Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 232,93 Kb.
səhifə1/8
tarix30.01.2023
ölçüsü232,93 Kb.
#81675
  1   2   3   4   5   6   7   8
NAZOKAT KURS ISHI 1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanidan
O’smirlik davrida “Men” siymosining xususiyatlari

KURS ISHI


Bajardi: N.Mamatrahimova
Kurs ishini himoyaga tafsiya etaman: O.Eshmurodova

Termiz 2023

MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB O’smirlarda “men’’ siymosini shakllanishini o’rganishning nazariy jihatlari
1.1. Oʻsmir psixikasi va xulq atvorining oʻziha hos xususiyatlari..........................5
1.2. “Men’’ siymosining o’rganilganlik holati ……………………………..……11
1.3. O’smirlarda o’zini-o’zi anglashning psixologik xususiyatlari ……..……....14
II BOB. O’smirlarda “Men’’ siymosini o’rganish ijtimoiy pisixologik muommo sifatida
2.1 O’smirlarda ”men’’siymosini tarkib topishining psixologik xususiyatlari.….16
2.2 O’smirlik davrida “men’’konsepsiyasining shakllanganlik darajasi……….…20
III BOB. O’smirlarda “men” siymosini shakillanishini o’rganish bo’yicha tajriba sinov ishlari.
3.1. O’smirlarda “men” siymosini rivojlanishi bo’yicha tajriba sinov ishlarini olib borish……………………………………………………………………………...22
3.2. Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish ………………………...............23
XULOSA……………………………………………………….………………...25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...………...26


KIRISH
Yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik qo‘lga kiritilganidan 3 oy o‘tmasdan, ya’ni 1991 yil 20 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2016 yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi va o‘zining faoliyatini boshladi. Yoshlarning, ayniqsa uyushmagan, ish bilan band bo‘lmagan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini ta’minlashga, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning asosiy vazifalaridan biri qilib belgilandi.O‘ylaymizki, ushbu komissiya ham Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar tomonidan turli jinoyat, huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, bir so‘z bilan ayganda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasida bizning oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni bajarishga o‘zining hissasini qo‘shadi.O’smirlik davrining boshlanishi bir qator o’ziga xos xususiyatlarning paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi, ularning eng muhimi tegdoshlar bilan muloqot qilish istagi va o’z mustaqilligi, mustaqilligi va shaxsiy avtonomiyasini tasdiqlash istagini ko’rsatadigan belgilarning paydo bo’lishidir.
O’smirlikning asosiy xususiyati – rivojlanishning barcha jabhalariga ta’sir qiluvchi keskin, sifatli o’zgarishlar.Turli o’smirlar uchun bu o’zgarishlar turli vaqtlarda sodir bo’ladi: ba’zi o’smirlar tezroq rivojlanadi, ba’zilari qaysidir ma’noda boshqalardan orqada qoladi va qaysidir ma’noda ulardan oldinda bo’ladi va hokazo.An’anaga ko’ra, o’smirlik kattalardan uzoqlashish davri sifatida qaraladi.Nafaqat kattalarga qarama-qarshi turish, o’z mustaqilligi va huquqlarini himoya qilish istagi, balki kattalardan yordam, himoya va qo’llab –quvvatlashni kutish,ularga ishonish, ularning ma’qullashini va bahosini kutish ham aniq ifodalanadi. O’smirlarning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o’zora munosabatlarning butun muhitiga oid bo’ladi.

Yüklə 232,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin