Termiz davlat pedagogika instituti maktabgacha fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə5/7
tarix27.04.2023
ölçüsü152,5 Kb.
#103576
1   2   3   4   5   6   7
MT 1-KURS MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI (2)

Malakaviy amaliyoti o‘tkazilganda-talabalar, ta’lim tashkiloti bilan umumiy tarzda tanishadilar. Umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashni nazoratda tutadi. Amaliyot natijasi va hisoboti baholash mezonlari asosida baholanadi.


Amaliyotchi talabaning vazifasi

1. Malakaviy amaliyot davrida amaliyotchi talaba institut rahbariyati yo‘llanmasiga (buyrug‘iga) asosan MTT pedagogik jamoasining a’zosi hisoblanadi. U amaliyot davrida ta’lim-tarbiyaga oid savollar bilan MTT tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari va MTT ma’muriyati hamda MTT tarbiyachilariga murojaat etishga haqlidir. Amaliyotchi talaba ish o‘rganish maqsadida MTT pedagogik yig‘ilishlarida qatnashishi mumkin. Shuningdek, MTT dagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish xuquqiga ega hisoblanadi.




2. Amaliyotchi talaba MTT Ustavi bo‘yicha barcha ichki-tartib qoidalariga bo‘ysunadi. Agar amaliyotchi talaba ma’muriyat talablari, amaliyot rahbari ko‘rsatmalarini bajarmasa, shuningdek, MTT tartib-qoidalarini buzsa, malakaviy amaliyotdan chetlashtiriladi va bu haqda tegishli xat orqali kafedra yoki institut o‘quv bo‘limiga habar qilinadi. Bunday holda talaba amaliyot o‘tamagan hisoblanadi.




3. Amaliyot jarayonida talaba kundalik daftar yuritadi. Kundalik daftar amaliyotchi talabaning asosiy ishchi hujjati hisoblanib, uning pedagogik faoliyati yoritilib boriladi.




4. Malakaviy amaliyot tugaganidan so‘ng amaliyotchi talaba malakaviy amaliyot davrida bajargan ishlari to‘g‘risida maktabgacha ta’lim kafedrasiga hisobot topshiradi.




  • amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasi (amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlangan)


  • kundalik daftar
  • MTT tarixi va MTT jamoasi to‘g‘risida ma’lumot;

  • mustaqil tayyorlangan maqola (fotosuratlar bilan birgalikda)

  • amaliyot o‘taganligi haqida ma’lumotnoma


  • Yüklə 152,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin