22. “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida terminlarning aks etishi.
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ullug‘atayn” asarida – čï//-ci affiksining vazifasiga alohida diqqat qaratgan holda, uning qurčï, xizάnačï, yarağčï, čavgάnčï, nayzačï, šukurčï, yurtčï, šilančï, axtačï, qusčï, barsčï, qoruqčï, tamğačï, jibäči, yorğačï, hάlvačï,
kemäci, qoyčï singari turfa mansab va rutbalarni ifodalashdagi faolligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha, qazčï, quvčï, turnačï, kiyikči, tavušqančï kabi qush ovi bilan bog‘liq ko‘pgina terminlar ham ushbu affiksi ko‘magida yasalgan O‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamdaso‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi. Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlarning hosil qilinishi singari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi. O‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida, XIII-XIV asrlarda turkiy til grammatikasiga doir arab tilida yaratilgan risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek (turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan edi.
23. Ogahiy tarixiy asarlarida qo‘llangan terminlar tizimi.
Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sirning, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining asoschi Аlisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan.
Ogahiy asarlari lug‘ati
Hargiz- hech qachon, aslo
Tiyrboron- o‘q yomg‘iri
Havodis- hodisalar voqealar
Mehnat- 1)musibat, balo; 2) g‘am, dard; 3)mashaqqat
No‘sh etmoq( qilmoq, aylamak)- ichmoq
Hamsafol- hamtovoq, sherik
Tavakkul- tavakkal, tariqat maqomi
Jo‘- ochlik
Foqa- kambag‘allik,muhtojlik, bachoralik
Musohib- suhbatdosh
Haqiqat ahli- oriflar, avliyolar
Tabaqay- qachongacha
Majoz ahli- oddiy odamlar, avom
Masih- Iso payg‘ambar
Anfos- nafaslar, damlar
Jonfizo- jonga rohat beruvchi
Hokiy-tuproqdan yaratilgan
Bod-yel, shamol
Noshod-hafa,g‘amgin, qayg‘uli
Sarsar-kuchli va sovuq shamol, daxshatli bo‘ron, dovul
Hamog‘ush (hamkanor)-quchoqlashgan, bag‘riga olgan
Ma'iyat-sharq, kun chiqish
O‘tog‘a-boshga taqiladigan jig‘a
Mushtariy-Yupiter sayyorasi
Sipandoso-isiriq kabi
Log‘ar-oriq
Ganjinador-hazinachi, hazinabon
Kanor-bu yerda:quchoq, og‘ush
Inak-bu yerda:endiTalx-achchiq
Tab-issiqlik,harorat
Zilli Subhon-Allohning soyasi.Subhon-Alloh taoloning ismlaridan biri
So‘nmoq-cho‘zmoq,uzatmoq
Tajarrud-yolgizlik,dunyoviy narsalardan voz kechish,tarki dunyo qilish
Dast-ko‘l
Noguvoro-yoqimsiz taom
Navkisa-molu davlatga endi yetgan kishi
Nun-arab alifbolaridagi "n" harfi
Sod-arab alifbolaridagi "s" harfi bu ikki harf birikishidan nas-hukm so‘zi hosil bo‘ladi
Bistun-Hamadon shahri g‘arbidagi tog‘.Farhod ahu tog‘ni qazib yo‘l ochgan degan rivoyat borXamvor-barobar, tep-tekis
Surxro‘y-qizil yuzli, xursand, sarxush
Ro‘siyoh-yuzi qora, gunohkor
Mustaribhol-parishon, betoqat
Narm-yumshoq
Dudam-ikki tig‘li
Tadrij-asta-sekin, darajama-daraja
Huvaydo-ayon, ravshan, oshkor
Fan-bu yerda: kasb, hunar, odat
Duraxshon-porloq, yaltiroq, yorug‘,
Yasoq- bu yerda, qaror, tartib,
Musaxxar- taslim, tobe, qaram bo‘lish,
Janob- bu yerda: dargoh, ostona, huzur,
Mutot- o‘rgangan, odatlangan,
Arus- kelin, kelinchak,
Aqd- bog‘lanish
Domod- kuyov, somon, bu yerda: imkoniyat,
Ahli qabul- xalqqa sevimli kishilar, munosib deb topilganlar,
Imdod- ko‘mak, yordam, madad
Puranvor- nurli, shu'lali,
Purziyo-nurli, porloq
Tundxo‘y- (jahli tez, o‘jar)
Purjafo- jafosi ko‘p, zolim, sitamgar
Oftoboso- oftob kabi,
Ruxparvar- jonga quvvat bag‘ishlovchi, rohat beruvchi, yoqimli,
Mustarib- iztirob chekuvchi, betoqat, beqaror,
Fo‘ta- belbog‘, ipak belbog‘
Qabs- bu yerda: qabza, ya'ni dasta
Xutur- esga kelish, xayoldan kechish
Chobuq- tez, chaqqon, ildam
Guharpo‘sh- gavhar sochuvchi
Azal naqqoshi- Xudo
Bul'ajab- eng qiziq, hayron qolarli, ajoyib
Xushxo‘y- xushfe'l, xushtabiat
Dostları ilə paylaş: |