Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida amaliyot o‘tkazish uchun kerakli ish hujjatlarini talabga muvofiq tayyorlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida malakaviy amaliyot o‘tkazish uchun xonada kiyiladigan oyoq kiyimda bo‘lishi.
Amaliyotga o‘z vaqtida borishi, berilgan vazifa va topshiriqlarni og‘ishmay bajarishi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ichki tartib qoidalariga to‘la rioya qilishi va maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi bilan hamkorlikda ishlashi va muloqatda bo‘lishi lozim.
Sababli amaliyotga bora olmasa amaliyot rahbari va MTT tarbiyachisini oldindan ogohlantirish.
Kafedra o‘qituvchilari va amaliyot rahbari bilan uzviy aloqada bo‘lishlari.
Amaliyot bo‘yicha ish hujjatlarini, ko‘rgazmali qurollarni belgilangan vaqtda kafedraga topshirish.
Izox;Amaliyotdan baholanmagan talabalar sessiyaga kiritilmaydi.
Malakaviy amaliyotni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Amaliyotlar bakalavriat ta’lim dasturining majburiy qismi hisoblanadi. Amaliyotlar o‘quv, tanishuv va pedagogik amaliyotlar shaklida bo‘lib, talabalarning kasbiy amaliy tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi, bakalavrlar tayyorlashning ta’lim dasturi-o‘quv -tanishuv, pedagogik va bitiruv oldi amaliyotlarini o‘z ichiga oladi.