Uchinchi bosqich (XIX asr oxiri va keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o‘rnini erkin odamlarning huquqiy tengligi va o‘zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi.
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat’i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb e’tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o‘zini erkin xohish-irodaga ega bo‘lgan, o‘z harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e’tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga egabo‘la boshladi.
Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga «Huquqlar haqidagi bill» (Angliya, 1689 y.; AQSh, 1791 y.) yoki «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi» (Fransiya, 1789 y.)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Dostları ilə paylaş: |