Termiz – 2020 mund а r I j а


Ijtimoiy innovatsiyalar fuqarolik jamiyati rivojlanishining omili sifatida



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə65/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

2.Ijtimoiy innovatsiyalar fuqarolik jamiyati rivojlanishining omili sifatida

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi davlatchiligimiz tarixida asrlar davomida sharqona demokratiya va milliy an’analari, ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning milliy o‘ziga xos va mos modelining integratsiyaviy strategiyasi sifatida milliy – tarixiy taraqqiyotning insonparvar va sivilizatsiyaviy yo‘nalishini o‘zida aks ettiradi.

Hozirgi paytda, demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor varatilyapti. Fuqarolik jamiyati o‘zining shakllanishi uchun, avvlo, qulay obektiv va subektiv shart – sharoitlar yaratilishini talab qiladi. Birinchidan, uning xalqaro andozalar darajasidagi huquqiy asoslari bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, jamoratchilikning davlat va jamiyat bashqaruvi ishiga aralashuvini ta’minlash kerak. Bunda albatta ijtimoiy innovatsiyalarning o‘rni muhim ekanligini qayd etib o‘tish lozim. Ijtimoiy innovatsiyalarningiqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda, aholini yashash sharoitlarini yanada yaxshilashda roli va ahamiyati juda muhim hisoblanadi.

Jumladan, Frost Sullivan tadqiqot markazi va Hitachi Europe Ltd. kompaniyasi hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2020 yilga kelib dunyo aholisining 56 foizi shaharlarda istiqomat qilishi aniqlangan. Shaharlar aholisining ko‘payib borishi hamda hududining kengayishi jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy innovatsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida, shaharlarning rivojlanib brishi insoniyatni bir qator ijtimoiy muammolarnikengayishiga olib kelishi aniqlandi. Ushbu muammolarni yechish uchun ijtimoiy innovatsiyalar ko‘llanilishi mumkin bo‘lgan 5 ta ustuvor jarayonlar belgilab olindi. Xususan:

Urbanizatsiya. Tadqiqot natijalariga ko‘ra 2025 yilga kelib dunyoda 35 ta ulkan megapolislar, hamda yirik iqitisodiy markazlar tashkil topadi. Natijada shahar tashqarisidagi hududlar yirik hududiy birliklarga birlashadi. Ushbu holat tabiiy resurslar taqsimotida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi, aholi orasida esa tabaqalanishni kuchaytirib yuboradi. Bunda aholining ijtimoiy muammolarini hal qilishda yanada takomillashtiilgan ijtimoiy innovatsion g‘oyalarga bo‘lgan talabni oshiradi.

Intelektual salohiyatning o‘sishi, ekologik muammolarning yechimi sifatida. Ekologik toza mahsulot va xizmatlar insoniyat hayot tarzini yanada yaxshilashga ko‘mak beradi. Intelektual raqamli texnologiyalar rivojlanishning samarali va eng muxim omillaridan biriga aylanadi. Ekologik innovatsiyalar yordamida zamonaviy yirik “aqlli shaharlar” qurila boshlanadi, natijada energiya iste’moli kamayib, inson hayot tarzining turli jabxalarini yaxshilashga erishiladi. 2025 yilga kelib 26 ta “aqlli shaharlar” yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Energetika. Urbanizatsiya va energetik xavfsizlikni ta’minlash, shu soxani yanada rivojlanishini taqozo qiladi. Elektr energiyasiga bo‘lgan extiyoj kun sayin oshishi, hamda tabiatni muxofaza qilish masalalari dolzarbligi, elektr energiyasini samarali ishlatish bo‘yicha innavatsion yechimlar katalizatori bo‘lib xizmat qiladi. Natijada, aqlli elektr stansiyalari tashkil topadi, hamda ular ekologik jixatdan bezarar, ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyatini beradi.

Logistika. Urbanizatsiya va zamonaviy aloqa vositalari shaharlardagi harakat va logistika jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida 2020 yilga kelib 1 millionda ortiq avtomobillar turar joylari avtomat boshqaruv tizimiga o‘tqaziladi. Shahar aholisi “karshering” xizmatlaridan (bitta avtomobil vositasidan bir necha kishining foydalanishiga sharoit yaratib bervuchi tizim) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2020 yilgacha tez yurar poyezdlarga mo‘ljallangan 70 ming kilometrdan ortiq temir yo‘l liniyalari foydalanishga topshiriladi.

Sog‘liqni saqlash. 2020 yilga kelib kasalliklarni o‘z vaqtida diagnostika qilib anliqlash va ularning profilaktikasi, davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni qariyb 20% kamayishiga olib keladi. Zamonovviy intelektual dori vositalari, virtual kasalxonalar va elektron hujjatlar sog‘liqni saqlash tizimini batamom o‘zgartiradi.

