Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 232,93 Kb.
səhifə2/8
tarix30.01.2023
ölçüsü232,93 Kb.
#81675
1   2   3   4   5   6   7   8
NAZOKAT KURS ISHI 1

Mavzuning dolzarbligi: O’smirlarda o’z-o’zini baholash tashqi baholar ostida shakillanadi, bu esa keyinchalik interiorzatsiyalanib o’ziga munosabatga aylanadi. Bu esa malum intelliktual rivojlanish darajasi bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. “Men”obrazi asosida har bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakillanadi bu tizim “Men” siymosiga mos ravishda bo’lishini baholash dolbzarbligi.
Kurs ishining maqsadi: O’smirlarda “Men” siymosi shakillanganlik darajasini o’rganish. Bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o’z hurmatini talab qilish o’z so’zini o’tkazish, o’zini hurmatli, o’zini obro’li katta yoshli kishining obraziga o’xshatib rivojlantirish kuchli bo’ladi. Ularda o’z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o’z-o’zini boshqarishga intilish kuchayadi. Men siymosi rivojlanadi.
Kurs ishining vazifasi: O’smirlarda “men’’ siymosining shaklanganlik darajasini o’rganish va materiallarni tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti: Termiz shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta ta’lim maktabining o’smir yoshdagi o’quvchilari.
Kurs ishining predmeti: O’smirlarda “men’’ siymosining xususiyatlarini o’rganish.

