Termiz davlat pedagogika instituti


“Men’’ siymosida o’rganilganlik holati



Yüklə 232,93 Kb.
səhifə3/8
tarix30.01.2023
ölçüsü232,93 Kb.
#81675
1   2   3   4   5   6   7   8
NAZOKAT KURS ISHI 1

1.2. “Men’’ siymosida o’rganilganlik holati.
O‘zbekistonlik psixologlarning o‘smirlik davri xususiyatlari borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratamiz. G.B.Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning “o‘smirlarda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining turli vaziyatlarda rivojlanishi” mavzusidagi ilmiy ishida mehribonlik uylarida, oilada va mehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi o‘smirlarda tadqiqot olib borgan bolib, psixik og‘ishish chegaraviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, biologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradigan qo‘rqinch determ inatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo munosabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan qo‘rqinchning o‘smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni tashkil etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponentlarga bog‘liqdir. Muallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy subyektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda tutib, ushbu qo‘rquv biologik hamda ijtimoiy qo‘rquv xususiyatlarini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishini ta’kidlaydi. D.R.Rahmonova qo‘rquvning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlarda emotsional namoyon bo‘lishiga hamda shaxsning psixik holatlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smirlardagidan farq qilishini aytib o‘tadi. Tadqiqotchi tomonidan dezintegratsion qo‘rquv pubertat davridagi yosh xususiyati sifatida ko‘rilib, o‘smirda ijtimoiy vaziyat malakasining rivojlanishi psixik holatlar xarakteri va psixotravmatik holatlarni yengib o‘tishni belgilab berishi e’tirof etilgan. D.R.Rahmonova tadqiqotining ijobiy tomonlari shundaki, u bu davr xususiyatlarini turli muhitda tarbiyalanayotgan o‘smirlar misolida olrganadi. Ya’ni ularning natijalarini o‘zaro solishtirish orqali xulosa chiqaradi. O‘smirlarda stress holatidan keyingi psixologik xususiyatlarni tadqiq etgan G.V.Xrulnova jarohatdan keyingi stress holati belgilari, jarohatdan so‘nggi stress holatining tarqalganligi, psixologik jarohatni boshidan o‘tkazgan o‘smirlardagi boshqa psixik buzilish va shaxsiy og‘ishishning ifodalanishiga e’tiborini qaratib, jinsiy belgilar bo‘yicha stressli holat dinamikasining psixologik xususiyatlarini yoritib beradi1. G.V.Xrulnovaning fikricha, olsmirlarning stressli vaziyatlardan chiqish malakalarining mavjud emasligi somatik, emotsional, xulq-atvor, kognitiv, shaxsiy bosqichda ma’lum darajada stressdan keyingi buzilishlarni vujudga keltiradi. U o‘smirlarda stress reaksiyalarini vujudga kelishiga oiladagi, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muammolar, travmatik malaka sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi. O‘quvchilarda emotsional barqarorlik va uning shakllanish masalalariga e’tiborini qaratgan M.G.Davletshinning shogirdi G.A.Bogdalova emotsional barqarorlik xususiyatlari tarkibi, mexanizmlarini hamda uning o‘smirlik yoshidayoq shakllanish imkoniyatlari va prinsiplarini o‘rgangan. G.A.Bogdalova tadqiqot natijalariga asoslanib, emotsional barqarorlikni quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida ko‘rsatadi:
a) xulq-atvorda barcha emotsiyalarning e’tiborsiz namoyon etilishi;
b) emotsiyalarning osonlik bilan, silliqqina bir holatdan ikkinchi holatga ko‘chirilishi;
d) kishining o‘z xulq-atvoriga mustaqil baho berishi.
O‘smirlik davri xususiyatlari va emotsional o‘zgarishlarni tadqiq etish B.M.Umarov ishlarida ham ko‘rinadi'. U bolalar hamda o‘smirlar suitsidining yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritib bergan bo‘lib, olimning fikricha, o‘qituvchi, o‘quvchi hamda oila a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo nizolar, “sevgi-muhabbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar”, “qo‘rquv”, “his-hayajon”, “g‘am-g‘ussa” va yosh davri “inqirozlari” bolalar, o‘smirlar suitsidining asosiy sabablari bo‘lib hisoblanadi. Muallif qo‘rquv holatiga suitsidni yuzaga keltiruvchi omil sifatida qaraydi.
J.Piajening ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri — til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi.0‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. O‘smir tafakkurning nazariy darajasiga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. O‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi.0‘smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o‘sha masala doirasida boiadi. Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo‘yicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar.0‘smir tafakkuri ko‘pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi.Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi: tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik,yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bolgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim. Muxammed Gabdulgalimovich Davletshin 0‘zbekistonda ilmiy maktab yaratgan, o‘smirlar ruhiyatini chuqur o‘rgangan yetakchi psixologlardan biri. Respublikamizda professor M.G.Davletshin tomonidan psixologiya fanining turli masalalari bo‘yicha 250ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Ustoz tomonidan qoldirilgan eng yirik monografiya va o‘quv qo‘llanmalar sirasiga “Qobiliyatlar va uning diagnostikasi” (1979), “Yosh va pedagogik psixologiya”(1974), “Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi”(1999), “Umumiy psixologiya” (2001), “Yosh va pedagogik psixologiya” (2004) va boshqalarni kiritish mumkin. M.G.Davletshin 1957-yil “5-7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Olim 1971-yil “O‘quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. Professor M.G.Davletshin mehnat ta’limi va kasbga yo‘llash muammolariga, texnik qiziqish va texnik qobiliyatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlariga, respublikamizdagi pedagogika oliy o‘quv yurtlari va universitetlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish muammolariga ko‘p e’tibor beradi. M.G.Davletshinning ilmiy qiziqishlari asosan oliy maktablarda psixologiyani o‘qitish samaradorligini oshirish muammolariga qaratilgan edi. M.V.Vohidov rahbarligida M.Dadajonov tomonidan “5-sinf o‘quvchilarida geografik kartani o‘rganish jarayonida fazoviy tasavvurlarning shakllanishi” nomli tadqiqotida aniqlanishicha, geografik kartani o‘zlashtirishning mustahkamligi undagi obyektlarning joylashishi haqida o‘quvchi ongida fazoviy tasavvurlar tizimining vujudga kelishiga bog‘liq .

Yüklə 232,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin