Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə44/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

Uyga topshiriq. Mavzuga doir masalalarni ishlab kelish.

4- AMALIY MASHG‘ULOT: BURCHAK VA UNING TURLARI. (2 soat)


Mashg‘ulot maqsadi: Burchaklar va ularning turlari. Figuralarni farqlay olish, qismlarga bo‘lish, qismlardan figuralar hosil qilish. Ko‘pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblashni o‘rgatish.
Mashg‘ulot jihozi: Boshlang‘ich sinflar uchun DTS, dastur, darsliklar, kalendar reja.


Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.

  1. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.

3. Uyga topshiriq.
Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.


Burchak deb bir nuqtadan chiqqan ikki nur orasida hosil boʻlgan geometrik shaklga aytiladi.
Burchak — bir nuqtadan chiqqan ikki nur (yarim toʻgʻri chiziq)dan tashkil topgan shakl. Nurlar burchak tomonlari, ular chiqadigan nuqta burchak uchi deb ataladi. Burchak tomonlari orqali tekislik oʻtkazilsa, u tekislikni ikki qismga ajratadi. Agar burchaktomonlaridan nurlarni burchak uchidan qarshi tomonga davom ettirganda u tekislikning qaysi qismini kesmasa, shu qism burchakning ichki tomoni deb ataladi. Tomonlari bir toʻgʻri chiziqni tashkil qilgan yoyiq, uning yarmi esa toʻgʻri burchak deb ataladi.

Toʻgʻri burchakdan kichik burchaklar oʻtkir, kattalari oʻtmas burchak deyiladi. Bir tomoni umumiy, qolgan ikki tomoni bir toʻgʻri chiziqni tashkil qiluvchi burchak qoʻshni burchaklar, ikki toʻgʻri chiziqning kesishishidan hosil boʻlgan burchaklar vertikal burchaklar deb ataladi. Tekislikdagi burchakning ichki qismi gradus yoki radian (=57°)larda oʻlchanadi. Maye, yoyiq burchak 180° yoki p, toʻgʻri burchak 90° yoki p/2 ga teng boʻladi.


Burchakni teng ikkiga boʻluvchi nur uning bissektrisasi deyiladi.
Shuningdek, tekislikning ushbu nurlar orasidagi barcha nuqtalaridan hosil boʻlgan shaklga ham burchak deyiladi. Umuman aytganda, bu ikki nur ikkita burchak hosil qiladi, chunki ular tekislikni ikkiga boʻladi. Shu burchaklardan biri ichki, boshqasi esa tashqi deyiladi.
Burchak{\displaystyle \angle }  belgisi bilan ifodalanadi, bu belgini 1634-yili fransuz matematigi Pierre Hérigone taklif qilgan.
Matematik ifodalarda α, β, γ, θ, φ va hk yunon harflari bilan belgilanadi. Pi bilan adashtirmaslik uchun π belgisi bilan burchak belgilanmaydi.
Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo'lgan. Geometriya yunoncha soʻz bo’lib, "yer o’lchash" degan ma'noni bildiradi (geo - yer, metreo - oʻlchayman).
Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa, Yunoniston olimlari katta hissa qo'shdilar. Yer maydonlari sathini o'lchash, ariqlar o'tkazish, turli ko'shinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig'ishini bilish zarurati geometriyaga oid dastlabki ma'lumotlarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Nuqta, kesma, siniq chiziq, to'gri chiziq, ko'pburchak, kvadrat, to’g’ri turburchak, uchburchak, aylana, doira, shar, kub-bularning hammasi geometrik shakllardir.
Buyuk yurtdoshlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek va ularning shogirdlari geometriya fanini oʻz asarlari va ilmiy natijalari bilan boyitishdi.
Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularning uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shugʻullanadi.
Siz, aziz o'quvchilar, sodda geometrik shakllar (toʻgʻri toʻrtburchak, kvadrat, uchburchak va ulardan tuzilgan shakllar) ning tomonlari uzunligini, yuzini oʻlchash va hisoblash bilan shugʻullanasiz. Har bir kattalikni o'lchash uchun esa o'lchov birligi zarur. Shuning uchun ham hayotimizda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan uzunlik, yuz o'lchov birliklari bilan tanishasiz.






Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin