kopchiligida giflar septali
bolib, vegetativ hamda konidiyalar (ekzosporalar) yorda-
mida jinssiz yol bilan kopayadi. Shulardan ayrimlari sap-
rofitlar, bazilari osimliklarda, hayvonlarda va odamlarda
kasallik keltirib chiqaradi, yani patogendirlar. Hozirgi vaqtda
zamburuglarning 100 dan ortiq patogen turlari malum
bolib, ular odam va hayvonlarda kasal qozgatadi.
Zamburuglar yosh kulturasining hujayrasi dumaloq,
tuxumsimon, yetilgan hujayralar esa, noksimon, dugsimon
141
va amyobaga oxshash bolishi mumkin. Kopchiligi esa
silindrik hujayralarning birlashishidan mitseliy hosil qi-
ladi. Zamburuglar tuzilishi boyicha suv otlariga oxshash
bolib, ajralib turadilar. Ular bir yoki bir necha yadro,
hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat. Yosh kul-
turalarning sitoplazmasi gomogen bolib, yetilganlari do-
nachalardan tashkil topgan. Sitoplazmasida mitoxondriya,
Goldji apparati, vakuola turli kiritmalar (glikogen, valu-
tin, lipid, organik tuzlarning kristallari, pigmentlar) bor.
Zamburuglar hujayrasining struktural komponentini
mitseliylar tashkil etadi. Ular shoxlangan, rangsiz, yo-
gonligi 110 mkm, uzunligi 470 mkm, iplardan (gif-
lardan) iborat.
Zamburuglarning ayrim turlaridagi mitseliylar bogin-
siz hujayralardan ( M u c o r ), ayrim oliy zamburuglar
mitseliylari kop hujayrali, achitqisimon zamburuglarda
esa ( C a n d i d a ), soxta miseliylar boladi. Ayrim zam-
buruglarda konidorflar murakkab bolib, oziga xos mik-
roskopik tuzilishga ega. Masalan, A s p e r q i l l u s koni-
dorflari gifning uchida joylashgan bolib, pufakchaga
oxshaydi va ularda shishaga oxshash osimtalar
terigmalar osib chiqadi. Bulardan esa, konidiyalar, paydo
boladi. P e n i t s i l l u m F u s a r u m , M i c r o s p o r u m
zamburuglarining uchlarida pufakchalar hosil bolmaydi.
Zamburuglarda jinsiy yol bilan kopayish usuli har
xil. Sodda zamburuglardagi jinsiy yol bilan hosil boladi-
gan sporalar osporalar va zigosporalar, yuqori murak-
kab zamburuglardagilarni esa, askospora va bazidospo-
ralar deyiladi. Hozirgi vaqtda zamburuglarning vegetativ
va jinssiz yol bilan kopayishi anamorf hamda jinsiy yol
bilan kopayishini telemorf deyiladi.
Zamburuglar, asosan, spora hosil qilib, bolinib,
kurtaklanib va osib kopayadi. Qulay sharoitda sporalar
osib naychalar hosil qiladi, bular oz navbatida uzayib
iplarga (giflarga) aylanadi. Zamburuglarining sporasi yoki
mitseliyning bir qismi qulay sharoitda toqimaga tushib,
142
uning ichiga kirib kopayadi. Kasallikning yashirin davri
bir necha kundan bir necha oygacha bolishi mumkin.
Asosan, teri, soch tolalari, tirnoq shikastlanadi (derma-
tofitlar), opka jarohatlanganda kandidoz, blastomikoz,
mogorli mikozlar, shilliq qavat shikastlanganda kandidoz
rinosporidoz, limfoid, makrofagal sistema va ichki azolar
jarohatlanganda gistoplazmoz, limfa bezlarida va terida
sporatrixoz kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ayrim mi-
kozlarda badan va ichki azolar shikastlanib, butun or-
ganizmga tarqaladi.
Zamburug kasalliklarining paydo bolishida unga
moyillik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun
dermofitiya bilan, asosan, maktabgacha va maktab yoshi-
dagi bolalar, chaqaloqlar hamda uch yoshgacha bolgan
bolalar kopincha kandidoz bilan ogriydilar. Zamburug
kasalliklarining paydo bolishiga gipo- va avitaminoz,
disbakterioz, kop terlashlik, xavfli osma, qon kasallik-
lari, OIÒS, turli yaralar va surunkali kasalliklar, antibio-
tiklardan notogri foydalanish, xromikoz, sportotrixoz va
boshqa omillar ham sababchi boladi. Patogen zambu-
ruglar keltirib chiqargan kasalliklar (mikozlar) joylash-
ishi, patogenezi va klinik belgilariga kora tort guruhga
bolinadi:
• b i r i n c h i g u r u h g a yuzaki mikozlar yoki
keratomikozlar rang-barang temiratki, eritrazma va oq
pyedra kiradi. Bu kasalliklarda soch va epidermisning
muguz qatlami jarohatlanadi, xolos;
• i k k i n c h i g u r u h g a dermatomikozlar kiradi,
bularda teri, sochlar, tirnoqlar shikastlanadi. Bularga
oyoq-panja va chov epidermofitiyasi, rubromikoz, tri-
xofitiya, mikroskopiya, favus va boshqalar kiradi;
• u c h i n c h i g u r u h g a teri va shilliq qavati
kandidozlari kiradi;
• t o r t i n c h i g u r u h g a chuqur mikozlar
(antinomikoz, xromomikoz) kiradi. Bularda ichki azo va
turli toqimalar shikaslanadi.
|