149
Rubromikoz yoki
rubrofitiyaga (T r i c h o p h y t o n
r u b r u m ) zamburug‘i sabab bo‘ladi.
K l i n i k a s i. Asosan, qo‘l-oyoq kaftlari, oyoq
barmoqlari orasidagi hamda chov va qo‘ltiq ostidagi bur-
malar zararlanadi. Yirik burmalar terisi, ayniqsa, ko‘p
kasallanadi. Qo‘l-oyoq kaft terisi qurib, dag‘allashadi, egat-
chalar bor joylar qiрiqsimon tangachalar bilan qoplanadi.
Natijada qo‘l va oyoq kaftlari xuddi un sepib qo‘ygandek
kepaklanib turadi. Jarayon epidermofitiyadan farq qilib,
oyoq panjasi va barmoqlarning ustki hamda yon yuzalariga
ham o‘tadi. Oyoq panjasining kasallanishi ko‘pincha qi-
chishish bilan kechadi. Oyoq barmoqlari orasidagi burmalar
quruqshab kepaklanadi. Rubromikozda oyoqning deyarli
hamma barmoqlari orasidagi burmalar, shuningdek, tirnoq-
lar zararlanadi. Qo‘l-oyoq tirnoqlari sarg‘ayib, xiralashadi
hamda qalin tortib uvalanib turadi va ko‘pincha tirnoq
uchidan ko‘chadi. Ko‘chgan tirnoq kir kulrang tusga kiradi.
Silliq terida kasallik o‘choqlarining cheti ko‘tarilib
turadigan, unsimon tangachalar bilan qoplanadi. Ba’zan,
shaklan festonlarga o‘xshaydigan, po‘stchalar bilan qop-
langan qizil dog‘lar, halqalar ko‘rinishida bo‘ladi. Dog‘lar
ustida mayda, qizil rangdagi tugunchalar bo‘lib, ular-
ning yuzasi qoraqo‘tir bilan qoplanadi. Kasallik surunkali
kechadi, vaqti-vaqti bilan, ayniqsa, issiq kunlarda qay-
talanib turadi.
D a v o s i. Qo‘l-oyoq kaftlari terisi keratolitik va
fungitsid moylar bilan ko‘chiriladi. Buning uchun 2 % li
Dostları ilə paylaş: