Fanni o‘qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.
Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;
-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;
-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;
-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning yechimlariga doir bilimlarni singdirish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
- taraqqiyotning―o‘zbek modeli va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;
- talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish;
- fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish;
- fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;
- talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;
―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
―Adolat–qonun ustuvorligida‖ tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;
- saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;
- fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish;
- ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish;
- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
- jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish;
- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish;
- ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;
- jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish;
- ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish.
Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi bilim, ko‘nikma shakllantiriladi:
Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jaxon tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida; talabalarda fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar; jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari; fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida; o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalanish; fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari; davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi tuzilmasini bilish; fuqarolik jamiyati qurishning mazmunmohiyati haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishi;
fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini;
xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini; rivojlangan mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari hamda ularning ―O‘zbek modeli tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini; demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini;
taraqqiyotning ―O‘zbek modeli tamoyillari mohiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi;
markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash;
mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyutsion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash;
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlari; mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ijtimoiy hayotni yangilash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda ulardan o‘z kasbida foydalanish;
―O‘zbek modeli erishayotgan natijalaridan o‘z ishlarida foydalanish;
mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha o‘z xulosalarini bera olish; mamlakatimizning jahon bo‘yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |