§ Tajriba sinov ishlarini tashkil etish etish……………………………………64
3.2-§ Tajriba sinov ishlari natijalari tahlili……………………………………….73
Umumiy xulosa va tavsiyalar……………………………………………………..76
Adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………………………... 78
3
Kirish.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha
mashg'ulotlar bolaning shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu sohada olimlar va psixologlar tomonidan olib borilgan barcha
tadqiqotlar, ijodiy qobiliyatiga ega bo'lgan bolalar boshqa bolalarga qaraganda
atrofda sodir bo’layotgan hodisalarga kreativ yondashishi va o’rtoqlari hamda
begona shaxslar bilan muloqotga kirishishlari oson bo’lishi isbotlangan. Bundan
tashqari yanada barqaror ruhga ega ekanligi hamda do’stlari bilan tez muloqotga
kirishishi isbotlangan. Kichik yoshda kompleks rivojlanishga, ya'ni maktabgacha
yoshdagi bolalarning adabiy, badiiy va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. San’at orqali ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish eng samaralisidir.
Tasviriy san’atga oid mashg’ulotlar tarbiyalanuvchilarni ma’naviy
dunyoqarashni, g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U
fikrlash qobiliyatini, ko‘rish xotirasini, ijodiy tasavvurni, badiiy didni, estetik
hissiyotni o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim tasviriy san’at mashg‘ulotlarining har
bir turi (narsaning o‘ziga qarab rasmini chizish, mavzu asosida rasm chizish,
tasviriy san’at haqida suhbat) tarbiyalanuvchilarni ijodiy qobiliyatininig o‘sishiga,
dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama
kamol toptiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik
xususan badiiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya - bu tarbiyalanuvchilarning
hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, jamiyatdagi go‘zalliklarini to‘liq idrok etish
qobilyatini tarbiyalashdir. Go‘zallik kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir
etib, ma’naviy dunyoqarashini boyitadi. Estetikaning isonlarning ijodiy
faoliyatlaridagi roli benihoya kattadir. Hayotga estetik munosabatda bo‘lish
ilhomning asosi hisoblanib ma’naviy zavq olishga yordam beradi. Estetik tarbiya
jarayonida kishilarning qarashlari, diqqati, his-tuyg‘ulari, didi shakllanadi.
4
Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan
biri tarbiyalanuvchilarda borliqni faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va
qobiliyatni shakllantirishnigina emas, balki ularda go‘zallik qonunlari asosida
borliqni qaytadan qurish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizdagi har bir inson
qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra
bilishi va tushuna bilishi kerak. Tarbiyalanuvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash
maqsadida tarbiyachi ularga tabiatdagi go’zallikni, shakllarning turli-tumanligini
ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan
tasvirlab bo‘lmas rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi.
Tabiat manzarasini, daraxt shoxlarini, barglarni, gullarni o‘ziga qarab
rasmini chizish, ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish orqali bolalar tabiatga
ko‘proq qiziqadigan bo‘ladilar. Bunday darslar bolalarga dunyoni keng va
atroflicha ko‘ra olishga, shuningdek ko‘rish orqali olgan taassurotlari doirasini
kengaytirishga, narsalar haqida aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam
beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, mutanosibligi,
fazodagi holatlari, rangi va och-to‘qlik nisbatlarini diqqat bilan o‘rganadilar.
Maktabgacha ta’lim tizimi yanada yuksalishi uchun Davlatimiz Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev Miromonovich tashabbuslari bilan bir qator farmonlar, qarorlar,
farmoyishlar, buyruqlar qabul qilinganligi barchaning e`tiboridadur. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312 sonli “O‘zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha
ta`lim
tizimini
2030
yilgacha
rivojlantirish
konsepsiyasi’’ 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’gi
1
PQ 2707-sonli,
2017 yil 30 sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’gi PQ 3261-sonli qarori, shuningdek
Maktabgacha ta`lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1 mh sonli Ilk va
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada
taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasidagi nutqidan
5
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari’’ hamda
Ilk qadam’’ maktabgacha ta`lim muassasasining Davlat o`quv dasturini amalda
joriy etish kabi davlat xujjatlarida bu sohaga oid masalalarni hal etish nazarda
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy
maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin
tutadi” deya ta’kidlaydi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
Ta’lim Vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli
maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan
“Ilk qadam” davlat o’quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni
to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning
o‘rni belgilab olindi.
Dostları ilə paylaş: |