Terminlarning yasalishi


a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar



Yüklə 28,03 Kb.
səhifə2/5
tarix14.06.2022
ölçüsü28,03 Kb.
#61435
1   2   3   4   5
Terminlarning yasalishi (1)

a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika, zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham shu tpidagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik (fizika-matem.); qayin ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi.
Sifat+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar qo‘proq tabiiy fanlar terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultatnt (yuridik) kabi.
Son+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar matematika fanida ko‘proq qo‘llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi, yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar.
Ot+fe’l modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bunda ikkinchi komponentga –ar sifatdosh ko‘rsatkichi qo‘shiladi. Masalan: o‘g‘itsepar, markaztopar, go‘ngsochar (botanika), xususiy ajrim, adolatli sudlov (yuridik) kabi.
Keyingi vaqtlarda ikkinchi komponentga –gich (-kich, - qich, -g‘ich) affiksi bilan ham ko‘plab yasalmoqda: havo qizdirgich, havo haydagich, go‘ng sepkich, urug‘ o‘tkazgich, oqim keskich, ko‘chan tutqich, xamirkeskich, go‘shtqiymalagich, yashinqaytargich kabi.
Ravish+ ot yoki harakat nomi modelida yasalgan qo‘shma terminlar: o‘ta tuyinish (xim.), o‘takuchlanish, o‘taqizitish, o‘tauyg‘onish (fiz.), o‘ta struktura, chala o‘tkazgich, qisqa tutashuv kabi.
b) komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar uchta holatda yuzaga keladi:
- agar ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning har ikkala komponenti o‘zbek tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo‘llansa, bunday terminlar o‘zbek tilida ham qo‘shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya, radiostansiya, radiolampa, kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi.
- birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (anti-, avto-) elementdan tashkil topgan qo‘shma terminlar. Masalan: antikosinus, antiparallel, antisimmertiya, avtokataliz, avtokran, avtorentgen, avtobenzin kabi.
- boshqa holatlarda esa, ya’ni qismlarga ajraluvchi ruscha terminlarning muayyan qismi mustaqil termindan va de-, per-, re-, so-, sub- kabi prefikslardan iborat bo‘lganda yoki ikkinchi komponenti mustaqil qo‘llanmaydigan suffiksoid orqali ifodalanadi: depolyarizator, peroksid, reekstraksiya, rekristallizasiya, sopolimer, suboksid kabi.
2. Turli tillarga mansub so‘z birliklardan hosil bo‘lgan (gibrid) qo‘shma terminlar. Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid so‘zlarning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni “duragay qo‘shma so‘zlar3” yoki gibrid terminlar4 deb yuritmoqdalar. Bunday terminlar ikki xil bo‘ladi:
a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o‘zbekcha komponenti mustaqil ma’no va qo‘llanishga ega bo‘lgan so‘z-terminlardan iborat bo‘ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob, yodmoy va boshqalar.
b) baynalmilal komponenti avto-, azo-, nitro-, psevdo- singari aniqlovchilar bilan ifodalangan gibrid terminlar. Masalan, avtosug‘orgich, agroqoida, azoqo‘shilma, allodolchin kislota, antixossa, aeropurkagich, geteroqutbiylik, gidroqurilma, izotuzilish, makrodunyo, mikroiqtisod, pnevmog‘ildirak, psevdoko‘paytma, protoyulduz, fotoqog‘oz, infraqizil, ultrako‘paytma, multiturg‘unlik, videoyozuv kabi.
S.Usmonov metaforaga bag‘ishlangan maqolasida shunday bir dalilni alohida ta’kidlab o‘tgan edi: Qo‘shma so‘z sostavidagi komponentlar, ko‘pincha, ko‘chgan ma’noga ega bo‘ladi. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda xarakterli. Masalan: bo‘tako‘z (gul), otquloq, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, chumchuqtil, ho‘kiztili... itburun (o‘simlik) va boshqalar.
Tilshunos M.Mukarramov metaforalarning qo‘llanish xususiyatlari haqida so‘z yuritib shunday degan edi: «… metaforalar doimo bir so‘zdan tarkib topmay, balki birikmali bo‘lishi ham mumkin»6. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda xarakterli. Masalan:
1. «Zoologik termin + zoologik termin» yoki «zoologik leksema + anatomik leksema» qolipli terminlar: kapalakqanot, mushukquyruq, sigirquyruq, otquloq, bo‘tako‘z, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, cho‘chqayol.
2. «Zoologik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: baqajo‘xori, baqaterak, baqayaproq va b.
3. «Zoologik termin + boshqa soha termini yoki oddiy leksema»
qolipli botanik terminlar: pashshaqopqon, to‘ng‘iztaroq, qushqo‘nmas,
pashshaqo‘nmas
 va boshqalar.
4. «Botanik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: gulkara.
Keltirilgan botanik terminlardan ma’lumki, zoologiya sohasiga oid terminning qaysidir xususiyati o‘simliklarda mavjud bo‘lganligi bois zootermin bilan birga ifodalanadi.

Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin