Termiz – 2020 mund а r I j а


Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə13/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi. Bunda hammani va majburiy tartibda mulkdorlarga aylantirish nazarda tutilmaydi – ularning ko‘pchiligi buni xohlamaydi, biroq bunday imkoniyat har kim uchun saqlanishi lozim. Mulk har doim shaxs va butun jamiyat erkinligining bosh omili sifatida amal qiladi. Mulkka nisbatan hurmat mavjud bo‘lmagan joyda shaxsga nisbatan hurmat ham mavjud bo‘lmaydi.

Fuqarolik jamiyati tuzilmalari «yuqoridan» turib emas, balki «quyidan», fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari, qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon bo‘ladi.



Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:

- erkin individlar uyushmasi;

- o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;

- murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim;

- o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:

1)iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari;

2)inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish;

3)hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;

4)qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;

5)hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat;

6)siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;

7)so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;

8)fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari;

9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;

10) odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.

Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan:

- siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;

- butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;

- individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;

- qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;

- partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;

- fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;

- faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;

- davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u o‘z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o‘z-o‘zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko‘p ukladli iqtisod, mulkning turli shakllari boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa – hokimiyat boshqaruvi vakolatlarini markazda yig‘ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo‘linishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular oldida tengligi; ma’naviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini yo‘qligi, vijdon erkinligi madaniylik, yuqori ma’anaviyat va axloq tashkil etadi.

Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo‘lmaydi. Erkinlik me’yoriy ko‘rinishga ega bo‘lgani uchun, bunday shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ talablariga bo‘ysunish qobilyati natijasida ega bo‘ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi borlig‘ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar hisoblanishini anglatadi. Va faqatgina, jamiyat uchun yoki insonning o‘zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o‘zi erkinlikning o‘lchovini, me’yorini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me’yorlar, qonunlar, konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi.

Bunda huquqiy va erkinliklarning o‘zi, jumladan konstitutsionlari bir tomondan fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy tashkillanganligining yetukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning huquq va erkinligining to‘liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasiamalga oshirish ketma-ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko‘p tomondan bog‘liq bo‘ladi. bu o‘rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o‘z vositasi namoyon bo‘ladi.


Ushbu muhim funksiyalarnibajarish darajasida fuqarolik jamiyati qator muhim funksiyalarni bajaradi:

1. Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayot sohasini davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta’minlaydi.

2. Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o‘zini – o‘zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

3. Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko‘rinishga keltirishga ko‘mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo‘llab-quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo‘yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.

4. Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratiladi.

5. Fuqarolik jamiyati o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‘lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin.

6. Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo‘ladi.

7. Fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.

Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi».

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda),

xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda),

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda),

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yiyaa amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.


Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin