4.Fuqarolik jamiyati rivojlanishiga axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning ta’siri
Axborotlashgan jamiyatda davlatningfuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari axborot almashinuviasosida yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov: “Hukumatning aholi bilanaloqasi qanchalik mustahkam ekani, ular o‘rtasida muloqotning mavjud yokiyo‘qligi ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Eng yomoni, hukumat vafuqarolar o‘rtasida bir-birini tushunmaslik holatining paydo bo‘lishidir.Bunday vaziyat ma’suliyatni zimmasiga olgan hokimiyat bilan uni saylaganxalq o‘rtasida vujudga kelmasligi kerak” , - ekanligini ta’kidlagan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hukumat bilan fuqarolar o‘rtasidagimuloqotning ahamiyati fuqarolik jamiyati sharoitida o‘ta muhimdir.Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri hokimiyat va fuqarolar o‘rtasida muloqotmexanizmlarini yanada rivojlantirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni (AKT) faoljoriy etishni talab etadi. Boshqaruvining bunday usuli esa elektronhukumat (e-government – e-hokimiyat) tushunchasini anglatadi.
Zamonaviy texnologik innovatsiyalar, xususan, Internetning rivojlanishiijtimoiy-siyosiy hayotda nafaqat tashqio‘zgarishlarga, balki ko‘pchilik eski dunyoqarashlarningemirilishiga, shaxslar va guruhlar, fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaroaloqalar usullarining butunlay yangicha tus olishiga sabab bo‘ldi.Axborotlashgan jamiyat konsepsiyasi asoschisi D.Bell bunday jamiyatdasiyosiy qarorlar markaziy o‘rinda turishini e’tirof etgan edi .. Bugungikunga kelib axborot-kommunikatsion texnologiyalar jamiyat taraqqiyotiniharakatlantiruvchi asosiy kuchga aylanib, u har bir fuqaroga qabulqilinayotgan qarorlar, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga nisbatan o‘z fikrini ifodalash, munosabatini erkin bildirish imkoniyatiniberdi.
Sodda qilib aytganda, Internet tarmoqlari orqali ya’ni ijtimoiy tarmoqlar mobil messenjerlar, orqali axborot tarqatish hamda uni qabul qilish imkoniyati kengaydi. Asosiy jamiyatda uchraydigan har bir soha bo‘yicha mazkur tarmoqlarda guruhlar shakllanib mavjud ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarni yuksaltirish imkoniyati kengaydi.
Shuningdek, davlat boshqaruvi samaradorligi va hisobdorligini oshirish, uningfuqarolar bilan aloqalarini sorddalashtirishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish imkoniyati oshdi. Hokimiyatda bunday vositalarning qo‘llanishi “elektron hukumat” deb nomlanib, bundayhukumatning yaratilishi bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirishni ko‘rsatadi.
Biroq shuni unutmaslik kerakki, axborot texnologiyalarini joriy qilishning o‘zi davlatboshqaruvi samaradorligi oshganligini anglatmaydi. Axborotkommunikatsiyatexnologiyalarini qo‘llash davlat boshqaruv organlarifaoliyatining yaxshilanishiga xizmat qilmasligi ham mumkin. Shuning uchunham, davlat muassasalari rahbarlari kompyuterlar bilan ta’minlash, lokalhisoblash tarmoqlarini o‘rnatish va kompyuterlarni internetga ulashqanday qilib xodimlar va butun tashkilot ishining samaradorliginioshirishi mumkinligini oldindan tasavvur qila olishlari lozim.
AKTni joriy etish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishjarayoniga xizmat qilishi uchun u davlat boshqaruvini isloh etishgaqaratilgan yanada kengroq o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lishi zarur. Buo‘zgarishlar davlat organlari faoliyatida shaffoflikni oshirish, qabulqilingan qarorlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, fuqarolarni qarorqabul qilish jarayoniga kengroq jalb qilish chora-tadbirlarini o‘z ichigaoladi. Bularsiz, kompyuter va boshqa texnika vositalarini sotib olishhamda ishchilarni ulardan foydalanishga o‘rgatish sarf-xarajatlari ularishida hech qanday sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin.
Davlat boshqaruvi jarayonlariga va o‘z navbatida jamiyatga ko‘rsatilayottan davlat xizmati sifatini oshirish omillaridan biri AKTnijoriy etishdir. Boshqaruvda AKTni joriy etish orqali:
− davlat boshqaruvi mintaqaviy va mahalliy organlari, jamoattashkilotlari faoliyati haqida axborot tanqisligi;
− davlat boshqaruvi tizimining markaziy, viloyat, tuman, shaharorganlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aks axborot va boshqaruvaloqalarining tezligi pastligi;
− boshqaruv organlari va fuqarolar o‘rtasida axborot taqdim qilishtizimi va axborot kanallarining yo‘qligi kabi muammolarni hal etishmumkin.
AKTni davlat boshqaruvi tizimiga joriy qilish zarurligi bugun hechkimda shubha tug‘dirmaydi. AKTni davlat boshqaruvi sohalariga joriyqilishning samaradorligi va foydasini quyidagi jihatlarda ko‘rib chiqishmumkin:
− birinchidan, davlat xizmatchilari faoliyatining texnik darajasibo‘yicha. Bu mehnat unumdorligining oshishi va ish jarayoni chiqimlariningpasayishiga, shuningdek, ular faoliyatiing tashkiliy madaniyatningyaxshilanishiga sabab bo‘ladi.
− ikkinchidan, tahliliy ishlar texnologiyalarini, demak, boshqaruvqarorlarini tayyorlash, qabul qilishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha.Bunda AKT axborotlarni tezda yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish vaboshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun taqdim etish, shuningdek, ishjarayoni sifatini boshqarish: ish jarayonida rejalashtirish, monitoring varesurslar (ishchi kuchi, moliya va boshqalar) sifatini nazorat qilishimkoniyatini beradi.
− uchinchidan, o‘zaro axborot almashish asnosida qiyin komplekslimuammolar yuzasidan tez va sifatli qaror qabul qilish imkonini beruvchimuassasalararo aloqa darajasini oshiruvchi mexanizm sifatida. Markaziyhokimiyat organlariga strategik aloqalar yaratish imkonini beradi: turlihokimlik, vazirlik va muassasalar hukumat axborot bazalari bilanbog‘lanadi. O‘zaro axborot almashish mexanizmining yaratilishi turliorganlar bir xil axborot yig‘ishining oldini oladi, bu esa sarflanayotganvaqtni, inson mehnati va moliyaviy resurslarni tejashga olib keladi;
− to‘rtinchidan, markazdan turib vakolat va resurslarni taqsimlashdajoylarda bevosita faoliyat yuritayotgan ijrochilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishvositasi sifatida, ya’ni boshqaruvda ortiqcha tuzilmalarni qisqartirishimkonini beradi.
Elektron hukumat joriy etishning samarasi boshqaruvunumdorligini oshirish, davlat xarajatlarini kamaytirish, qarorlar qabulqilish jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish orqalikorrupsiyaga qarshi kurash kabilarda namoyon bo‘ladi. Mazkur afzalliklarrivojlangan davlatlarni AKT davlat boshqaruvi organlari faoliyatiningbarcha sohalariga yoyish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirishga ya’ni elektron hukumatni yaratishga undadi.
Xususan, hokimiyatni tashkil etish va bu sohada huquqiy bazaniyaratish bo‘yicha 2000 yillarda xalqaro darajada faol amaliy harakatlarboshlandi. Dastlab, 2000 yil Okinavada “Katta sakkizlik” davlatrahbarlari sammitida «Global axborotlashgan jamiyat Okinava xartiyasi» qabul qilindi . Unda samarali ommaviy boshqaruvni tashkil etish, davlat vafuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘yishdazamonaviy AKT muhim omil ekanligi ta’kidlandi.
Dostları ilə paylaş: |