Termiz – 2020 mund а r I j а


Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə127/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

4. Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari
Mamlakatimizda voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizga ma’lum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi.

Chunki I.Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida ta’kidlanganidek: «Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaq tabiiy ravishda o‘ziga xos «inkorni inkor» konuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz sobiq tuzumning mafkuraviy karashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech kanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. Shu bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, turmush tarziga orqa-oldini uylamasdan, yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur edi. Barchamizga ma’lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma’naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta uylab ish yuritishni talab kiladi».

Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida ko‘rish mumkin. Yoshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini e’tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib bormayotganining guvohi bo‘lamiz. Masalan, Yevropa davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiyada bu borada erishilgan natajalar diqqatga sazovor. Bugungi kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal qilmoqda. Bular: yoshlar siyosati sohasida davlatning yetakchi roliga asoslangan strategiya hamda yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya. Hozirgi davrda Germaniya va Fransiyani birinchi yo‘nalishdagi siyosatni olib boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Ushbu davlatlar o‘z faoliyatini yoshlar siyosatini umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib boradi. Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlik tomonidan Konstitutsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati Yoshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari bo‘yicha vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi.

Yoshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya Buyuk Britaniya va Shvetsiyaga xos bo‘lib, bunda yoshlar siyosatining umumiy ko‘rinishi, maqsad va yetakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu vazifalarning ijrosi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat esa yoshlar siyosati va yoshlar ishlari bo‘yicha maxsus davlat organlarining mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, dunyoning ko‘plab davlatlarida yoshlar huquq va manfaatlarini xalqaro va milliy darajada qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilgan yoshlar parlamentlari hamda milliy yoshlar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, xalqaro darajada yoshlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa yoshlar parlamenti, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi yoshlar parlamenti, Shimoliy Irlandiya yoshlar forumi, Shotlandiya yoshlar parlamenti kabi yoshlar parlamentlari hamda Avstriyadagi Avstriya xalqaro yoshlar hamkorligi qo‘mitasi, Belgiyadagi Flaman yoshlar kengashi, Buyuk Britaniyada Britan yoshlar kengashi, Germaniyada xalqaro yoshlar ishlari bo‘yicha Germaniya milliy qo‘mitasi (bunday kengashlar Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva kabi yana 25 ga yaqin davlatda mavjud) faoliyat yuritmoqda. Bularni keltirishdan maqsad, yoshlar huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm mamlakatimizda qay darajada amal qilayotganiga e’tibor qaratishdir.

Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun muhim qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog‘liq muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mustahkam institutni shakllantirish — ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda kelajak avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy samarasi va qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek o‘ta mas’uliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan mazkur masalaning yechimiga bevosita bog‘liqdir desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja ortidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki o‘z-o‘zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday baholash o‘ta kaltabinlik bo‘lur edi. O‘zbekiston Respblikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov iborasi bilan aytganda,

―qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha – qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

Yurtimizda yosh oilalar himoyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ham juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida oila haqida 50ga yaqin qonun, 70 ga yaqin qaror va farmoyishlar e’lon qilindi. Ularning aksariyat katta qismi ijtimoiy, moddiy va ma’naviy himoya qilish va farovonligini ta’minlashdan iborat. Shunisi e’tiborga molikki, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘o‘llab-quvvatlash mas’ulligini birinchi navbatda davlatimiz o‘z zimmasiga olgan. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda davlat idoralari, fuqarolik institutlari va mahalliy hokimiyatlar tashabbuskor bo‘lmoqdalar. Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilish borasida milliy qonunchiligimizda ham bir qator qonun hujjatlari va davlat dasturlari qabul qilingan. Jumladan, 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi milliy qonunchilikni bola huquqlari bo‘yicha xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish, bola huquqlarini himoya qilish sohasida tegishli dasturlar tuzish, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarining bu boradagi vazifalari, vakolatlarini va o‘zaro faoliyatini aniqlashtirish, bola huquqlari himoyasi mexanizmining ishlashi va amaliy natijalari berishini ta’minlash, shu sohaga oid qonunchilikning kelgusidagi rivoji uchun keng imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

Shuningdek, ushbu qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoyalashda ishtirok etish shakllari belgilangan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yoshlar bilan ishlash, ularning o‘quvi, jamoat hayotidagi ishtiroki, qolaversa, ularning kelajagini yaratishda nafaqat adliya organlari, balki ota-onalardan tortib davlat idoralarigacha mas’ul bo‘lishi kerak. Ana shunda biz yoshlar siyosati bo‘yicha oldimizga qo‘ygan vazifani bajarishda to‘la-to‘kis faol ishtirok eta olgan bo‘lamiz. Chunki yoshlar— mamlakat kelajagi. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Albatta, har bir bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu hayotda nasibasi butun va to‘la bo‘lishi uchun insonning o‘zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog‘lom muhitda tarbiyalashi katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur”, - degan edi.

Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o‘z tariximizdan juda ko‘p dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g‘oyalarni yodga olaylik. Unga ko‘ra jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, o‘z kasbining ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo, bunday fikrlashning o‘zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko‘p asrlik meroslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir fuqarodan o‘ziga yarasha munosib o‘rin egallashni, yangi mafkura asosida yangicha ma’naviyatni talab etadi. Talab etibgina qolmasdan, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitda yangicha o‘ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda. Yangicha o‘qish, yangicha ishlashning o‘zi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bizga raqobatbardosh yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil insonlar kerak. Dasturning asosiy maqsadi ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir».

Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma’naviy mezonlar asosida o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang – sog‘liqni saqlash yoki ta’lim deysizmi, iqtisodiyot yoki kichik biznes sohasi deysizmi, rahbarlik, madaniyat va sport jabhalari deysizmi – ularning barchasida yoshlarning huquq va manfaatlari alohida e’tiborga olinayotganini ko‘ramiz.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin