II.BOB. TAYYORLOV GURUH TARBIYALANUVCHILARINI IJODIY
QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI VA
METODLARI.
2.1-§ Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarini ijodiy qobiliyatlarini
uslubiy jihatdan shakllantirish
Muhtaram yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev oliy majlisga yo‘llagan
murojatida “Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta’lim o‘rganish
bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz”-
deya ta’kidlaganlar. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek O‘zbekistonning ertangi
kuniga ishonchi mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo‘lish uchun islohatlarni
ilmdan boshlash kerak.
Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo‘lmaydi. Sungi yillarda bu boradagi
muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi. Shu
maqsadda qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks sa’y-
harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi.Maktabgacha ta’lim, umumiy
ta’lim va oliy ta’lim tizimi mazmunan va sifat jihatdan yangilanib
bormoqda. Xususan “O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renesans
davriga poydevor yaratilmoqda”. Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki,
donishmand xalqimizning uzoqni ko‘ra olishi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan
barcha sinovlardan munosib o‘tib kelmoqdamiz. Shu nuqtayi nazardan, bizning
insoniy qadr-qimmatimizni, g‘urur va sha’nimizni, dinu diyonatimizni, milliy
davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni vatanimizning shonli tarixida
hamisha eng yorqin sahifa bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil
7-iyuldagi 4-sonli hayat yig‘lishi qaror bilan tasdiqlangan “Ilk qadam maktabgacha
ta’lim tashkilotining o‘quv dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda
komptensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash,
unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ahloqiy me’yor va
36
qadryatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish “Men” obrazini
qurishga bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda
tutishi belgilab berilgan. Jumladan “Ijodkorlik” sohasidagi o‘quv tarbiyaviy
faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola quyidagi layoqatlarga ega
bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan: san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; milliy
an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi,
san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan
bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va
tatbiq qilish uchun foydalanadi; insonning dunyo o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik
rolini tushunadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ma’naviy-xissiy
rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar musiqani badiiy asarlarni diqqat bilan
tinglaydilar,tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, yomonlikni
qoralaydilar. Bolada musiqiy va shoirona tinglash qobilyati rivojlanadi. Ularda
ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan
barqaror qiziqish paydo bo‘ladi. Bolalarda badiiy-ijodiiy qobiliyat rivojlana
boshlaydi. Kuztayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan
she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy
asarlaridagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida
ishlatadilar. Tevarak- atrofdagi go‘zallikka, san’atga badiiy o‘yin va faoliyatning
har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa
bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish dolzarb ahamiyatga molik masalalardan
biridir. Bolalarni tasviriy faoliyat orqali turli ranglar jilosini his qilishga, estetik
qobilyatlarini o‘stirishga faol chuqur fikrlashga va ko‘tarinki kayfiyatda ishlashga
o‘rgatib borish muhimdir. Tasviriy faoliyat (rasm, loy ishi, applikatsiya, qurish
yasash) bolalarda nafaqat qiziqish uyg‘otadi balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z
ishida aks etirishda, olamni ko‘z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman
har tomonlama shakllanishiga (estetik ahloqiy, aqliy) turtki bo‘ladi. Bolalardagi
37
fikrlash qobilyatini rivojlantirish uchun badiiy qobilyatning hamma turlaridan ham
xayolning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy
maqsad qo‘yishga o‘rgatiladi. Shu orqali u bolalarning o‘ziga xos qobiliyat va
imkoniyatlarni o‘rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga,
musiqaga xavas juda erta uyg‘onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday
mutaxassis bo‘lishini aniqlash huquqini bermaydi.
Bolani kelajakda kim bo’lishini biz bolalarni harakatlaridan, nimalarga
qiziqishidan bilib olsak bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda tasfiriy faoliyatni o’rni va ahamiyati juda muhim
hisoblanadi. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya — bu tasviriy
faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish
hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she’ri va rassomning asari.
Tasviriy faoliyat maktabgacha yoshidagi bolalarni har tomonlama
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan
tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash
uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli,
katta-kichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo‘ladi. Bolalarda
badiiy-ijodiiy qobiliyat rivojlana boshlaydi. Kuztayotgan san’at asarlari,
eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini
ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar.
Bu jarayonda ko‘rish, sezish, qo‘1 harakatlari ishtirok etmay
qolmaydi. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko‘rib chiqish jarayonida
predmetni katta-kichik guruhlarga bo‘lib , uning shaklini o‘zgartirib, rangini turli-
tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli
xil material (qog‘oz, bo‘r, bo‘yoqlar) bilan ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ular
bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o‘sishiga sabab
bo’ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (tahlil,
sintez, taqqoslash umumlashtirishning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o‘z
navbatida, bolalarning oqilona o‘sishiga olib keladi.
38
Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga
oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati katta
10
. Chunki bolalar predmetlar bilan
uzviy bog’lanadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-
kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa
bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi.
Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi.
Chunki bolalar o‘z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo’layotgan
voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan manun bo’ladilar, ta’sirlanadi,
hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari
boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga
intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar
tarbiyalanadi. Bolalar bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlar
tarbiyalanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishga
nisbatan real munosabatda bo‘lish, to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining
ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat bu
bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga
undovchi faoliyat hisoblanadi.
Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o‘stirish, tarbiyalash kerak, faqat
navbatchilik orqali ba’zi bolalarda emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat
bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir
predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu
estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining
rivojlanishi — bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan
bog‘liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa yoki his etsa, u
shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand
bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi
10
Mа’murоv B.B. Оilаdа sоg‘lоm bоlа tаrbiyаsiG‘G‘ O‘quv qo‘llаnmа. - Tоshkеnt “Turоn zаmin ziyо”
2014. 131 b.
39
sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o‘rganadilar. Ularda tasviriy san’at
asarlarini
tushunishga,
ularga
nisbatan
his-tuyg‘uni,
munosabatni
tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy-ijodiy o'stirishda muhim rol
egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok
etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash
hisoblanadi. Masalan, tabiatga yoki istirohat bog‘iga sayr, ko‘z faslida sayohat
uyushtirish.
Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak-atrofni kuzatishda paydo
bo‘luvchi estetik his-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri baho
berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni
o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ularni
ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta
ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini
egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli
egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni
tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani
hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yo‘llarini izlab topish bu o‘quv
faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini
nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o‘ynaydi.
Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib
boradi. Maktabda qiziqishga xohish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsad sari
intilish, tartibli holda shug‘ullanish va shu kabilar.
Shunday qilib, tasviriy faoliyat jarayonida olgan malakalar bolalami maktab
hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo‘ladi. Tasviriy faoliyat bo‘yicha
maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi
bolalarda tevarak-atrofga nisbatan bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy
qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim
muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur
40
bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda
fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi.
Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini
o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur
bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bunday malaka va ko‘nikmalarga:
topshiriqni tinglash va yodda tutish ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini
rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va
kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli
saqlash va boshqalar kiradi. Pedagoglaring olib borgan tekshirishlari shuni
ko'rsatadiki, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni
maktabga tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixologlardan
E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o‘quvchilarining tasviriy
faoliyatini o‘rganish jarayonlari shuni ko‘rsatib o‘tadiki, maktabda tasviriy san’at
darslarining tuzilishi, bolalar bog‘chasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari
asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat jarayonida bolalar
asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlari bilan rasmga qarab
hikoya
qilish,
kitobdagi
illustratsiyalarni
ko‘rib
chiqish
jarayonida
tanishadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy san’atning turlari
rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada
chuquroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat
mashg‘ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy
applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida barcha
mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida
rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi.
Bunda predmetli rasm bo‘yicha naturaga qarab rasm chizish o‘quv predmeti
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo‘yicha amaliy
ishlar maktabda qo‘l mexnatiga kiritiladi. Tayyorlov guruhi tasviriy san’at
41
dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo‘yicha o‘quv vazifalari
ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog‘cha dasturi bo‘yicha
ayrim takrorlash ishlari kiritildi. Tayyorlov guruhida bolalar doira, kvadrat,
to‘rtburchak, aval kabi tuzilishga ega bo’lgan predmetlami aniqlashga o‘rganadilar,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar oldiga qo‘yilgan vazifa rasm chizish
texnikasini egallashdir
11
. Bunga sabab, hamma bolalar bog‘chadan maktabga
kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda
olgan bilimlardan boshlash lozim.
Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkaziladigan
mazmunli rasmning davomi sifatida o‘tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa
va predmetlami kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni
chizadilar. 0‘quvchilar ob’ektlar o‘rtasidagi mazmunli bog’lanishlarda uzoqdagi
predmetlami kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda
texnik tartibga doir vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri
bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ixtiyorlari bilan xalq
amaliy-dekorativ san’at elementlaridan foydalanish va san’at haqida o‘tkaziladigan
dars-suhbat jarayonida o‘rganadilar. Bolalarni tasviriy san’atga o‘rgatish metodlari
bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish
xususiyatlari o‘rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o‘rgatish
metodikasi o‘rtasida ham ko‘p o‘xshashlik bor. Maktabda o‘qituvchining rasmini
ba’zi bir elementini ko‘rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish
usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli
ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo‘lsa,
tartib tushuntirilgandan so‘ng, o‘chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega
bo‘lgan predmet tasvirlansa, o‘qituvchining doskada ko‘rsatib berishi bilan ketma-
ket tasvirlanadi. Tarbiyachi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan
11
Majidov J. Maktabda tasviriy san`at bo`yicha o`quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etish T.1995. 45-46 b
42
yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko‘rsatadi.
So‘ng o‘quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning
qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va tahlil qilish
uchun rasmlar to‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv
xarakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo‘yicha
o‘tkaziladigan har bir dars tarbiyacchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash
kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o‘tishda
o‘qituvchi bolalarning tartibli ravishda chizish qoida va yo‘llarni
eslatib turadi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining
ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin.
Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proporsiyasi, konstruksiyasi,
qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday
qilib, boshlang'ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal
etilishi, bolalar bog‘chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bilan
uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim
muassasasida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm
chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm
chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish
xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirga
yordam beradi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko‘rinishda bo‘ladi. Agar
tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo‘lsa, tartib tushuntirilgandan so‘ng,
o‘chirib tashlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o‘tishda o‘qituvchi bolalarning
tartibli ravishda chizish qoida va yo‘llarni eslatib turadi Bolalar guruhdagi olib
boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarida, qalamdan erkin foydalanishga o‘z
harakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar. Bu malakani egallash,
xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proporsiyadagi
predmetlami chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni
zarurligiga, harakatini uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar.
|