III BOB O’smirlik davrida bilish jarayonlaring rivojlanishiga doir tajriba sinov ishlari 3.1.Tajriba sinov ishlarini olib borish. Oʻsmirlik davrlarda “Men“ siymosining xususiyatlari boʻyicha tajriba sinov ishlarini Termiz shahridagi 13-sonli Maktabida olib bordim. Maktab oʻquvchilarida ʻʻkuzatishʻʻ metodidan foydalanib ularni kuzatdim va tahlil qildim.Kuzatish (psixologiyada) voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali uzluksiz , batartib, mukammal idrok qilish ; voqelikni hissiy bilish uslubi .Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari , xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishda qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Keyingi metodika: Bilimlarni egallashda intilish metodikasi bu metodika E.P.Il'in va N.A Kurdyokovalar tomonidan tavsiya qilingan. Metodikaning koʻrsatmasi berilgan savollar qatoriga juft javoblar koʻrsatilgan. Ikki javobdan savolning holatiga koʻra kerakligini tanlab olib "a","b" harflari bilan belgilaysiz. Javoblar ichidan oʻzingizga muvofiq keladiganini tanlashingiz shart. Metodika 12 ta savoldan iborat har bir kalitga 1 ball beriladi. Bu metodikaning Termiz shahar 13- maktabning 7- sinf oʻquvchilarida shu metodikani oldim.
3.2.Tajriba sinov ishlarini tahlil qilish Oʻsmir yoshdagi bolalar bu oʻzlarini anglash oʻzlariga koʻproq eʼtiborni hohlaydilar. Kuzatish metodida Termiz shahridagi umumiy oʻrta taʼlimning 13-maktabidagi 7-“a”sinf oʻquvchilarini kuzatim. Ularning oʻqish jarayonida anchalik oʻzgarish bor. Sinfda 25 nafar oʻquvchi bor. Bulardan 12 nafari qiz bolalar, 13 nafari oʻgʻil bolalardan iborat. Oʻsmirlik davrida bolalarda aqliy va biologik oʻzgarishlar yuz beradi. Ularda men siymosi shakllanadi.Oʻsmirlik davrida bolalarda doʻstlik tuygʻusi uygʻonadi.Kuzatish jarayonida baʼzi oʻquvchilar oʻzlarining aniq maqsadlarini qoʻyishgan va turli toʻgaraklarga ham borishmoqda. Baʼzi oʻquvchilar aniq bir narsaga qiziqishlari yoʻq. Maqsadi ham aniq emas. Orzularini ham aniq aytib bera olishmadi.Qizlar orasida oʻqishga qiziqish ancha yuqori ekan.Kuzatish metodi yordamida bolalarni anchalik darajada kuzatdim. ʻʻMenʻʻ siymosi - oʻz oʻzini anglashni yangi darajasi sifatida katta oʻsmirlik davrida yangi markaziy tuzulma hisoblanadi. Oʻz oʻzini anglashning yangi darajasini shakllanishi oʻz imkoniyatlarini va hususitlarini , oʻzining boshqalarga oʻxshashi va betakrorligini , oʻzini shaxs sifatida bilish extiyojidan kelib chiqadi. Oʻsmirlarning oʻzi bilan bogʻliq kechirmalari koʻpincha salbiy boʻladi.Bu oʻsmirning oʻziga ʻʻ tashqaridan ʻʻ qarishiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bogʻliq.
Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarida shuni kuzatdimki ular oʻzlariga juda yuqori baho berishar ekan.Ba’zilari esa tenqurlari va hatto kattalarni ham hurmat qilishni bilishmaydi.Buning asosiy sababi oilada tarbiyaning notoʻgʻri berilishidadir. Ikkinchi metodika: Bilimlarni egallashga intilish metodikasini 7a sinf oʻquvchilaridan oldim. Sinfda 25 nafar oʻquvchi 12 nafar oʻgʻil bola va 13 nafar qiz bola oʻquvchilarda bu metodikani oʻtkazdim.
jarayonida menga hamrohlik qildi.Oʻquvchilarni nazorat qilishga yordam berdi. Metodika tahliliga koʻra 18 nafar oʻquvchilarda yuqori natijalar qayd etildi, yaʼni ularda bilimga boʻlgan intilish yuqori. 7 nafar oʻquvchilarda esa past natija qayd etildi.Bilimga boʻlgan intilish pastroq. Yuqori natijalar qayd etgan oʻquvchilar bilan suhbatlashganimda ularga ota-onalari ham dars tayyorlashlariga yordam berishini aytishdi.Past natija qayd etgan oʻquvchilar esa darsga qiziqmasligini maʼlum qilishdi.Ota - onasi ham ishda boʻlishadi.Uyga vazifalarini nazorat qilishmaydi. 1 nafar oʻquvchi esa ota - onasi chet elda ,buvisi bilan yashashini aytdi.Buvisi keksaroq boʻlgani uchun vazifalarni oʻzim tayyorlayman deb javob berdi.
Xulosa qilib aytganda, bilim olishga intilish barcha oʻquvchilarda bor , lekin baʼzilarda yuqoriroq baʼzilarda esa pastroq. Ularga ota - onasi va sinf rahbari koʻmaklashsa yaxshi natijalar koʻrsatishadi.
Xulosa Oʻsmirlik davrida kuzatiladigan barcha jarayonlar ularning xulq - atvorida namoyon boʻladi. Ularning oʻz - oʻzlarini anglashi jamiyatga kirishishi men siymosining xususiyatlarida namoyon boʻladi. Atrofdagilarning oʻziga beradigan fikrlar judayam qiziq tuyiladi. Chunki oʻzini mukammal bilishini ich-ichidan hohlaydi. Shu sababli ularga beriladigan ta'rif qiziq tuyiladi. Ular boshqa jins vakillari bilan intim muloqot qurishga moyil boʻladi. Oʻsmirlik davrining yetakchi faoliyati bu - intim muloqotdir . Oʻsmirlar oʻzini koʻproq tushunadigan insonlar bilan koʻproq vaqt oʻtkazishini hohlashadilar. Ota- onalar tomonidan beriladigan taqiqlar oʻsmir yoshdagilarga yoqmaydi. Shu sababli ota - onalar bilan farzandlar oʻrtasida koʻplab nizolar kelib chiqadi. Ota - onalar ularning fikrida ularni tushunmaydi deb hisoblaydi. Bularni oldini olish uchun ota - onalar bilan maktab oʻrtasida oʻzaro aloqa oʻrnatishili kerak. Ota - onalar oʻsmir yoshdagi farzandlariga koʻproq vaqt ajratib, ularni qiziqishlarini inobatga oʻlib, e'tiborli boʻlishi lozim. O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar ular uzlarining layoqat, qobilyat va imkonyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qituvchilariga ko’rsatishga intiladilar bu holatni oddiy kuzatish yo’li bilan osongina ko’rish mumkun o’smirlik davrida ichki erkinlikning o’sishida, o’z-o’zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o’zgarishlari yuz beradi. Bunday o’zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamyati katta. Iroda oily psixik fumksiya sifatida o’smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistiral chizig’I bo’lib hisoblanadi. O’smirlik yoshi dunyo qarash, e’tiqot, prinsip, o’zligini anglash, baholash kobi shaxs xususiyatlari shakillanadigan davr xisoblanadi. O’smir ulg’aygan sari unda “Ideal Men” va “Haqiqiy Men” , “Axloqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakillana boradi, undagi o’zi to’g’irisidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo’ladi.