Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


-rasm. Nilufar o‘simligining barglari



Yüklə 5,19 Mb.
səhifə20/22
tarix05.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#141519
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Laboratoriya (2)

2

3-rasm. Nilufar o‘simligining barglari.

24-rasm. O‘simlikning barglari.


Mavzu yuzasidan savollar?

  1. Barg necha qismdan iborat?

  2. Oddiy va murakkab barglarning farqi nimada?

  3. Murakkab barg xillarini aytib bering?

  4. Shakli o‘zgargan barglarga misollar keltiring?

  5. G‘o‘za bargida necha xil to‘qima ishtrok etadi?

  6. Makkajo‘xori bargining to‘qimalari qanday xususiyatga ega?

  7. Barglar novdada qanday joylashadi?

  8. Barg qanday vazifalarni bajaradi?

  9. Barglarni tomirlaninish xillarini tushintirib bering?

  10. Barg qanday vazifalarni bajaradi?

6-mavzu. Changlanish va urug‘lanish. Qo‘sh urug‘lanish jarayoni
Mavzuning maqsadi: talabalarga changlanish va urug‘lanish jarayonlarini tushuntirish.
Umumiy tushuncha. Changlanish, oʻsimliklarda — changlarning urugʻchi tumshuqchasiga (gulli oʻsimliklarda) yoki urugʻ kurtakka (ochiq urugʻlilarda) tushishi. Changlanishdan soʻng changdan chang naychasi rivojlanadi; naycha tugunchaga qarab o‘sadi. Naycha orqali urugʻ hujayralar — spermitlar urugʻ kurtakdagi tuxum hujayraga yetib boradi. Urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi. Gulli oʻsimliklarda chetdan va oʻzidan changlanish. sodir boʻladi. Chetdan changlanish changlanish.da bir gulning changdonidagi changlar 2gul urugʻchisi tumshuqchasiga, oʻzidan changlanishda changlar shu gul urugʻchisi tumshuqchasiga tushadi. Chetdan changlanish. changlanishda hosil boʻladigan yangi organizm urugʻli oʻsimliklar belgilari kombinatsiyasiga ega boʻlgani uchun oʻzidan changlanishga nisbatan biologik ustunlikka ega. Oʻzidan changlanish esa tur belgilarining turgʻunlashuviga imkon beradi. Koʻpchilik oʻsimliklar oʻzidan changlanadi. Chetdan changlanadigan oʻsimliklarda biror sababga koʻra chetdan changlanish sodir boʻlmaganida (mac, ob-havo noqulay kelganida) oʻzidan changlanish. roʻy beradi. Oʻsimliklarda evolyutsiya davomida chetdan changlanishga moslashish (gullar va ayniqsa, oʻsimliklarning ayrim jinsli boʻlishi, ikki jinsli gullarda changdonlar va urugʻchining bir vaqtda yetilmasligi) paydo boʻlgan. Chetdan changlanishda hayvonlar (zoofiliya), jumladan, qushlar (ornitofiliya), sut emizuvchilar — koʻrshapalaklar, kemiruvchilar, ayrim xaltalilar (Avstraliyada), lemurlar (Madagaskar o.da) ishtirok etadi. Lekin chetdan changlanishda hasharotlar (entomofiliya), shamol (anemofiliya) va suv (gidrofiliya) asosiy ahamiyatga ega. Evolyutsiya davomida hayvonlar (asosan, hasharotlar) bilan gulli oʻsimliklar oʻrtasida changlanishga oʻzaro moslashish belgilari (koevolyutsiya) sodir boʻlgan. Mingdevona gul qoʻrgʻoni nayining choʻzilishi bilan uni changlatadigan arvoh kapalak xartumi ham uzayib borgan. Orxideyalar gullari esa ularni changlatadigan hasharotlar urgʻochisiga oʻxshash boʻlib qolgan. Orxideyalar va bir qancha boshqa oʻsimliklar gullarining ochilishi ularni changlatadigan hasharotlar rivojlanishining muayyan davriga toʻgʻri keladi. Bir xil oʻsimliklar (mas, anjir) faqat bir turdagi, boshqalari oʻnlab, hatgo yuzlab hasharotlar yordamida changlanadi. Anemofiliya, odatda, ochiq yerlarda oʻsadigan oʻsimliklar va toʻplangan; gullar juda koʻp chang hosil qiladi. Ular barg yozishdan oddin gullaydi yoki toʻpgullari barglaridan ancha yuqori koʻtarilib turadi (bugʻdoydoshlar). Anemofil oʻsimliklarning toʻpgullari kuchsiz shamolda ham tebranib, changini havoga tarqatadi. Suv orqali changlanadigan oʻsimliklar changlari toʻkilgach, suv orqali urugʻchi tumshuqchasiga tushadi. Ayrim oʻsimliklar har xil yoʻl bilan changlanadi. Masalan, zubturum hasharotlar va shamol yordamida changlanishi mumkin.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin