II BOB YUZASIDAN XULOSALAR Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va
vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga
tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va
umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni
ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma'rifiy-madaniy
tarbiyasida tabarruk dinimiz imkoniyatlari, buyuk ma'naviy-ma'rifiy mеrosimizdan
foydalanish birinchi masala darajasiga olib chiqish hozirgi kunni dolzarb
masalalaridan biri bo’lib turibdi. Shuning uchun tarbiyachi har bir mashg’ulotida
bolalarga
milliy
qadiriyatlarimizni
singdirib
borishi
kerak.
Milliy
qadiriyatlarimizni tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun zamonaviy metodlardan
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi bundan tashqari bolalarni o’zlarini tarixiy,
madaniy, modiy obidalarimizga olib borsa bolalar tarixiy obidalarimizni o’z
ko’zlari bilan ko’rsa ularning xotirasida yaxshi qoladi hamda o’z tarixiga qiziqa
boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar juda qiziquvchang bo’ladi bu yoshdagi
bolalarni biz tarbiyachilar qiziqtira olsak ularda mudrab yotgan qobiliyatlarni
ertaroq uyg’onishiga sababchi bo‘lamiz.
Biz faoliyat jarayonlarini to‘g‘iri olib borsak bolalarda badiiy-ijodiy
qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar,
ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular
o‘zlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar Bu ayniqsa, ular qo‘g‘irchoq
teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon
bo‘ladi. Bolalarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda rasm chizish yaxshi samara
beradi. Chunki rasm chizdirish orqali bolalarda diqqati, xotira, kuzatuvchanlik,
sabr, ijodkorlik, kreativlik va shu kabi ko’plab malakalarini shakillantirishimiz
mumkin. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, san’at markazlari orqali maktabgacha
yoshdagi
(tayyorlov
guruhi) tarbiyalanuvchilarini ko’plab qobiliyatlarini
rivojlantirishimiz mumkin.