1.2-§ Bolalarni milliy qadriyatlar asosida ijodiy qobiliyatlarini
shakllantirishning amaliy xususiyatlari.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari
ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to‘tgan xolda,
tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy
va nazariy muloqatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish
kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan,
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron
narsaning qadr qimmati haqida so’zlash bemanilikdir. Shuning uchun ham inson
qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy
saviyasini rivojlantirish, sog‘lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz
siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu keng
jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan
umummilliy masaladi.
Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo
hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan
chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari
asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa,
hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va
dolzarb ahamiyat kasb etadi”. Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani
amalga oshiradigan o‘quv muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish eng muhim va
jiddiy masalaga aylandi.
So‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va
mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech
kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning
ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato
bo‘lmaydi. Xulosa qilib aytganda, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat
18
hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va taraqqiyoti
uchun moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib
borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z
ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy,
ham ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika,
psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir
oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga
tegishli barcha huquq va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini
doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy
g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri – katta bir
darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham
ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar
yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash,
o‘tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi
bilan g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub
o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayotini go‘zal bo‘lishi, inson
o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z
mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir.
5
Kishining qurshab turgan cheksiz ko‘p narsa va hodisalar, shu jumladan,
milliy ma’naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret
millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo’lganlari
qadriyat deyiladi. Milliy qadriyatlar deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an’anasi,
fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi
tomonidan e’zozlanishga loyiq bo’lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro‘zg‘or
buyumlari, ro‘zg‘or tutishlari aytiladi. Masalan, o‘zbeklarning mehnatsevarligi,
mehmondo‘stligi xushxulqligi va muloyimligi, g‘ayratli va itoatgo’yligi, turli
5
Denyakina L.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarishdagi yangi yondashuvlar. M .: Yangi
maktab, 2008 .-- 96 b.
19
toifadagi odamlar bilan o’zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va
tafakkur bilan ish ko‘rishi, tinchliksevarligi o‘zbek milliy qadriyatlari bo‘lib
hisoblanadi. Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti
hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va
ma'naviy salohiyatiga bog‘liq.
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari dеyarli barcha mamlakatlar
uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo’yicha O’zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеv BMT Bosh Assamblеyasi 72- sеssiyasida
shunday dеdi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi
eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.Sayyoramizning
ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga еtishi bilan
bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi
uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g’oyasi “virusi” tarqalishining oldini
olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, uning huquq va
manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
lozim, dеb hisoblaymiz. O‘zbеk xalqining asriy an'analari, jumladan, tarbiya
sohasidagi an'analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog’liq. Yoshi kattalarga
salom bеrish, ularni hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni avaylash, ilm
olish va kasb o’rganishga da'vat, halol mеhnat qilishga chaqirish, qo’shnilar bilan
xushmuomala bo’lish kabi an'analar ozbeklar oilalarida, ularning dinga
munosabatlaridan qat'iy nazar, yoshlarga singdirib kеlingan.
Yoshlar tarbiyasida islom ma'rifatining muhim o’rnini e'tiborga olib,
O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoеv 2017-2018-yillarda
qator g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Samarqand viloyatida
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Tеrmizda Imom Tеrmiziy ilmiy
tadqiqot markazi va Toshkеntda O‘zbеkistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini
tashkil qilish to‘g‘risida davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasining tеgishli
qarorlari habul qilindi. Buyuk ajdodlarimizning bеbaho ilmiy-ma'rifiy mеroslarini
o‘rganishdan tashqari, ushbu muassasalarning asosiy vazifasi yoshlarni buyuk va
20
shonli o‘tmishga hurmat hamda iftixor bilan qarash, ulug‘ ajdodlarga munosib
avlod bo‘lishga, ilm va ma'rifat olishga intilish ruhida tarbiyalashdan
iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining
milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo‘yilgan
muhim vazifalardandir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari -
ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda,
tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy
va nazariy muloqatida namoyon bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodlarimizga el-u yurt, xalq,
millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini yanada oshirish,
ilm-u fanni va madaniyatini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va
qadriyatlarini o’rganish, munosib baholash borasidagi tarbiyachilarimizning
faoliyatlari katta axamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy
qadriyatlar asosida tarbiyalashda, milliy, ma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar
ongiga samarali singdirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida milliylik va milliy
ma’naiy qadriyatlar uyg’unligi mavzusida olimlar, yozuvchi va shoirlarning xayoti
va ijod yo’liga oid bo’lgan videofilmlarni qo’yib ko’rsatib borsak hamda
olimlarning poterteritlarini ko‘rsatib ularni suratini chizdirsak maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Albatta, har bir xalq o’z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib
qolmasligi kerak. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o’rganish hamma vaqt ham
taraqqiyotning omillaridan biri bo’lib kelgan.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir
millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar
bo‘lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa
millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina Shu mıllat
hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi.
6
Har bir xalq qadrlagan narsa
yoki
hodisa,
birinchi
navbatda,
uning
milliy
ma‘naviyati
bilan
6
“ Maktabgacha pedagogika” Sh. Sodikova. Toshkent – 2013 68-69 b
21
bog‘liq bo‘ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisa emas. Millat
taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning
takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish Sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy
qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta‘lim
yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan
milliy g’oya asosidagi tafakkurni, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda.
Shuningdek bugun yetishib chiqayotgan yosh kadrlar chuqur bilim va
ko’nikmaga ega bo’lishi kerakligini davrni o’zi talab qilmoqda. Buning uchun
shosh tarbiyachilar amaliy va nazariy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak
ajdodlarimizni boy tarixini, madaniyatini, urf-odatlarini yosh avlodga yetkazib
berishi kerak. Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi
milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida
shakllanadi. Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri,
o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib
yashaydi. Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk
ajdodlarimiz, XIX asr va XX asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya
xususida aytgan nazariy fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Zamonaviy pedagogikada ulardan foydalanish o‘z samarasini beradi.
Yuqorida oilada bola tarbiyasi yuzasidan berilgan nasihatlardan hozirgi
tarbiyachilar o‘z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan
bog‘lab yondashsalar, shak-shubhasiz yaxshi natija olish mumkin. Demak, oilada
inson tarbiyasi, uning hayotda o‘z o‘rnini aniqlashi, shaxsni yashashga o‘rgatish
jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan bo‘lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy
vazifasi shaxsni biror bir faoliyatga o‘rgatishdan iborat. Tarbiyaning umumiy
yo‘nalishlari qadim zamonda vujudga kelgan va rivojlangan. Tarbiyaning umumiy
tamoyillar asosida olib borilishi o‘ziga xos xarakterga ega. Shunday ekan, ota-
onalar ham butun davlatimiz bilan birgalikda oilada farzandlarini tarbiyalashda
milliy qadriyatlarimiz tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini anglab, uni
22
yangi shakl va metodlar bilan bog‘lab qo‘llasalar, farzandlar qalbi,
psixologiyasidagi tushunchalarni hozirgi davr tushunchalari bilan hamohang
bog‘lab borsalar, ayni muddao bo‘ladi.
O‘zbek xalqi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib,
insoniyatning ko‘plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik,
mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida
tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega
bo‘lgan «Pandnoma»lar, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz
yuragiga yaqin bo‘lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Abu
Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib,
Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo
Ulug‘bek, Sa’diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o‘nlab buyuk shoir va
mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko‘p e’tibor berilayapti. Bu
mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama
kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta
egallashlariga alohida e’tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt
keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar.
Buyuk mutafakkirlar o‘zlarining ijodlarida o‘quvchi-yoshlarni odobli
bo‘lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo‘lishga, halol mehnat bilan
yashashga da’vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o‘zining pedagogik qarashlarida
jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo‘lib qolishi, inson
oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta’kidlaydi.
7
Al-Farobiy
fikricha: «Insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi,
axloqiy va aqliy yo‘nalishga erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir» degan
fikrlarni aytgan. Tarbiyaning asosi maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga
7
Dilova N.G. (2021). Sharq allomalarining ilmiy merosi – uchinchi renesans uchun katta imkoniyat. Science and
Education. Vol. 2, Issue 10, 506-514 betlar
23
oshiriladi. Bog’chalarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan tarbiyalanuvchilarni
yuqorida ko‘rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan
boy ilmiy-madaniy merosimizni keng va har tomonlama o‘rganishimiz,
o’tilayotgan mashg’ulotlarimizni mazmun va mohiyatini chuqur o’rgatishimiz
kerak. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga
maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya berishning bosh maqsadlaridan
yana biri, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni
shakllantirishdir. Milliy urf odatlarni maktabgacha ta’lim
muassasalari
tarbiyalanuvchilari qalbiga singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va
faxrlanish, g’ururlanish tuyg‘sini shakillantirish hisoblanadi. Negaki milliy g’urur
xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘z ona tiligaasoslangan. Shu bois
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni
shakllantirishning mavjud holati o’rganilishi lozim.
Shunday ekan, biz tarbiya jarayonida inson shani, g’ururi, uyati, or-nomusi va
uni asrash, himoya qilish yosh avlodga o‘rgatishimiz, hamda oldimizga asosiy
maqsad qilib qo’yishimiz kerak. Bugungi yosh avlodimiz o’z taqdirini chinakkam
egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadiryatlarni sohibi sifatida
Odob-ahloqimiz namunasi sifatida ish tutadilar. Shu bois xalqimiz o’zligini
anglab mustaqillik poydevorini tobora mustaxkamlab bormoqda. Har bir
davlatning istiqboli, xalqning farovonligi, osoyishta bo’lishi yosh avlod umidli
o’g’il qizlariga bog‘liq. Chunki ertangi kun ular qo‘lida. Umuman olganda,
yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti,
madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma’naviy
jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, fikrli inson bo‘lib yashaydi. Markaziy
Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk ajdodlarimiz, XIX asr va XX
asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya xususida aytgan nazariy
fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q.
|