Uchinchidan, millatlararo munosabatlarda o‘zaro totuvlik va barqarorlikni mustahkamlash mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqiyotiga xizmat qiladigan g‘oyat muhim omildir. Zero, jamiyat tomonidan uning parchalanishi va beqarorlashuvi uchun kuchli omil sifatida yuzaga keladigan millatlararo manfaatlarning to‘qnashuviga olib keladi. Millatlararo munosabatlardagi o‘zaro tenglik, samimiylikka asoslangan totuvlik va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglik taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligi xalqimiz ongi va qarashlarida shakllangan hamda hayotimizning real amaliyotiga aylanayotgan bir sharoitda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.