Yana shuni aytib o‘tish joizki, turli ijtimoiy innovatsion g‘oyalarni hayotga tadbiq etishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, jamiyatdagi bor imkoniyatlardan yanada samarali foydalanib, davlat tomonidan taklif etiladigan bir qator ijtimoiy ko‘mak turlarini to‘ldirishga imkon yaratadi. Chunki innovatsion g‘oyalarni tadbiq qilish jamoat tashkilotlari tomonidan tezkor va samarali amalga oshiriladi, natijada yangi ish o‘rinlari ochish, mehnat bozoriniing professionallik va ijtimoiy sohaning samaradorlik darajasini oshirish imkonini beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy innovatsiyalar g‘oyasini ilmiy jixatdan tadqiq etib uning ochilmagan jihatlarini ilmiy asoslash orqali, davlatning ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatini olib borish ijtimoiy sohadagi yangilanishlarga bo‘lgan zamon talabining qondirilishiga olib keladi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining innvatsion faoliyati avvlambor, 21 asr texnologiyalari va ijtimoiy rivojlanish jarayoonlarida, mustaqil yashab o‘z faoliyatini olib boradigan shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu borada davlat va fuqarolik institutlari orasidagi hamkorlik qo‘yidagi holatlarda samarali bo‘lishi mumkin:
• davlat tomonidan ijtimoiy siyosatni olib borish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish borasidagi bir qator vakolatlarni ijtimoiy jarayonlarning faol a’zolari, ya’ni fuqarolik jamiyati institutlari zimmasiga yuklab borish;

• ijtimoiy innovatsiyalarni hayotga tadbiq etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun, davlat tomonidan bir qator imtiyozlar (moliyaviy yordam, soliq imtiyozlari, axborot bilan ta’minlash va boshqalar) ajratish;

• ijtimoiy innovatsion tashabbusga ega bo‘lgan fuqarolarga, o‘z g‘oyalarini davlat ijtimoiy siyosatining bir yo‘nalishi sifatida amalga oshirish imkoniyatini yaratish (ekspertlar va jamoatchilik kengashlari tuzish, davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish va baxolash, jamoatchilik eshituvlari, hukumat e’tiborini mavjud ijtimoiy muammolarga qaratish);

• ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mavjud davlat va fuqarolik jamiyati institutlari orasidagi o‘zaro ijtimoiy hamkorlikning shakllarini ko‘llab quvvatlash, hamda ularni yanada takomillashtirish;

• ijtimoiy barqarorlikni hamda milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun, aholining turli qatlamlari bilan ishlashning innovatsion shakllari, va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatidan samarali foydalanish.

Bu borada, ijtimoiy innovatsiyalar – ijtimoiy vazifalarni yechish yo‘lida fuqarolik jamiyati hamda sektorlararo sheriklikni ta’minlay oladigan eng istiqbolli vositalardan xisoblanadi. Jamiyat va davlat o‘rtasidagi aloqaning yangi bir ko‘rinishini tashkil qilgan holda, ijtimoiy innovatsiyalar jamiyatga sezilarli foyda keltiradi.

Islom Karimov "Milliy davlatchilikni shakllantirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish hamda bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor berish zarur" ligini ta’kidlaganliklarini eslash lozim.

Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikadagi aholining sotsial ahvoli, ularni sotsial ta’minoti va ijtimoiy himoya qilish mutlaqo qoniqarsiz edi.

Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan, Respublikada 1700 ta maktab vayron holda, qurilayotgan maktablar soni esa aholining ko‘payish sur’atini arang qondirardi. Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha mamlakat eng oxirgi pog‘onalardan birida edi.

Ijtimoiy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan muhim ishlardan biri haqida. 1989 yil 17 avgustda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida respublika hukumatining Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilinadi va «Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida» qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir oilaga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi.

O‘sha paytda aholining 60 foizdan ortig‘i istoqomat qilayotgan qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy sharoit juda og‘ir ekanligini nazarda tutish zarur. Prezidentimiz tomonidan ushbu vaziyat hisobga olingan holda, uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun 2,5 million oilaga 700 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratib berilgani ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

Bu eng og‘ir o‘tish davrida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash barobarida, qishloq aholisi turmush darajasi tushib ketishining oldini oldi.

Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona yondashuv tufayli O‘zbekiston bo‘yicha ming-minglab odamlar uy-joyli, ishli bo‘ldi, bozorlarda mahsulot ko‘payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi, ijtimoiy keskinlikning oldini olishga erishildi.

Bir so‘z bilan aytganda milliy modelimizning o‘ziga xos, kuchli jihatlaridan biri taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilganligi, aholining kam ta’minlangan qatlami ijtimoiy himoya qilinganligi bo‘ldi.



Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin