Terminlarning yasalishi



Yüklə 28,03 Kb.
səhifə4/5
tarix14.06.2022
ölçüsü28,03 Kb.
#61435
1   2   3   4   5
Terminlarning yasalishi (1)

Ot+ot modeliTaxta pol, yog‘och oyoq (yog‘ochsozlik); yo‘l boji, jinoyat ishi (yuridik).
Sifat+ot modeli. Pog‘onali sirt, ponasimon ulash, shakldor oyoqlar (yog‘ochsozlik); huquqiy vorislik, davomli jinoyatlar (yuridik); qattiq tanglay, to‘g‘ri ichak (anatomiya).
Murakkab terminlar – bir yoki birdan ortiq so‘zlarning grammatik tobelik munosabatiga asoslangan turg‘un birikma holatida bo‘ladi. Terminologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlarda murakkab terminlar birikmali terminlar tarkibida o‘rganiladi. Ayrim adabiyotlarda esa, «tarkibli termin9», «murakkab termin» sifatida talqin etiladi.Murakkab tuzilgan terminlar yasashda quyidagi talablarga e’tibor berilishi lozim: a) termin mumkin qadar ixcham, kam sonli so‘zlardan iborat bo‘lishi kerak. Terminlarning ixcham bo‘lishi ularni qo‘llashda qulaylik tug‘dirishdan tashqari, ulardan yangi terminlar yasash imkoniyatini beradi. Chunki, mavjud terminlardan so‘z yasovchi affiks yordamida yangi termin yasash (son-teskari son, yoy-yoyning gradusi) hodisalar, tushunchalar orasida mavjud bo‘lgan aloqani ham ko‘rsatib turadi; b) murakkab termin tarkibidagi ba’zi so‘zni izohlaydigan yana boshqa so‘z bo‘lmasligi (qavs ichida berilmasligi) kerak. Aks holda termindan foydalanishda qiyinchilik bo‘ladi. Masalan, tuproqshunoslik sohasida yaratilgan degradasiyalangan (aynigan) qora tuproq, matematika sohasidagi erkin (bog‘liq) miqdor, o‘xshashlik (analogiya) metodi kabi terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lib, ularni ishlatish ancha noqulaylik tug‘diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‘z boshqasi bilan affikslar yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‘lishi kerak. Ularning ko‘makchilar va bog‘lovchilar vositasi bilan grammatik munosabatga kirishishlari ma’qul emas. Chunki yordamchi so‘zlar vositasi bilan birikkan so‘zlardan iborat bo‘lgan murakkab terminlarning terminlik xususiyati bilinmay qoladi, oddiy, erkin birikmaga o‘xshab ketadi. Masalan, burchak bilan o‘lchash, o‘rta va chet nisbatga bo‘lish (“zolotoye secheniye”) kabi. Ko‘rinib turibdiki, bu terminlar tarkibidagi bilan ko‘makchisi hamda va bog‘lovchisining kelishi ularni jonli nutq elementlariga o‘xshatib yuborgan.


Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin