I BOB YUZASIDAN XULOSALAR Hozirgi globallashuv davrida innovatsiyon texnika va texnologiyalar
rivojlangan davrda bolalarning fikrlash doirasi hamda ularning ijodiy qobiliyatlari
ham kengayib bormoqda. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari va fikrlashlarini
rivojlantiruvchi bir qator yangi dasturlar joriy etilmoqda. Jumladan: Mental
arifmetika san'at va aql idrokni rivojlantiruvchi dasturlar. Ushbu dastur yordamida
bolalar nafaqat o'qishda muavaffaqiyatga erishadilar, balki hayot motivatsiyasiga
ega bo'lib, ijodiy qobiliyatlari kengaymoqda. Mnemonika usuli ham tezkor xotira
va ijodiy fikrlash tezligini rivojlantiruvchi dasturdir. Zamonaviy ota-onalar va
o'qituvchilar o'zlariga birinchi navbatda bolani ijodiy rivojlantirish vazifasini
qo’yishlari kerak chunki yuqorida sanab o’tilgan ko’nikmalarni egallashi uchun
bolalarni tasavvur dunyosi keng bo’lishi kerak bu tasavvur dunyosini kengaytirish
uchun biz bolalarni maktabgacha yos davridan boshlab ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga e’tibor berishimiz kerak Shu sababli, ko'pincha o'quv dasturlarida
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZ texnologiyasidan foydalanish va shu
jarayonga asoslangan mashg`ulotlarni tashkil qilish muhim bir jarayon bo`lib
hisoblanmoqda. Ushbu tizimga asoslangan o'yinlar va vazifalar faol ijodiy
fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: Tayyorlov
guruhida tarbiyalanayotgan bolalar o’zlarini qiziqishlarini aniqlab olgan bo‘ladi
shuning uchun ular mustaqil harahat qilishadi. Tarbiyachi ular tomonidan
yaratilgan narsalarni xato va kamchiliklarini bolalarga sekinlik bilan ularni ruxi
psixologiyasiga ta’sir o‘tkazmagan xolda tushuntirish kerak.
O‘zlashtirishi past bo‘lgan bolalar bilan (individual) yoki mustaqil (ular
tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli
tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar).
Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, atrofdagi kishilarbilan birgalikda
harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga erishishni bilishlari lozim.