I BOB Oʻsmirlarda “men” siymosini shakllanishini oʻrganishning nazariy jihatlari

    1. O’smir psixikasi va xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari.

O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas” ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik -bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taaluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri “o‘tish davri”, “krizis davr”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini “bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo’llarini va unga ta‘sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta‘sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. O’smirlik darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo’lishi, negativizm singari noxush xulq atvor alomatlari o’z–o’zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta‘sir ko’rsatadigan o’smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o’rni sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o’smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern “Do’stingni ko’rsatsang, kimligingni aytaman” degan naqlga “Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman” degan ma‘no berib, uni izoxlashga xarakat qiladi. Chunki o’smir xayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta‘sirida uning shaxsi shakllanadi. qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:
a) nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;
b) estetik tip-bunday shaxs uchun ob‘ektiv borliqni anglash yot bo’lib, u individual tanlanganlikka ega;
v) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa‘y-xarakatlaridagi shoiri ko’proq foyda (natija)ga qaratilgan bo’ladi;
g) ijtimoiy tip-xayotining mazmunini muxabbat, muomila va o’zgalar uchun yashash tashkil etadi;
d) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta‘sir o’tkazish va buyruq berish xosdir;
y) diniy tip-xar qanday voqeani ham xayotning va dunyoning moxiyati bilan xaspo’shlashga urinadi.
V.Shternning fikricha, o’tish davri nafaqat ideal va intilishlar, xislar hamda fikrlarning yo’nalganligi, balki xarakatlarning o’ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o’yinlari bilan kattalikning mas‘uliyatli faoliyati oraligidagi holat deb atab, unga “jiddiy o’yinlar” deb nom beradi. Jiddiy o’yinlar o’smirning maqsad qo’yishiga, turli qiziqishlarga o’z munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustaxkamlanishiga imkon berishini ta‘kidlaydi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bolishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini uluglab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O’smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi.0‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni majbur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi. O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar. O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Amerikalik psixolog (ingliz psixologi) E.Erikson (1902-1994) egopsixologiya yo’nalishi vakili sifatida mashhur. E.Erikson individda “Men” obrazini rivojlantirishga alohida e`tibor, ayrim muhim psixoanalitik holatlarni qaytadan ko’rib chiqqan. E.Erikson bir tomondan insonning ijtimoiy muhitga moslashuvini ahamiyati haqidagi tasavvur talqin tarafdori bo’lgan, shaxs xususiyatlari va motivatsion tizimlarini yuzaga kelishining biologik va jinsiy asoslarini tan olgan. Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan shaxsning tuzilmaviy modeliga asoslangan. Xuddi Z.Freyd kabi E.Erikson ham shaxs rivojlanishining bosqichlari oldindan irsiy belgilangan ekanligini, ularning etishlariga ko’ra, rivojlantirish tartibi o’zgarmasligini e`tirof etgan, mehnatsevarlik o’z-o’zidan qoniqmaslik. To’rtinchi ijtimoiy – psixologik davr Z.Freyd nazariyasida yashirin latent davrga mos keladi.
O’z jinsidan ota- ona bilan raqiblik bartaraf etilgan bo’ladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolani oila chegarasidan chiqishi sodir bo’ladi va tizimli ta`lim xususan madaniyatning texnologik tomonlariga qo’shilishi boshlanadi. E.Eriksonning kontseptsiyasida ushbu madaniyat doirasida ahamiyati bo’lgan qurol – aslahalar, hosiblik faxriy va ilmiy unvonlar bilan munosabatda bo’lishini bilish nimanidir o’rganishga aynan intilish va tez o’zlashtirishi universal deb tan olingan. Mehnatsevarlik, ishdan zavqlanish atamalari bu davrning asosiy mavzularni ifodalaydi bu davrda bolalar nimadan nima hosil bo’lishini va u qanday ishlashini bilishga intilishi bilan band bo’ladilar. Bolaning “Ego” muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” – men nimaga o’rgangan bo’lsam. Bolalar maktabda o’qib, faol ishtirok anglangan tartib – intizom qoidalariga qo’shiladi. Maktab tartibqoidalari bilan bog`liq bo’lgan odam mukammal ijrodir. Bu davrning qaltisligi shundaki, o’z-ozidan qoniqmaslik hissini, o’z qobiliyatlari yoki tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat. O‘smirlar guruhida o‘zini-o‘zi psixologik muhofaza qilish jarayoniga e’tiborini qaratar ekan, Sh.R.Baratovning shogirdi E.M.Muxtorov o‘smirlardagi o‘zini-o‘zi psixologik muhofaza qilish haqidagi tasavvurlarning shakllanishi eng avvalo ulardagi maktab hayotiga, o‘zini o‘zi baholashga, shaxslararo umumiy muloqotga bog‘liq bezovtalik me’yorlariga, shuningdek, 0‘smirlar faolligini ta’minlovchi xotirjamlik, g‘ayrat-shijoatlilik, hissiy ko‘tarinkilik, o‘z-o‘ziga ishonchlilik sifatlariga mutanosiblilik yoki nomutanosiblik ko‘rsatkichlarining namoyon etilishi bilan bogiiqligini ko‘rsatadi2. Muallif o‘smirlardagi o‘zini o‘zi adekvat hissiy baholash va ijtimoiy vaziyatga bog‘liq me’yoriy bezovtalik motivatsiyasi ko‘rsatkichlariga psixologik muhofaza mezonlari sifatida qaraydi. O‘smir shaxsi xususiyati, bu davrdagi o‘ziga xos jihatlar va xulqiy buzilishlar bilan bog‘liq muammolar N.G.Kamilova, E.I.Ganeyeva, Z.F.Kamaletdinova ishlarida yoritilgan. G.K.Tulyaganova “Tarbiyasi qiyin” o‘smirlarning motivatsion ehtiyoj doirasidagi qiziqishlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq etar ekan, uning ta’kidlashicha, tarbiyasi “qiyin” O‘smirlar qiziqish sistemasi ko‘p jihatdan ularni qurshagan “muhit” yetakchi ehtiyojiga, yosh xususiyatiga, muomala doirasiga bog‘liqdir, mo‘tadil o‘smirlar tarbiyasi “qiyin”lardan farqli o‘laroq o‘z qiziqishlarini boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Yosh xususiyatiga ko‘ra qiziqishning o‘zgaruvchanligi kichik maktab yoshidan boshlanadi, ularda qiziqishning zaif ifodalanganligi oldingi taraqqiyot bosqichi hosilasidir. G.K.Tulyaganovaning fikricha, 6-sinfdan boshlab tarbiyasi “og‘ir” o‘smirlarda o‘quv jarayoniga nisbatan qiziqish va motivatsiya susayadi, ammo ayrim tarbiyasi og‘ir o‘smirlar o‘quv motivatsiyasi yuksakligi bilan ajralib turadilar. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda o‘z-o‘ziga baho berishning o‘ziga xos xususiyatlari masalalari N.G.Kamilova ishlarida yoritilgan bo‘lib, ijtimoiy maqbul xulq-atvorni ta’minlashda yordam beradigan o‘z-o‘ziga baho berishning asosiy xususiyati o‘ziga bo‘lgan emotsional-qadriyatli munosabatni belgilovchi, kongruentlik va o‘z-o‘zini anglash bilan xarakterlanuvchi konstruktivlik ekani ta’kidlanadi. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda esa destruktiv o‘z-o‘ziga baho berish xos bolib, bu holat ularning shaxslararo munosabatlar jarayonida o‘z o‘rnini topishiga to‘sqinlik qiladi, turli nizolarni vujudga keltiradi va shaxsdagi xulqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi. R.I.Sunnatova maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar va kattalarda masalalarni hal etishdagi fikrlash faoliyatining individual tipologik xususiyatlarini tadqiq etgan bo‘lib, uning fikricha o‘ziga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabat, ya’ni kongruentlik o‘z-o‘zini baholash darajasi, shaxsning intilishi, mustaqil rivojlanishga ko‘maklashadigan konstruktiv o‘z-o‘zini baholash, o‘zini yoqtirmaslik, ichki nokongruentlik, o‘z-o‘ziga konformlilik holatlari bilan ifodalanadi hamda o‘z-o‘zini realizatsiyalashda ichki to‘siq bolib qoladi va mustaqil rivojlanish deformatsiyasiga olib keladi, ya’ni shaxs rivojlanishi umumiy yo‘nalishiga destruktiv ta’sir etadi. Muallif himoyasizlik va keraksizlik hissi ko‘rinishida namoyon boiuvchi bolalardagi yuqori darajadagi xavotirlilik destruktiv o‘z-o‘ziga baho berish bilan bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi. R.I.Sunnatova fikrlash faoliyatining individual-tipologik xususiyatlarini o‘rganib, bu xususiyatlar qatoriga mustaqil yoki mustaqil emaslik, o‘zini o‘zi baholashda konstruktivlik-destruktivlik, fikrlash faoliyatida qaror qabul qilish bo‘yicha shaxslararo ta’sir o‘tkazish holatlarida konfliktlik-konformlik kabilar kirishini ta’kidlagan.


Yüklə 232,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin