Termiz davlat pedagogika instituti 70110501 -ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi II bosqich magistranti Ochildiyeva



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə2/3
tarix19.08.2023
ölçüsü61,5 Kb.
#139884
1   2   3
Ilmiy rahbar xulosasi Gulnoza oxirgi

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasini tabiiy fan darslarida rivojlantirishning mazmun va mohiyati ochib berilgan; boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanishida tabiiy fan darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ma’qbul shakl, usul va vositalari belgilab olingan; tabiiy fan darslarida ekologik tarbiyani rivojlantirishni tashkil etish bo’yicha darslar ishlanmasi ishlab chiqilgan; pedagogik tajriba - sinov ishlarida boshlang’ich sinf tabiiy fan darslarida ekologik tarbiyani rivojlantirishning samaradorlik darajasini aniqlangan va ularni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish yo’lari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot ishining 1-bobi “Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ekologik madaniyati tarbiyalash nazariyasi” deb nomlanib, unda ekologik tarbiyaning mazmun va mohiyati; boshlang’ich sinflarda ekologik tarbiyani rivojlanishida o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish; boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiat bilan tanishtirishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tutgan o’rni bayon etilgan.
Mazkur bobda asosan, ekologik tarbiyaning mazmun va mohiyatiga e’tibor qaratilgan. Unda boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanish muammosiga doir ilmiy metodik adabiyotlar, o’quv hamda metodik qo’llanmalar o’rganilgan va tahlil qilingan, boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanishida tabiiy fan darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ma’qbul usul va vositalari belgilab olingan.
Tadqiqot ishining 2-bobi “ Ta’lim jarayonida o‘quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatlarini shakllantirishning shart-sharoitlari ” deb nomlangan bo’lib, unda boshlang’ich ta`limda ekologik tarbiyani shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari; dars jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanishida innovatsion pedagogik tenologiyalardan foydalanish; boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanishida tabiiy fanning o’rni va samaradorligi keltirilgan.
Mazkur bobda, bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, boshlang’ich sinf o’quvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanishida tabiiy fan darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning shakllari belgilab olingan; tabiiy fan darslarida ekologik tarbiyani rivojlantirishni tashkil etish bo’yicha darslar ishlanmasi ishlab chiqilgan.

Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin