2.2. O’smirda “Men” siymosining shakllanganlik darajasi. O’smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning “men”i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. O‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan.Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bog‘liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon boiadi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. O‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boiadi. O‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keying davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bog‘liq. Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. O‘smirlarda ko‘p uchraydigan “mos emaslik affekti” (arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq. O‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi. O‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi. Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishiga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan illyuziya paydo bo‘ladi. “Xayoldagi auditoriya” fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. O‘smirlik egotsentrizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afsona - bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda tengdoshlari bilan o‘z hissiyotlarini bo‘lishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin. Men konsepsiyasi- o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi. O‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini,o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. O‘smirlarning o‘zi bilan bog‘liq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga “tashqaridan” qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq. Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi.
Bu o‘smirning o‘ziga “tashqaridan” qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi. O‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishga, o‘zini “ichdan” ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholashga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. O‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi. O‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15-18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muammosi bilan bog’liq. 18-21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shaxsiy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.