Eski o‘zbek adabiy tili terminlari tizimining Alisher Navoiy asarlarida aks etishi.
Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sir, ya’ni ekstralingvistik omillaming roli salmoqli bo‘lgan. 0 ‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoir-u yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘yi rost qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalami ifodalovchi terminlar yaratilish bilan baqamti kechdi. Bunda, birinchi galda, eski o‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar tenninlar safini kengaytirdi, o‘zbek tilda so‘z yasashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta miqdorda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, m o‘g‘ul tillaridan o‘zlashgan terminlar soni shiddat bilan oshib bordi. Chet tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Xususan, harbiy qurol-yarog‘, texnika bilan bog‘liq top “zambarak”, qazan “og‘ir to‘p”, tufar] “miltiq” kabi asl o ‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra'd “ yonib turgan neftni dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, arrada “paloqmon”, manjaniq “katapulta”, forscha-tojikcha zarbzan “zambarak turi”, farangiy “Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”, zanburak“zambarak” kabi istilohlar jamiyat a’zolarining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi. Ijtimoiy-siyosiy tenninologiyada ham muayan o‘zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, davlat boshqaruvida yangidan-yangi rutba, lavozim va mansablaming joriy qilinishi natijasida va.suvulbasi, tabibbasi, qosbegi, naqib, inaq, biy, divanbegi, toqsaba, parvanaci, muhassil, mirab singari istilohlar keng qo‘llanishga kirib keldi.
“Boburnoma”ning eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasidagi o‘rni.
Z.M.Boburning ,,Boburnoma’’ asari turkiy tillarning ifoda imkoniyatlar aks etgan qomusiy manba hisoblanadi. Asardagi leksemalar tahlili, so’z etimologiyasi, semantic tarkibi, tarixiy ko’rinishlarini aniqlashda o’ziga xos qiymat kasb etadi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanadigan bir qator so’zlarning ma’nolari eski o’zbek tili davridagi ma’nolardan farq qiladi. Masalan:Qo’por- ,,turg’iz’’, ,,tikla’’, ,,olib tashla’’, ,,qo’zg’amoq’. Mazkur so’zning asosi bo’lgan qo’p qadimgi turkiy tilda ,,ko’tarilmoq’’ ,,uchhmoq’’ ma’nolarida qo’llangan. Majhul nisbat shakli qo’porilmoq- ,,tiklanmoq’’ tushunchalarini bildirib kelgan. Asarda qo’llangan qishloq termin hozirdagidan farqli o’laroq asl lug’aviy ma’nosida kelgan. ,, qishlaydigan uy, makon’’tushunchasini anglatgan.masalan Bir qo’rg’onda qishloq solmoq kerak. Ba’zi so’zlar ma’nosidagi o’zgarishlar ekstralingvistik faktorlar ta’sirida ham yuz berganini kuzatish mumkin. masalan ,,bormoq’’ma’nosida sezilarli o’zgarish yuz bergan. Asarda bor-,,jang qilmoq’’ tushunchasini idodalagan:malik qosim yaxshi bordi. Hozirda ,,so’zlovchi va kuzatuvchining turgan joyidan,yonidan,nazaridan uzoqlashmoqʼʼ tushunchasini anglatadi. Ushbu soʻzning hozirda qoʻllanadigan toʻqqiz xil maʼnosi orasida ,,jang qilmoqʼʼ maʼnosi kuzatilyapti. Chopqula- ,,qilichbozlik qilmoqʼʼ , ,,yakka tartibda urushmoqʼʼ maʼnolarida kelgan. Chopqula ish harakatning takroriyligini ham bildiradi. Tilchi- ,,josusʼʼ, ,,qygʻoqchiʼʼ yaʼni muhim maʼlumot beruvchi shaxs. Baʼzan ,,asirʼʼ maʼnosida ishlatiladi. ,, Boburnoma ʼʼtilidagi bir qator soʻzlar arxaizmga uchragan ilik arxaik soʻz boʻlib ,,qoʻlʼʼ maʼnosini bildirgan. , Boburnoma ʼʼ da baʼzi taom nomlari ham keltirilgan. Maunot- tiriklik uchun kerakli narsalar, oziq ovqat. Mohazari- kerak vaxtida takallafsiz paydo boʻladigan ozgina ovqat mazkur soʻz otlashish natijasida sifatlovchidan sifatlanmishga aylangan va narsa nomi tarzida shaklangan. Yumdon oshi- yumshoq qilib pishirilgan, dori oʻrnida isteʼmol qilinadigan bir xil osh. Shilon / shulon- umumiy ovqat, podshoh ziyofati, hukmdorlar oʻrtasida va xonaqohda koʻpchilikka beriladigan osh, umumiy ziyofat. ,,Sanglohʼʼ da shilan shaklida keltirilib sulton va amirlar yeydigan ovqat maʼnosida izohlangan. ,, Boburnoma ʼʼ dagi ayrim taom nomlari xalq turmush tarzi, dunyoqarashi borasida yaqqol tasavvur uygʻotadi. Bobur Qobul voqealarini tasvirlar ekan shunday yozadi: oʻsha yerda yilqiron oshink tortturuldi. Ushbu jumladagi yilqiron oshi- ,,vabo, oʻlat yillarida qilinadigan xudoyi oshʼʼ maʼnosini ifodalaydi, eski oʻzbek adabiy tilidagi ,,qirʼʼ feʼlining ,,yoppasiga oʻldirmoqʼʼ maʼnosidan - a(n) qoʻshimchasi orqali yasalgan. Yilqiron oshi dastavval, vabo, oʻlat yillarida qilingan va xalqning shu balolardan xalos boʻlish umidini ifoda etgan. Soʻzning funksional semantik tarkibida oʻzgarish roʻy bergan. Soʻz tarkibidagi qiron ,,maʼlum bir muddatʼʼ tushunchasi bilan bolliqligi bois vaqt zamon maʼnosini ifodalagan. Yilqiron soʻzi maʼnosida ,,oshning nima uchun tortilayotganiʼʼ dastlabki eʼtiborda turadi. Xudoyi soʻzida taomning xudo yoʻliga bagʻishlanganlik maʼnosi ustun. Xudoyo vaqt tushunchasi bilan bogʻliq emas. Asar leksikasida XV-XVI asrda muayyan kasb hunar va shu soha bilan shugʻullanuvchi shaxs haqida atroflicha maʼlumotlar uchraydi. Jumladan, dehqonchlik bilan bogʻliq boʻlgan professionalizmlar oʻrtasida ,, marosim uyushtiruvchi shaxsʼʼ maʼnosini ofodalovchi soʻzlardan biri boʻlgan ,,yadachiʼʼ termini shu faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxs tushunchasidan koʻra koʻproq shu faoliyat bilan bogʻliq marosimni amalga oshiruvchi shaxs tushunchasini anglatgan. Yadachilik soʻzining asosi boʻlgan jam Koshgʻariy luʼatida: ,,yomgʻir, shamolni talab qilish uchun maxsus toshlar bilan fol ochish tarzida izohlangan. Qadimgi turkiy luʼatda ham shu maʼnoda keltirilgan. Shu jarayonni amalga oshiruvchi shaxs jadchi deb yuritiladi. Qadimgi turkiy tilda ,,yada toshi bilan fol ochmoqʼʼ tushunchasi yatla soʻzi bilan ifodalangan. Til - murakkab ijtimoiy hodisa. Til taraqqiyoti davomida muayyan ichki qonuniyatlar va tashqi omillar taʼsir koʻrsatadi. Tarixiy leksikologiyaning taraqqiyoti bosqichlarini kuzatishda, sodir boʻlgan lingvistik hodisalarni talqin qilishda, soʻz etimologiyasini yoritishda tarixiy yozma manbalar muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan ,, Boburnomaʼʼning oʻrbi beqiyos.
Dostları ilə paylaş: |