Har bir tilda bo'lganidek, o'zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalaniladi. Professor Ayub

G 'ulomovning qayd etishicha, o'zbek tilida so'z yasashning besh usuli mavjud. Bular quyidagilar: 1. Morfologik yo‘l bilan yasash (qo’shimchalar). 2. Sintaktik yo‘l bilan yasash (gap bo’laklari, kompozitsiya). 3. Leksik yo’l bilan yasash (bir turkumdagi so'zni boshqa turkumga
ko ’chirish bilan yasash). 4. Semantik yo‘l bilan yasash. 5. Fonetik yo‘l bilan yasash (ichki
o‘zgarishlar yo'li bilan yasash).
Olib borilgan terminologik tadqiqot natijalaridan shu narsa ayonki, u yoki bu terminologik sistemada so ‘z yasash yo'llarining barchasiga ham birdek amal qilinavermaydi. Masalan, o ’zbek terminologiyasida termin yasashning, asosan, morfologik hamda sintaktik usullari eng sermahsul sanaladi. Quyida o'zbek terminologiyasi misolida termin yasashning va sintaktik usullari bilan qisqa tanishamiz. Umuman, o'zbek tilida yasalish usuli bilan so'z yasash eng faol usullardan biri hisoblanadi. Bu usulga ko'ra asosga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish orqali yangi so'zlar yasaladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida so'z yasovchi qo’shimchalar, aniqrog'i, so'zning morfema- so ‘z yasovchi sifatida ajraladigan qo’shimchalar juda k o ‘p.