Termiz davlat Pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi -kurs talabasi G’aybullayev Umarnig “A”-sinf uchun tayorlagan



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/2
tarix07.07.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#136105
1   2
1-soatlik-das-ishlanma-tarix (2) umar

IV.«Insert» metodi
Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:
Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa; S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa; D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.

So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.


O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
SHundan so`ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.
V.Guruhlarda ishlash


1-guruhga topshiriq
Farg’ona vodiysida Jung’orlar bostirib kirganda Minglarga qaysi urug’lar yordamga keldi deb o’ylaysiz(Yuzlar, qipchoqlar va qirg’izlar)
2-guruhga topshiriq
Xonlikda birinchi qaysi hukmdor tomonidan tanga pul zarb ettirilgan deb o’ylaysiz? ( Norbo’tabiy tomonidan)


3-guruhga topshiriq
Qo’qon xoni Olimxon kimning o’g’li deb o’ylaysiz? (Norbo’tabiyning o’g’li)

  1. O’quvchilar bilimini baholash. Guruh ballarini e’lon qilish




  1. Uyga vazifa

Mavzu savollariga qisqacha javob yozish. Dunyo xabarlaridan ma’lumot aytib berish. Mavzudagi yillarni yodlab xronolik lug’at daftariga yozib kelish.
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin