statsionardan chiqishiga qaratilgan qo‘llanma. Bu kundalik hayotiga qaytishiga yo‘naltirilgan boshqaruv bo‘lib, jarrohlikdan, so‘nggi stressdan qaytish hamda bachadon yoki tuxumdonning olib tashlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy va jismoniy zo‘riqishni kamaytirishdan iborat. Operatsiyadan keyin paydo bo‘lgan buzilishlarni aniqlab, bemorning aniqlab, bemorning ijtimoiy hayotiga bog‘liq bo‘lgan axborotni yig‘ish: yoshi, fe’l-atvori, oilaviy sharoiti, ijtimoiy sharoiti bundan tashqari shaxsiy muammolarini aniqlab, unga mustaqil hayot kechirishi uchun yordam berish kerak. Stasionardan chiqqandan so‘ng va ishga qaytganidan so‘ng juda ehtiyot bo‘lishi kerak (og‘ir yuklarni ko‘tarmaslik, toksik moddalar ishlatiladigan va qaltis harakatlar bajaradigan ishlardan saqlanishlari kerak) ayniqsa, operatsiyadan keyingi 3 oy davomida. Operatsiyadan keyingi muammolarni aniqlash uchun bemorni ko‘rikdan o‘tkazib turish kerak. Ko‘rikka keladigan kunlarini aniqlash zarur bu jarayon operatsiyadan keyingi 1 oy davomida o‘tkaziladi. Bemorga ko‘rikka kelguniga qadar qorin pastida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, jinsiy a’zolardan qon kelishi, jarohat yuzasidagi o‘zgarishlar (shish, qizarish, yiringlash), siydik ajratish, buzilishi kabi shikoyatlar bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat etish kerakligi tushuntiriladi. Bemor va uning oilasiga, ayniqsa eriga ayoldagi jismoniy o‘zgarishlar haqida va operatsiyadan keyingi reabilitasiya bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi kerak, chunki oila a’zolari va ayniqsa eri uni tushunishi uchun bemorni shaxsiyatini saqlagan holda undan avval oila a’zolari va eriga bu haqida gapirish mumkinligini aniqlagandan keyin ko‘rsatmalar berish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ya.N. Allayorov. Reproduktiv salomatlik va kontratseptiv texnologiya.– T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2005.