Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi, uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs.
Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultatsiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs.
O`qituvchi - o`quvchilar bilan o`qish jarayonida muloqotda bo`luvchi va ularga yordam beruvchi hamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs.
Ruxshunos - o`qish jarayonining psixologik monitoringni tashkil qiluvchi shaxs.
Administrator- o`quvchilarni qabul qilish va o`qishdan chetlash masalalarini echuvchi va malakali o`qituvchilarni jalb qiluvchi shaxs.
Dokumentoved - hujjatlar bilan ishlovchi shaxs.
Telekommunikatsiya va dasturiy ta'minot gruppasi -dasturlar va telekommunikatsiya resurslar ishini ta'minlovchi shaxslar.
O`quvchilar - o`quv jarayonida qatnashuvchi shaxs.
O`quv jarayoninin tashkil qilishda esa albatta quyidagi qadamlarni bajarishimiz zarur bo`ladi:
Kurs maqsadlarini aniqlash. Qaysi bilimlarni (mavzular, fan va ...) va kimlar uchun o`qitish kerak.
O`qish metodlarini tanlash. O`quv jarayoni davomida bilimlar va kunikmalar darajasini diagnostika hamda tekshirish manbalarini va usullarini aniqlash kerak.
O`quv materialga metodik talablarini ishlab chiqarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va hajmlarni aniqlash kerak.
Darslar jadvalini ishlab chiqarish. Butun kursni bir nechta modullarga bo`lish, har bitta modul tugallashidan keyin o`quvchi tomonidan qanaqa bilimlarga ega bo`lishini aniqlash kerak.
O`quv jarayonini monitoringni tashkil qilish.
Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish.
O`quvchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish.