Talabaning alohida fikr-mulohazasi, xulosa hamda takliflari.
Hisobot MTT amaliyot rahbari tomonidan imzo qo‘yilib, muxr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Malakaviy amaliyot 1 kursda 1semestrda ikk hafta davom etib, 2 semestrda 3 hafta davom etib, maktabgacha ta’lim tashktlotlarida o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malakaviy amaliyotni tashkil etish
Talabalar malakaviy amaliyot davrida:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoiti, joylashishi, hamda pedagogik jamoasi va boshqa xizmatchilar bilan tanishish.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlari bilan tanishish, guruhlarga taqsimlash va tarbiyachilarga biriktirish.
Talabalar biriktirilgan guruhlarning bolalari, ularning ota-onalari bilan tanishadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar
Tarbiyachilarning ishlarini kuzatadilar
Bolalar jamoasini, ularning taraqqiyot tarbiyalanganlik darajalarini, individual yakka-yakka xususiyatlarini o‘rganadilar.
Guruhlardagi bolalarni joylashtirilishi, guruh jihozlanishini kuzatadilar
Kundalik daftarga pedagogik jarayonlar hisobotini yozib borish;
Katta tarbiyachi ishi, ish hujjatlari, metodik xonani jihozlanishi bilan tanishish;
Yakuniy konferensiya uchun ko‘rgazmali materiallar va ish hujjatlari tayyorlaydilar.
Talabalar malakaviy amaliyot davrida:
Tarbiyachilar bilan guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni kuzatadilar, tahlil va muhokama qiladilar.
Ularning «Maktabgacha ta’lim tashkiloti»da ta’lim-tarbiya dasturi talablariga muvaffiqligi haqida qisqa yozma xulosa tuzadilar.
Guruhlarda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va ularni hisobga olishi ish shakllari bilan, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va katta tarbiyachisining ishi bilan ham tanishadilar.
Kun tartibini kuzatish (kundalik jarayonlarning mazmuni, tuzilishi va davomiyligi).
Kundalik jarayonning taqsimlanishi va bajarilishi.
Bolalarning faol bedorligini ta’minlovchi sharoitlarni kuzatish.
Tarbiyachining kun tartibini tashkil etishga karatadigan faoliyatini kuzatish, o‘rganish.
Bedorlik jarayonida bolalarning o‘z qobiliyatlarini ko‘rsata olishlarini kuzatish, o‘rganish.
Uslubchi, tarbiyachi, enaga, tibbiyot hamshirasi tomonidan olib boriladigan ishlar mazmunini o‘zaro aloqadorligini o‘rganadilar.