Uchinchidan: amalga oshirish davri bo‘yicha innovatsiyalar strategik hamda taktik usulda bajariladi.
To‘rtinchidan: tashkilotda ijtimoiy yo‘nalishni shakllantirish bo‘yicha, xodimlarningmehnat sharoitlari, madaniy saviyasi hamdakorxonadagi mavjud ijtimoiy infratuzilma orqali amalga oshiriladi.
Beshinchidan: amalga oshirish holati bo‘yicha, ichki hamda tashqi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy innovatsiyalar.
Oltinchidan: amalga oshirish shakli bo‘yicha, moddiy, tashkiliy va madaniy ijtimoiy innovatsiyalar.
Yettinchidan: ishlatilish ko‘lami bo‘yicha, alohida ob’ektga qaratilgan bir martalik ijtimoiy innovatsiyalar va bir qancha ob’ektga qaratilgan keng tarqalgan ijtimoiy innovatsiyalar.
Sakkizinchidan: maqsadi bo‘yicha, faoliyat tamoyilini yangilashga qaratilgan innovatsiyalar va yangi maxsulot faoliyatini tashkil etishga qaratilgan innovatsiyalarga bo‘linadi.
Ijtimoiy innovatsiyalarning yuqoridagi struktura bo‘yicha tasniflanishi o‘z navbatida ularning qo‘llanish sohalarini ham alohida namoyon etadi.
Shunday ekan, ijtimoiy innovatsiyalar qo‘yidagi ijtimoiy sohalarda ko‘llaniladi. Birinchidan: aholining yashash sharoiti, bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan sohalarda;
ikkinchidan: sog‘liqni saqlash tizimi sohasida;
Dostları ilə paylaş: |