О‘zbekiston respublikasi oriental universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Pedagogika fakulteti dekani A. Iminoxunov



Yüklə 356 Kb.
səhifə1/7
tarix28.08.2023
ölçüsü356 Kb.
#140858
  1   2   3   4   5   6   7
O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabatining xususiyatlari




О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ORIENTAL UNIVERSITETI

Himoyaga ruxsat etilsin”


Pedagogika fakulteti dekani
________ A.Iminoxunov
«____» ________2023-y

KURS ISHI

Pedagogika” fakulteti


Pedagogika va psixologiya” yо‘nalishi
PP(s)-2-1 guruh talabasi Abdullayev Abdulla Abdulla o‘g‘li

O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabatining xususiyatlari”




Himoyaga tavsiya etilsin»
Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi mudiri: p.f.n., dots. _________F.Egamberdiyeva

Ilmiy rahbar:
__________




TOSHKENT-2023
Mundarija


Kirish ..…2
I BOB.O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari ..…...4
1.1. O‘smirlik yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari .....4
1.2. O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi .. …...12
II BOB. O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabati ..…...22
2.1. O‘smirlarning o‘quv jamoasidagi munosabatlari . ...….…22
2.2. O‘smirlik davrida shaxslararo munosabat .………..28
Xulosa ..….. 33
Foydalanilgan adabiyotlar . ...…35


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi1.
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi.O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari – “«Qanday kilib to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday kilib yaxshiroq aytish mumkin?» , «Nima deyish kerak?», kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida Yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi2.

Yüklə 356 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin