endometrioz.Endometrioz deb, bachadon shilliq qavati (endo-
metriy), hujayrasining bachadondan tashqarida joylashib, taraqqiy qilishiga ayti ladi. Endometrioz joylashgan o‘choqda proliferasiya, sekretsiya yoki hayz ko‘rganda ajraladigan qonga o‘xshash qon quyilishi, belgilari, ya’ni bachadon shilliq qavatidagi tuxumdondan ajralib chiqadigan steroid va gonadotrop gormonlar ta’sirida bo‘ladigan siklik o‘zgarishlarga o‘xshash alomatlar kuzatiladi. Endometriozlar o‘z atrofida joylashgan to‘qimalarga o‘sib kirish xususiyatiga ega. Bu bilan to‘qimalarga proteolitik ta’sir qilib ularni parchalab, undan ham chuqurroqdagi qismlarni zararlantirishi mumkin. Endometrioz chegarasi notekis bo‘lib, u seroz, mushak va shilliq qavatlarga, teriga, suyak usti pardasiga, hatto suyak to‘qimasiga ham o‘sib kiradi. Endometrioz pufakchasi yorilganda a’zoning hamma qismlariga qon, limfa yo‘llari orqali tarqalishi kuzatiladi. Ginekologik kasalliklar orasida endometrioz 8–30% hollarda uchraydi.
Klinikasi endometriozning qaysi sohada joylashganligiga bog‘liq. Endometriozning asosiy va doimiy belgilaridan biri – og‘riqdir. Bemor qorinning pastki sohasida va belida kuchsiz, uzoq davom etadigan og‘riqdan, hayz sikli davrida og‘riqlar kuchayganligidan shikoyat qiladi. Og‘riq hayz kunlaridan oldin paydo bo‘lib, kuchayib hayz kunlari va undan keyin ham bemorni bezovta qiladi. Bu og‘riqlar endometrioz o‘chog‘idagi bez to‘qimalarning bo‘rtishi, to‘qimalarning ichi berk bo‘shliqlarida suyuqlikning to‘planishi natijasida kelib chiqadi. Bachadon endometriozi hayz siklining buzilishiga, qo‘shni a’zolardan – to‘g‘ri ichak, siydik chiqarish yo‘llari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shunga ko‘ra ayol siyish vaqtida og‘riqlar bo‘lishidan, tez-tez siyishidan shikoyat qiladi. Endometrioz bilan kasallangan a’zo hayz ko‘rish oldidan kattalashganini va hayzdan so‘ng esa yana dastlabki hajmda bo‘lishi kuzatiladi. Bemorda ovulyatsiya jarayoni bo‘lmasligi tufayli sekretor fazaning yetarlicha rivojlanmaganligi, kichik chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarda ko‘pincha yallig‘lanish alomatlari bilan birgalikda kechganligi sababli chandiqlar paydo bo‘ladi, bepushtlikka sabab bo‘ladi.
Davosi.Bemorning yoshi, lokalizasiyasi, tarqalish darajasi, atrof to‘qimaning yallig‘lanish alomatlari bor-yo‘qligiga qarab konservativ yoki operativ davolanadi.