145
7.3. Dermatomikozlar (DERMATOMYCOSES)
Dermatomikozlar epidermis, derma va teri hosilalari
(soch, tirnoq)ning zararlanishi bilan kechadi.
Chov epidermofitiyasi. Kasallikni E p i d e r m o p h i t o n
i n g i u n a l e ( f l a c c o s u m ) zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Bu
kasallikka ko‘proq erkaklar chalinadilar.
K l i n i k a s i . Sonning ichki yuzasida kattaligi tangadek
keladigan pushti, qizil rangli dog‘lar paydo bo‘ladi.
Dog‘larning cheti teri sathidan bolishga o‘xshab ko‘tarilib
turadi, ularning yuzasida mayda pufakchalar, pustulalar
bo‘lib, markazida esa kepaksimon tangachalar ko‘rinadi
(окаймленная экзема). Dog‘lar yirik o‘choqlar hosil qilib,
bir-biri bilan qo‘shilib ketishga moyil bo‘ladi. Ular perife-
riya tomon o‘sa borib, o‘rtasi oqara boshlaydi va halqasi-
mon yoki marjon shaklini hosil qiladi. Bemorni badan
qichishishi va ba’zan og‘riq bezovta qiladi.
Bu kasallik odatda kasalxona va ro‘zg‘or buyumlari
(ichki kiyim, mochalka, kleyonka, termometr, tagtuvak)
dan foydalanganda (agar ular to‘la dezinfeksiya qilinmagan
bo‘lsa) yuqadi.
D a v o s i. Kasallik
o‘choqlariga 1—2 % li
yod
nastoykasi, 3—5 % li
oltingugurt, qoramoy malhami,
kandiderm, kandid-B, kremlarini surtish tavsiya etiladi.
Jarayon o‘tkir kechganda (yallig‘lanish kuchli bo‘lsa)
0,25 % li
kumush nitrat, 1—2 % li
rezorsin, 2 % li
borat
kislota eritmasi va boshqalardan sovuq primochkalar
qo‘yish bilan bir qatorda umumiy davo qilinadi, ya’ni
10 % li kalsiy xlorid eritmasi, suprastin yoki boshqa
antigistamin preparatlar terapevtik dozalarda tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: