Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.